Ozarbayjonning Boku shahrida shaxmat bo‘yicha Jahon Kubogi bahslari davom ettirildi.
Musobaqa 3-turining 2-partiya o‘yinlari o‘tkazildi. O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov ushbu bosqichda fransiyalik Maksim Vashe-Lagravga qarshi dona surdi va g‘alaba qozondi.
Ishtirokchilar 1-partiyada durang natija qayd etgandi. Bugungi g‘alabadan so‘ng Sindorov 4-bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Arjun Erigaisi (Hindiston) va Vladimir Fedoseyev (Sloveniya) juftligi g‘olibi keyingi bosqichda Jahohirga raqib bo‘ladi.
Izoh (0)