• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent metropolitenida sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan qiz 5 sutkaga qamaldi

    Toshkent metropolitenida sumkasida bomba borligini ma’lum qilgan 19 yoshli qiz ushlangani haqida xabar berilgandi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, qiz 5 sutkaga qamaldi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Hasan Haydarovning nashrga ma’lum qilishicha, shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining qarori bilan N.S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 199-moddasi (maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirish) bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda BHMning 1 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

    O‘zi nima bo‘lgandi?

    Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida 22-oktabr kuni 19 yoshli qiz sumkasini tekshirtirayotgan paytda uning ichida bomba borligini ma’lum qilgan.

    2003-yilda tug‘ilgan qiz avtomatik o‘tkazish punktida o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan xodim tomonidan to‘xtatilgan. N.S. ismli qizdan Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimi sumkani ko‘rsatishni so‘raganida qiz sumkasida bomba borligini aytgan.

    Ko‘rsatmaga ko‘ra, xodimlar zudlik bilan yaqin atrofdagi hududni o‘rab olgan va voqea haqida navbatchilik bo‘limiga xabar berilgan. Shundan so‘ng voqea joyiga Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi guruhi yetib kelgan. Qiz ham vaqtincha hibsga olingan.

    Sumkani ko‘zdan kechirish chog‘ida undan portlovchi moslama topilmagan. Shundan so‘ng dalolatnoma tuzilgan. Xodim qizdan nima uchun sumkasida bomba borligini aytganini so‘raganida N.S. uning kayfiyati yaxshi bo‘lgani va shu tarzda hazil qilishga qaror qilganini aytgan. Qiz poytaxtning Shayxontohur tumani 3-ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.

    Faollar nima deydi?

    Jurnalist Aziza Qurbonova voqea yuzasidan “5 sutka…?!” sarlavhali post qoldirdi va o‘zi bilan bog‘liq hikoya bilan o‘rtoqlashdi.

    7-sinfdan 11-sinfgacha Chilonzor bekatidan to Buyuk ipak yo‘ligacha har kuni ikki mahal metroda qatnaganman. Keyin fakultet va TV o‘rtasida ham bordi-keldim metro orqali bo‘lgan. Bu 2000-2008-yillardagi gap; u paytda metroda, vagonlarda — hamma yerda hozirgidek reklamalaru yaltir-yulturlar emas, “Ogoh bo‘ling, ogoh bo‘ling” degan xavotirli yozuvlar yopishtirilgan bo‘lardi.

    O‘zimiz ham metroni qandaydir o‘ta muhim obyektligini his qilardik va har kuni “popkangni och, sumkangni ko‘rsat” degan gap-so‘zni kutmay, tugunimizni ochib ko‘rsatardik.

    Allaqaysi yili, kattaroq sinfda o‘qib yurganimda tekshir-tekshirdan zerikib ketibmanmi, har kuni yuzi tanish bo‘lib ketgan militsioner amakiga hazillashibman: “shu kichkina sumkamning nimasini ko‘rasizlar, bomba olib yurarmidim, turniket qilib qo‘ysa bo‘lmaydimi?”

    Militsioner amakining qoshlari chimirilib, “qani, bomba deganing uchun ham sumkani och” deb, kitoblarimni varaqlagancha yaxshilab tekshirishni boshlagan. Hatto kundaligimni ochib, kimligim va baholarimni ko‘rgan va keyin indamay… o‘tkazib yuborgan… O‘shanda rosa qo‘rqqanman va keyingi safar ortiqcha gapirmay, indamay sumkani ochib ko‘rsatishda davom etganman.

    Hatto o‘sha butun mamlakatda “Ogoh bo‘ling!” sharpalari kezib yurganda, tinchlik eng katta ne’mat ekanligi uqtirilgan zamonda ham meni hech kim 5 sutkaga qamamagan edi…

    Bu yerda esa 19 yoshli qiz kayfiyati yaxshiligi uchun hazillashgan ekan… 5 sutka qamoq va 1 BHM jarima berishibdi.

    Ochig‘i, nimadir deyishga hayronman. Albatta, xavfsizlik jiddiy masala. Balki hazillashuvchilar ko‘payib ketmasligi uchun ibrat ko‘rsatmoqchi bo‘lishgandir. Kim bilsin. Qandaydir shu yerda “jazo qonuniy bo‘lishi mumkin, lekin adolatli bo‘lmasligi mumkin” degan gapni xulosa qilgim keldi, — deb yozadi jurnalist.

    25.10.2022, 17:30   Izoh (0)   16165
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Tailanddan avtomobil va xalq tabobati mahsulotlari sotib olishni yo‘lga qo‘ymoqchi

    25.10.2022, 17:25

    Jami 103 ming dollar: Urganchda hokim o‘rinbosari va markaz mutaxassisi pora bilan ushlandi

    25.10.2022, 17:19

    “Bog‘chada har 75 bolaga 1 nafar oliy ma’lumotli tarbiyachi to‘g‘ri kelyapti” — Alisher Qodirov ta’lim-tarbiya tizimidagi muammolar haqida

    25.10.2022, 17:15

    “Puli yo‘q odam ko‘r bo‘lib qolmasligi kerak” — ko‘z shifokori Hikmatullo Sodiqov bilan suhbat (video)

    25.10.2022, 17:12

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda 5 ta yo‘nalishda erishilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi

    25.10.2022, 17:09

    O‘zbekistonda 9 oyda 1629 o‘ringa mo‘ljallangan kasalxonalar ishga tushirildi

    25.10.2022, 17:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Hizbulloh” Livan hukumatining qurolsizlanish borasidagi talabini tan olmadi

    Dunyo | 7 avgust, 09:12

    Yangi “Garri Potter” serialida maxsus effektlar kompyuter grafikasisiz yaratiladi

    Kino | 7 avgust, 08:55

    Ganada aviahalokat: qurbonlar orasida vazirlar ham bor (foto)

    Dunyo | 7 avgust, 08:40

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.