• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ko‘zdan kechirishdan o‘tishni rad etgan yo‘lovchilar metropolitenga kiritilmaydi”. O‘zbekistonda metrodan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

    Hukumat qarori bilan “Metropolitenda yo‘lovchilar hamda boshqa shaxslarning bo‘lishi qoidalari” tasdiqlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Unga ko‘ra, Metropolitenda yo‘lovchining bo‘lishi va uning yukini tashish shartnomasi tuzilganligi yo‘l chiptasi orqali yoki imtiyozga hamda bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning tegishli hujjatini ko‘rsatishi bilan tasdiqlanadi.

    Yo‘lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan yuklarini ko‘zdan kechirish uchun taqdim etadi. Bunda qidiruvdagi shaxslar deb gumon qilingan yoki ko‘zdan kechirish jarayonida o‘zini shubhali tutayotgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsiy ko‘zdan kechirilishi mumkin.

    Yo‘lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan ko‘zdan kechirishdan o‘tishni rad etgan taqdirda, metropolitenga kiritilmaydi.

    Metropoliten infratuzilmasi obyektlari va xavfsizlik hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:

    • yonuvchan, portlovchi moddalardan va bosim ostida ishlovchi qurilmalardan foydalanishni talab etadigan barcha faoliyat turlari bilan shug‘ullanish;
    • va shu bilan bog‘liq ko‘ngilochar shoxobchalarni qurish hamda tashkil etish;
    • metropoliten inshootlaridan, shu jumladan, yer usti shamollatish qurilmalaridan 25 metrdan kam masofada chiqindilarni to‘plash, yoqish
    • va gulxanlar tashkil etish;
    • gaz yoqilg‘isida harakatlanuvchi transport vositalari (avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi bilan jihozlangan, estakada inshootlari ostidagi maxsus ochiq avtoturargohlar bundan mustasno) va yonuvchi materiallar ortilgan transport vositalarini estakada inshootlari ostiga (avtoturargohlarga) joylashtirish.

    Metropolitenda quyidagilarga ruxsat etilmaydi, jumladan:

    • spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini isteʼmol qilish yoki mast holda kirish;
    • qizdiriladigan tamaki, elektron sigaretalar va nosvoy chekish;
    • metropoliten hududida oyoq kiyimsiz va kiyimsiz holda bo‘lish;
    • bekatga yo‘lovchilarning kiyimi, metropoliten vagonlari, inshootlari va qurilmalarini kir qilishi mumkin bo‘lgan yuklar va buyumlar, shuningdek, velosiped (yig‘iladigandan tashqari), moped, skuter va boshqa harakatlanish vositalari bilan kirish;
    • bekat hududida, vagonlarda akrobatik va sport mashqlarini bajarish, har xil turdagi sport to‘plarini o‘ynash.

    Yo‘lovchilar metropolitendan foydalanishda quyidagi huquqlarga ega, jumladan:

    • o‘zlari bilan birgalikda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarini, bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachalarini, bolalar velosipedlarini, musiqa asboblarini, shuningdek, g‘ilofga solingan holda sanchiluvchi, kesuvchi va oson sinuvchi buyumlar, chana, chang‘i va baliq ovi uchun qarmoqlarni bepul olib yurish;
    • nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan metropolitenning texnik vositalaridan (liftlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachasini ko‘taruvchi/tushuruvchi moslamalar va boshqa jihozlar) foydalanish, zaruratga ko‘ra tegishli xodimlardan yordam olish;
    • bekatlarni havaskorlik foto va videotasvirga olish;
    • o‘lchamlariga ko‘ra uchta o‘lchovi yig‘indisi bo‘yicha 200 santimetr: eni – 60 santimetr, uzunligi – 70 santimetr, balandligi – 70 santimetr bo‘lgan yuklarni bepul olib yurish.

    Avvalroq Toshkent metrosiga Rossiyadan yangi poyezdlar olib kelinishi haqidagi xabarlar rad etilgani, Toshkent metrosida poyezd tormoz tizimidagi nosozlik sabab harakatlana olmagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    11.10.2023, 12:25   Izoh (0)   9025
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metropolitenida xizmat tekshiruvi olib borish tartibi belgilandi

    21.09.2022, 18:28

    Toshkent metropolitenida sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan qiz 5 sutkaga qamaldi

    25.10.2022, 17:30

    Andijonda fermer xo‘jaligi balansidagi 50 sotix yerni 117,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi (video) 

    11.10.2023, 11:43

    Namanganda o‘z uyida qalbaki dori ishlab chiqargan shaxs aniqlandi

    11.10.2023, 11:37

    Qashqadaryoda yerga oid qonunbuzarliklarning eng ko‘pi Yakkabog‘, Qarshi va Koson tumanlari hisobiga to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi

    11.10.2023, 11:12

    Toshkentda Braziliya elchixonasi ochilishi mumkin

    11.10.2023, 10:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘iston rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18

    Putin samolyotini AQSHning qiruvchi samolyotlari himoya qiladi

    Dunyo | 15 avgust, 21:56

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.