• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Premyeradagi janjallar, qarindoshi bilan nikoh va Koko Shanel do‘stligi. “Buyuk rus migranti” — bastakor Igor Stravinskiyning taqdiri

    Uni buqalamun-bastakor, ming bir usulga ega shaxs, yangiliklardan qo‘rqmaydigan inson deb atashardi. Ammo ushbu dahoning ijodi har qanday yorliqlardan kengroq. Igor Stravinskiy xuddi mushuk kabi bir necha hayotni yashadi, biroq ularning har birida tartibga bo‘lgan intilishni, xotirjamlik va zamonaviy bo‘lish iqtidorini saqlab qoldi. “Daryo” “100 buyuk inson” loyihasi doirasida ushbu insonning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi.

    Igor Stravinskiy
    Foto: “TASS”

    Vaqt

    Stravinskiyning rostdan ham vaqt va yoshga nisbatan noodatiy munosabati bor edi. Otasi Imperator teatrining eng mashhur baslaridan biri Fyodor Stravinskiy bo‘lishiga qaramay, Igor musiqa bilan juda kech shug‘ullanishni boshlaydi — 14 yoshidan fortepiano bo‘yicha dars oladi va 22 yoshdagina kompozitsiyaga kirishadi. Shunga qaramay, unga Nikolay Rimskiy-Korsakov ustozlik qilgan va natija tez orada ko‘rina boshlaydi. Orkestr jo‘rligida ijro etiladigan “Fantastik skerso” va “Mushakbozlik” namunalari sabab “Rus mavsumlari”ning impressariosi (xususiy teatr tomoshalarini tashkil etuvchi kishi) Sergey Dyagilevning e’tiboriga tushadi — bu nafaqat Stravinskiyning taqdirini, balki butun musiqa tarixini o‘zgartirib yuborishga xizmat qilgandi.

    1910-yili Parijda “Samandar” baletining premyerasi bo‘lib o‘tadi va shundan so‘ng rus muallifi bir zumda Yevropa yulduziga aylanadi. Shu orqali sohaga juda kech kirib kelgan Igor juda erta — 30 yoshga ham kirmay mashhurlikka erishdi.

    Ammo Stravinskiyning o‘zi ushbu maqomda yana 60 yil yashashi kerakligini o‘ylab ham ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Uning umri davomida musiqiy moda bir necha bor o‘zgaradi, bastakorning o‘zi esa yosh modernistdan Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan yangi davr avangardini “cho‘qintirgan otasi”ga aylandi. Shu bilan birga, u 80 yoshga to‘lganida ham ijodiy dalillikni susaytirmadi. Parijdagi “Samandar”dan keyin u ketma-ket ikkita shedevr asarini yaratadi. 1911-yilda Dyagilev namoyish etgan “Petrushka” Yevropa burjua jamiyatini zabt etadi. 1913-yilda esa “Muqaddas bahor” paydo bo‘ladi va XX asr musiqasi dunyoga keladi.

    Stravinskiy Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasidagi hamkasblari bilan suhbat qurmoqda
    Foto: “TASS”

    Musiqachilarning nuqtai nazari quyidagicha: kalendar va real yuz yillikning boshlanishi bir-biriga to‘g‘ri kelmadi. Aynan Stravinskiy yangi davrga start berdi. Balet premyerasida raqqoslar teatrda boshlangan janjal sabab orkestr ijrosini eshita olmagan bo‘lsa-da, bu shedevr asarning alangasiga soya solmadi. Aksincha, u o‘ziga qo‘shimcha e’tiborni tortdi.

    Keyinchalik “Bulbul”, “Tulki, xo‘roz, mushuk va qo‘y to‘g‘risida ertak”, “To‘y”, “Askar hikoyasi” yozildi — Stavinskiy ularning barchasida folklorga, musiqiy rejissuraga yangi yo‘nalishlarni izladi. U mazkur yo‘l bo‘yicha yana uzoq yurishi mumkin edi, chunki rus folklorida resurs bisyor, ammo 1920-yilda bastakor kutilmaganda asosini XVIII asrda yashagan kompozitor Jovanni Pergolezining mavzusi tashkil etgan “Pulchinella” baletini (Italiya komediyasi personaji) taqdim etdi. Natijada Stravinskiyning ijodida shartli ravishda neoklassizm deb ataluvchi yangi bob ochildi.

    Til

    Folklor qo‘shiqlar o‘rnini qadimiy ohanglar egalladi, rus ertaklaridagi personajlar o‘z o‘rinlarini qadimgi grek xudolariga (“Apollon Musaget”, “Persefona”, “Shoh Edip”, “Orfey”) bo‘shatib berdi. Va nihoyat Stravinskiy vokal musiqada ona tilidan voz kechib, italyan, fransuz, ingliz va hatto lotin tillaridan foydalanishni boshladi.

    O‘sha yilda bastakor Stravinskiyning eng muhim jihatlari barchaga tushunarli bo‘ldi: o‘zgaruvchanlik va hech narsadan qaytmaslik. Tillar bilan bog‘liq vaziyat bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Va shuni unutmaslik kerakki, bu yoshlikdagi sho‘xlik emasdi. Keksayib qolganida ham Igor Fedorovich o‘zining lingvistik “kolleksiyasini” qadimgi ingliz va qadimgi yahudiy tilida yozilgan asari (Ibrohim va Is’hoq) bilan boyitadi.

    Foto: “TASS”

    Musiqa tilida ham uning ijodi rang-barang edi. Neoklassizmga burilishdan 30 yil o‘tib, Stavinskiy yangi modulyatsiyani amalga oshiradi — bu safar u dodekafon texnika tomon yo‘nalish oldi va 70 yoshida mazkur sohaga 1945-yildan keyin kelgan yoshlar bilan bir qatorda bo‘ldi. Ushbu generatsiya yetakchisi, bastakor va dirijyor Pyer Bulez o‘shanda ikkita dasturga maqola yozgandi: birinchisi — “Shenberg o‘ldi”, ikkinchisi — “Stavinskiy davom etadi”.

    Shu yerda bir paradoks mavjud Bulez Stravinskiyni oxirgi ijod namunalari uchun emas, balki rus davridagi topilmalari uchun qadrlardi. Igorning o‘zi esa 1910-yilda amalga oshirgan emigratsiyasidan keyin vataniga 1962-yilda qaytgan.

    Muhabbat

    Stravinskiy biografiyasida keltirilishicha, u o‘zining birinchi muhabbati Yekaterina Nosenkoni 10 yoshida uchratgan. Ikki yosh o‘rtasidagi iliqlik va ishonch tanishuvning dastlabki daqiqalarda uyg‘ongan bo‘lib, umrlarining oxiriga qadar davom etdi. Yekaterina Stravinskiy amakivachcha ekani ham ularga o‘z taqdir yo‘llarini bog‘lashlariga to‘sqinlik qila olmadi. Yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh taqiqlangani bois 1906-yilda ular yashirin ravishda oila quradi.

    “Koko Shanel va Igor Stravinskiy” filmidan kadr

    Yekaterina yoshligidan o‘pka kasalligidan aziyat chekardi, shunday bo‘lsa-da u turmush o‘rtog‘iga to‘rt farzand dunyoga keltirib beradi — Fyodr, Lyudmila, Svyatoslava va Milena. Rafiqasining salomatligidan qayg‘urgan Stavinskiy qish kunlari oilasini Shveysariyaga olib ketardi. 1914-yilda ular an’anaga muvofiq Yevropaga yo‘l oladi, biroq Birinchi jahon urushi boshlanib qolgani, uning ortida inqilob yuz berishi oqibatida ortga qayta olmaydi. Stavinskiylar oilasining bor mol-mulki Rossiyaga qolgani bois ularning moliyaviy ahvoli og‘irlashadi.

    Shunda bastakor uchun yordamga Gabriel Shanel keladi, u Stavinskiylarni o‘z villasida yashab turishga taklif etadi. Bu ikki insonni do‘stlik rishtalaridan boshqa munosabatlari ham bo‘lgan-bo‘lmagani noma’lum, shunday bo‘lsa-da, hozirgi kunga qadar mish-mishlar mavjud. Koko Shanel bastakor oilasini uzoq vaqt qo‘llab-quvvatlab kelgani esa inkor etilmaydigan fakt.

    1921-yilda Stavinskiy hayotini o‘zgartirib yuborgan yana bir uchrashuv sodir bo‘ladi. Sohibjamol va aqlli aktrisa Vera Sudeykina bilan kompozitorni Dyagilev tanishtirib qo‘yadi. Veraning oilasi bor edi, ammo u o‘zini Stravinskiyga bag‘ishlash maqsadida erini tashlab ketadi. O‘rtada yuzaga kelgan jo‘shqin muhabbatga qaramay, musiqachi oilasini tark etmaydi. Bunday ikki tomonlama hayot barcha uchun azobli edi, jumladan, otasining boshqa ayol bilan oilasi borligini boxabar bolalar uchun ham — shunga qaramay, ular 20 yil birga yashaydi.

    Stravinskiylar oilasi
    Foto: AP Photo

    1939-yilda Yekaterina sildan vafot etadi, 1940-yilda esa Stavinskiy Veraga uylanadi va u bilan AQSHga ko‘chib ketadi. Hayot ularning sevgisi shunchaki ko‘ngilxushlik emas, balki haqiqiy muhabbat ekanini ko‘rsatib berdi. Ular 50 yil davomida birga yashadi. Vera 94 yoshida vafot etadi — u dunyoga mashhur turmush o‘rtog‘idan 10 yil ortiq umr ko‘rdi.

    “Roziman!”

    Stravisnkiy 80 yillik yubileyini Rossiyada nishonlash taklifini oladi. U bunga “Roziman!” deya javob qaytargan edi. AQSH matbuoti bastakorni “aqldan ozdi” deya yoza boshlaydi. Uning musiqasi uzoq yillar davomida SSSRda taqiqlanib kelgan, emigrantning partiturlarini o‘rgangan talabalar esa musiqiy ta’lim dargohlaridan haydalar edi. Ammo Stravinskiy yon bosadiganlar xilidan emasdi, shu sababdan safarini qoldirmaydi.

    1962-yilda Igor Stavinskiy samolyot trapidan Moskvaga tushganida uni kutib olishga chiqqan yuzlab odamlardan hayratga tushadi. 29-sentyabrda bastakor Moskva orkestriga dirijyorlik qiladi. Musiqiy kechaning birinchi qismi oxirida Stravinskiyning ahvoli yomonlashib qoladi, u yuragida og‘riqni sezardi.

    Igor Stravinskiy “Domodedovo” aeroportida
    Foto: “TASS”

    Shunga qaramay, u konsertni to‘xtatmaydi — mayestro ko‘plab muxlislari ishonchini suiiste’mol qila olmasdi. Stravinskiy SSSRda ikki hafta bo‘ladi, u nafaqat Moskvada, balki Leningradda ham konsertlar beradi. Siyosiy nomenklatura “adashgan o‘g‘il” SSSRda qolishi uchun barcha sa’y-harakatlarini ishga soladi — unga hatto Nikita Xrushchyov bilan uchrashuvni tavsiya qilishadi. Ammo u vatanidan bo‘lganidan umuman afsusda emasligini aytib, AQSHga qaytib ketadi.

    1971-yil 9-aprel kuni Igor Stavinskiy 88 yoshida yurak yetishmovchiligi oqibatida olamdan o‘tadi. U Venetsiyadagi qabristonga yaqin do‘sti Sergey Dyagilevning yoniga dafn etiladi.

    04.10.2023, 20:20   Izoh (0)   12029
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yumshoq qilib aytganda, bu yoqimsiz edi” — Everest cho‘qqisiga ilk bor ko‘tarilgan Xillari va Norgey taqdiri

    19.09.2023, 12:28

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    23.09.2023, 22:25

    “Baqqol qizining buyuk merosi”. Britaniya tarixidagi ilk ayol bosh vazir va mamlakatni iqtisodiy tanglikdan olib chiqqan Margaret Tetcher hayoti

    27.09.2023, 14:00

    Tayvanda “Koinu” to‘foni tufayli aviaparvozlar bekor qilinib, maktablar faoliyati to‘xtatildi

    04.10.2023, 20:00

    Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilganidan keyin 186 milliard yevro oladi

    04.10.2023, 17:15

    Norvegiya 2024-yilda mudofaa budjetini 20 foizga oshiradi

    04.10.2023, 16:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    VEON O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan Hambi — “Hammasi Bitta” ilovasini ishga tushirdi


    “Kelajak liderlari” maxsus malaka oshirish dasturining yangi mavsumiga start berildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    “Kapitalbank” bilan biznes: O‘zbekiston tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari tarixi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ipoteka-bank O‘zbekistondagi Amerika Savdo Palatasi a’zosiga aylandi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    “Ukrainani dahshatli qish kutmoqda!” — ekspert

    06.11.2024, 17:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.