Italiyada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
14 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasida o‘zbekistonlik Afruza Hamdamova muddatidan avval jahon chempioniga aylandi.
Oxirgi turda qanday natija bo‘lishidan qat’i nazar Afruza chempionga aylanadi, chunki unga yetib olishi mumkin bo‘lgan yagona ta’qibchisi qozog‘istonlik shaxmatchini o‘zaro o‘yinda mag‘lub etgan. Musobaqa nizomiga ko‘ra, ochkolar teng kelib qolsa, o‘zaro o‘yinga qaraladi.
Afruza O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioniga aylandi.
Shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova o‘z yosh toifalarida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)