Shveysariyaning Nyon shahrida Yevro—2024 saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’aga ko‘ra, Finlyandiya Uelsga qarshi o‘ynaydi. Qozog‘istona esa Gretsiyaga qarshi maydonga tushadi.
Juftliklar quyidagicha ko‘rinish olgan:
A yo‘li
Polsha — Estoniya
Uels — Finlyandiya
Ikkinchi juftlik g‘olibi hal qiluvchi o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazadi.
B yo‘li
Isroil — Islandiya
Bosniya va Gersogovina — Ukraina
Ikkinchi juftlik g‘olibi hal qiluvchi o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazadi.
C yo‘li
Gruziya — Lyuksemburg
Gretsiya — Qozog‘iston
Birinchi juftlik g‘olibi hal qiluvchi o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazadi.
21-mart kuni 6 ta yarim final bahslari o‘tkaziladi. 26-mart sanasida 3 ta final bo‘lib o‘tadi. Finallardagi uchta g‘olib esa Yevro—2024 ishtirokchisiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqada 24 ta terma jamoa ishtirok etadi. Ularning 21 tasi allaqachon aniq bo‘lgan: Germaniya, Turkiya, Angliya, Daniya, Serbiya, Xorvatiya, Fransiya, Shotlandiya, Vengriya, Ruminiya, Chexiya, Belgiya, Ispaniya, Slovakiya, Shveysariya, Sloveniya, Portugaliya, Avstriya, Albaniya, Niderlandiya, Italiya.
Izoh (0)