Yevropa Ittifoqining Vengriyadan tashqari barcha davlatlari Ukrainaga yordamni davom ettirish uchun budjetga qo‘shimcha badal to‘lashga tayyor.
Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.
![](/static/2023/fon123654.jpg)
“Yevropa komissiyasi iyun oyida Yevropa Ittifoqi budjetini mustahkamlashni taklif qilgandi. Albatta, buning birinchi ustuvor yo‘nalishi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, migratsiya va raqobatbardoshlikni oshirish bo‘ladi. Yevropa Ittifoqining 26 ta davlati qo‘shimcha budjet mablag‘larini berishga kelishib oldilar”, — dedi fon der Lyayen.
Uning ta’kidlashicha, Yevropa Komissiyasi yangi mablag‘ olish bilan birga, YIning mavjud dasturlarida mablag‘larni qayta taqsimlash bo‘yicha ham qarorlar qabul qiladi.
Izoh (0)