• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Baqqol qizining buyuk merosi”. Britaniya tarixidagi ilk ayol bosh vazir va mamlakatni iqtisodiy tanglikdan olib chiqqan Margaret Tetcher hayoti

    Margaret Tetcher XX asrning eng kuchli ta’sir doiraga ega siyosiy figuralaridan biri. U bosh vazirlik lavozimidagi 11 yili davomida radikal, ba’zan esa bahsli boshqaruv uslubi sabab nafaqat partiyadoshlari, balki raqiblari bo‘lgan leyboristlarning ham siyosatiga ta’sir ko‘rsatdi.

    Uning hukumat rahbarligi yillari davomida oddiy britanlar o‘zini ovoz berish huquqiga ega to‘laqonli jamiyat a’zosi sifatida his qildi: ular ilk bor xususiy uy egalariga va British Gas yoki British Telecom kabi xususiylashtirilgan gigantlarning aksionerlariga aylandi.

    Ammo prinsipial masalalarda murosa yo‘lini tanlamaslik Tetcherni muammoli shaxsga aylantirib, siyosati va boshqaruv uslubi o‘z partiyasi ham noroziliklarni keltirib chiqardi, ko‘chalarda esa tartibsizliklar boshlandi. “100 buyuk inson” loyihasi doirasida “Temir xonim”ning mashaqqatli umr yo‘li haqida hikoya qilamiz.

    Margaret Tetcher
    Foto: AP Photo

    O‘qish va siyosat

    Margaret Xilda Tetcher 1925-yil 13-oktabrda Linkolnshir grafligidagi Grantem shahrida dunyoga kelgan. Otasi Alfred Roberts baqqol bo‘lib, mahalliy kengash a’zosi va metodistlar cherkovini oqsoqollaridan biri hisoblanardi. U Margaretning hayoti va qarashlariga ulkan ta’sir ko‘rsatgan.

    Qiz Oksforddagi Somervill kollejida tabiiy fanlarni o‘rganadi va Oksford universiteti Konservativ assotsiatsiyasi tarixidagi uchinchi rais ayolga aylandi. Diplomni qo‘lga kiritgan Margaret Kolchester shahriga ko‘chib o‘tib, plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyada faoliyatini boshlaydi va Konservativlar partiyasining mahalliy bo‘linmasida faol ishtirok etadi.

    1949-yilda yosh siyosatchi Kent grafligidagi Dartford shahridan parlamentga nomzodini qo‘yadi, ammo 1950 va 1951-yilgi saylovlarda muvaffaqiyat qozonmaydi. Shunga qaramay, o‘z davrida Konservativlar partiyasidan eng yosh nomzod bo‘lgan Margaret leyboristlardan ko‘plab ovozlarni tortib olishga va matbuot e’tiborini qozonishga erishadi. 1951-yilda Margaret ajrashgan biznesmen Denis Tetcherga turmushga chiqadi, 1953-yilda esa barrister (advokatlar toifasi) darajasini oladi. Shu yilda u Mark va Kerol ismli egiz farzandlarini dunyoga keltiradi.

    Foto: The Guardian

    1955-yilda Tetcher yana konservatorlar nomidan nomzodini ilgari suradi, biroq yana muvaffaqiyatsizlik. 1959-yilda o‘tkazilgan parlament saylovlaridagina u uzoq kutilgan deputatlik mandatini qo‘lga kiritadi. Ikki yil davomida konservatorlar hukumatida vazir yordamchisi lavozimini egallaydi.

    Sut o‘g‘risi

    1965-yilda ser Alek Duglas-Xyum konservatorlar yetakchisi lavozimi tark etadi, Ted Xit nomzodini qo‘llab-quvvatlagan Tetcher esa tez orada yer va uyga egalik masalalari bo‘yicha yashirin vakilga aylanadi. U “ijtimoiy” uyga ega bo‘lgan aholi o‘z xonadonlarini sotib olishlari uchun faol kurashadi hamda soliqlarning yuqoriligi uchun leyboristlar hukumatini qattiq tanqid ostida oladi.

    1970-yilda esa Xit bosh vazir etib tayinlanadi, Tetcher bo‘lsa ta’lim vaziri portlefini qo‘lga kiritdi: uning idorasi xarajatlarni qisqartirish bilan shug‘ullanadi. Margaret ishtiyoq bilan ishga kirishadi va natijada 7 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun davlat tomonidan bepul sut berilishiga subsidiya ajratish to‘xtatiladi.

    Muxolifat tomoniga aylangan leyboristlar ushbu yangillikka qattiq qarshilik ko‘rsatadi va unga Margaret Thatcher, milk snatcher (Margaret  Tetcher — sut o‘g‘risi) laqabini beradi. Shu bilan birga, hukumatda uning o‘zi bepul sut berilishini bekor qilishga qarshi chiqish qiladi. “Men qimmatli dars oldim. Minimum darajasdagi siyosiy foyda uchun maksimal siyosiy sharmanda bo‘ldim”, — deb yozadi keyinchalik Tetcher.

    Foto: AP Photo

    Uning qachondir hukumat rahbariga aylanishi haqida mish-mishlar tarqala boshlagach, Tetcher teleintervyularning birida bunga shubha bildirishi va Britaniyada hech qachon ayol bosh vazir bo‘lmasligini qayd etadi.

    Xit hukumati hokimiyat tepasida uzoq qolmadi. 1973-yilgi neft inqirozi sabab mamlakatda uch kunlik ish haftasi joriy etiladi va shaxtyorlarning ommaviy ish tashlashlari boshlanishi ortidan 1974-yilda hukumat tarqatib yuboriladi.

    Siyosatchi uy bekasi

    Tetcher muxoliflik davrida yashirin ekologiya vaziriga aylanadi, ammo Edvard Xitning yangi iqtisodiy siyosatiga qo‘shilmagani uni 1975-yilgi partiya yetakchiligi saylovlarida raqib qilib qo‘yadi. Margaret bu haqda aytish uchun Xitning oldiga kirganida u boshini ko‘tarmasdan ham “Sen yutqazasan, sog‘ bo‘l”, deydi.

    Ammo ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘lgan holda Margaret g‘alaba qozondi va Buyuk Britaniya tarixida yirik siyosiy partiya rahbariga aylangan birinchi ayolga aylandi. Va tez orada u o‘zini haqiqatda tarixiy shaxsga aylantirgan chora-tadbirlarni ishga sola boshladi.

    1976-yilgi nutqida Sovet Ittifoqi siyosatini tanqid qilganidan keyin sovet gezetalaridan biri uni “Temir xonim” deb ataydi va bu nom Margaretning o‘ziga ham yoqib qoladi. U nafaqat siyosatchi, balki uy bekasi ham edi, ya’ni Margaret oddiy odamlar uchun inflyatsiyaning ta’sirini o‘zida xis qilardi. Tetcher xarajatlarni kamaytirdi va kasaba uyushmalariga chaqiriq tashlaydi, natijada ish tashlashlar va boshqa aksiyalar paydo bo‘lib, u 1979-yil qishida eng yuqori nuqtasiga chiqadi.

    Jim Kallaganning leyboristlar hukumati zaiflashgani bois tori (ikki siyosiy partiya a’zolari) “Leyborizm ish bermayapti” shiori ostida keng ko‘lamli kampaniyani boshlaydi. 1979-yil 28-martda Kallaganga ishonchsizlik votumi e’lon qilinadi. Bu vaqtda Maragret Tetcherning yo‘nalishi to‘g‘ridan to‘g‘ri, biror ayblovlarsiz britanlar yuragini zabt etadi hamda konservatorlar parlament saylovlarida g‘alaba qozonadi.

    Margaret bosh vazirlik lavozimida mamlakat moliyaviy tizimini qayta tiklashga kirishadi, shu maqsadda u davlatning bozordagi rolini kamaytirishni boshlaydi. Inflyatsiyani kamaytirish hukumatning asosiy vazifasiga aylanadi va tez orada Tetcher budjet xarajatlarni keskin qisqartiradi. Parallel ravishda norozilik bildirayotgan kasaba uyushmalariga qarshi qonunlar qabul qilinadi; davlat korxonalari xususiylashtiriladi; “ijtimoiy” uylarda yashovchilar o‘z ko‘chmas mulkini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    “Temir xonim” filmidan kadr

    Shu kunga qadar iqtisodiy faoliyatda hech qachon ishtirok etmagan millionlab britanlar bir soatda mulk egasi va sobiq davlat kompaniyalari aksiyadorlariga aylandi. Ushbu yangi monetar siyosat sabab London sayyoradagi eng yirik va muvaffaqiyatli moliyaviy markazlardan biri bo‘ldi. Shu bilan birga, an’anaviy sanoat sohasi — tanqidchilar aytganidan mamlakatni sanoat chiqindilari omboriga aylantirgan — yangi, raqobatbardosh Britaniyaga o‘rnini bo‘shatib berdi. Ishsizlar soni esa 3 million kishidan oshdi.

    Folklend urushi

    “Temir xonim”ning keskin choralariga nafaqat muxolifat, balki o‘z partiyasi vakillari ham norozilik bildira boshladi. Shahar dahalarida ba’zan tartibsizliklar ham kuzatildi. Ammo bosh vazir yon bosishni istamasdi.

    “Nafasini ichiga yutib, tugatamiz degan matbuotning sevimli so‘zini kutayotganlarga bir gapni aytmoqchiman: xohlasangiz, sizlar tugataveringlar. Xonim esa tugatmaydi”, — degandi u 1980-yili o‘tkazilgan konservatorlar syezdida.

    1981-yil oxiriga kelib uning reytingi 25 foizga tushib ketadi — bu Britaniya bosh vazirlari tarixida qayd etilgan eng yomon ko‘rsatkich edi o‘sha vaqtda. Ammo ortga qaytmaslik nuqtasidan o‘tib bo‘lingan edi. Keyingi yilning boshidan mamlakat iqtisodiyoti bilan birga saylovchilarning Margaret Tetcherga bo‘lgan muhabbati qayta tiklanishni boshlaydi.

    U 1982-yilning aprelida o‘zining mashhurlik cho‘qqisiga chiqadi, o‘shanda bosh vazir Argentina armiyasining Folklend orollariga hujumiga qarshi keskin chora ko‘rgandi. Tetcher zudlik bilan arxipelagga harbiy-dengiz eskadrani yuboradi va 14-iyun kuni Argentina taslim bo‘ladi.

    Folklend orollaridagi g‘alaba konservatorlarga 1983-yilgi parlament saylovlarida misli ko‘rilmagan ustunlikni taqdim etdi.

    “Temir xonim” filmidan kadr

    Uchinchi muddat

    Keyingi yil bahorida konchilar milliy kasaba uyushmasi raisi Artur Skargill uyushmaning ko‘plab a’zolari tomonidan aksiyani qo‘llab-quvvatlash ovozini qo‘lga kiritmagan bo‘lsada umummilliy ish tashlashni e’lon qiladi.

    Margaret Tetcher taslim bo‘lish niyatida emasdi. 1973-yilda yuz bergan shunga o‘xshash voqeadan xulosa chiqargan bosh vazir hukumati issiqlik elektr stansiyalarini yetarlicha ko‘mir bilan g‘amlab qo‘yadi. Ish tashlash jarayonida namoyish ishtirokchilari va politsiya ishtirokida qaqshatkich to‘qnashuvlar yuz beradi.

    Shu bilan birga, Shimoliy Irlandiyada qamoqda saqlanayotgan Irlandiya respublikasi armiyasi (IRA) jangarilari ochlik e’lon qiladi; Tetcher xatti-harakatlari bilan hatto eng sodiq bo‘lgan millatchilarni o‘ziga qarshi qo‘yardi. 1984-yil oktabrda IRA tomonidan o‘rnatilgan bomba Brayton shahrida — konservatorlar syezdi o‘tkazilayotgan mehmonxonada portlaydi. Bir necha soatdan o‘tib bosh vazir delegatlarga murojaat bilan chiqadi. “Mazkur hujum muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Demokratiyani terrorizm bilan yakson qilishga bo‘lgan har qanday urinish halokatga mahkum”, — deydi u.

    Foto: Wikimedia Commons

    Margaretning tashqi siyosati uning so‘zlariga ko‘ra leyboristlar boshqaruvi davrida sezilarli darajada kuchsizlangan Birlashgan Qirollikning jahon arenasidagi rolini mustahkamlashga yo‘naltirilgandi. U AQSH prezidenti Ronald Reygen bilan yaqin do‘st tutundi, ko‘pchilik uchun kutilmagan tarzda Mixail Gorbochyov bilan ittifoq tuzdi. “Biz birga ishlay olamiz”, — degan gapi butun dunyoga tarqaldi.

    Nil Kinnok boshchiligidagi leyboristlar uzoq yillik ichki kurashlardan keyin qayta oyoqqa tura olmadi va 1987-yilda Tetcher uchinchi marta parlament saylovlarida g‘alaba qozondi.

    “Tabassum ila xiyonat”

    Shundan so‘ng bosh vazir yangi soliqlarni joriy etib, yangi Britaniya tarixida keng ko‘lamli ko‘cha noroziliklarini boshlab beradi. Konservator deputatlar sarosimga tushib qoladi: ushbu soliqlar mandatlardan ayrilishiga olib kelishi mumkin edi. Biroq ular bir narsani yaxshi tushunardi: hukumatni Margaret Tetcher boshqaryaptimi, demak, hech narsa qilib bo‘lmaydi.

    AQSH prezidenti Ronald Reygan va Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher
    Foto: AP Photo

    1989-yilda u partiya yetakchiligini osongina qo‘lga kiritadi, ammo shuning o‘zi ham konservatorlar fraksiyasida norozilik boshlanayotganidan dalolat berardi. Biroq yagona Yevropa masalasi eng so‘nggi tomchi bo‘ldi. Rimdagi Yevropa sammitidan qaytgach, u qit’adagi hamkasblarini qattiq qoralaydi va Yevropa hamjamiyatiga qo‘shimcha vakolatlarni berishdan bosh tortadi va shu bilan ko‘plab siyosatchilar g‘azabiga uchraydi.

    “Komissiya raisi janob Delor matbuot anjumanida Yevropa parlamentini demokratik organ sifatida ko‘rmoqchiligini ma’lum qildi. Komissiyani ijro organi, Vazirlar Kengashini senat rolida ko‘rishni istashini aytdi. Yo‘q. Yo‘q. Yo‘q”, — deydi Tetcher.

    Yaqindagina tashqi ishlar vaziri lavozimidan olib tashlangan Jeffri Xau vaziyatdan foydalanib qoladi: u Vazirlar Kengashi tarkibidan umuman chiqib ketishini e’lon qiladi. Jeffri o‘z nutqida Tetcher siyosatidan chekilib, xohlovchilarni partiya yetakchiligi uchun kurashishga taklif qiladi. Ertasi kuni Maykl Xezeltayn bosh vazirga “qo‘lqopni otadi”. Birinchi raundda Margaret Tetcherning g‘alabasi uchun ikki ovoz yetmay qoladi, ammo u kurashni davom ettirishini bildiradi. Biroq yaqin maslahatchilari mag‘lubiyatdan qochib bo‘lmasligini aytgach, Tetcher kabinetning keyingi yig‘ilishida ketishini e’lon qiladi.

    “Bu yuzda tabassum bilan xiyonat edi”, — deya vaziyatni izohlaydi Tetcher.

    SSSR rahbari Mixail Gorbachyov va Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher
    Foto: “TASS”

    Meros

    Tatcher Kestevenskiya baronessasi (Linkolnshir grafligidagi hudud) unvonini, 1995-yilda Buyuk Britaniyadagi oliy litserlik ordeni — Garter ordeni bilan taqdirlanadi. Ushbu orden kavalerlari monarx bilan hisoblaganda 25 kishidan oshmaydi.

    Foto: The Guardian

    U siyosiy faoliyatini davom ettirgan holda ikki tom memuar yozadi: Maastrixt shartnomasiga qarshi kampaniya tuzadi va Bosniya hududidagi etnik serblarning tozalanishini qoralaydi. 1997-yilda u Konservatorlar partiyasi yetakchiligiga nomzodini ilgari surgan Uilyam Xeygni ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatlaydi.

    2001-yilda baronessa Tetcherning sog‘lig‘i yomonlashishni boshlaydi va u siyosiy faoliyatini tugatadi. Bir nechta mikroinsultdan keyin shifokorlar unga ommaga ko‘rinish bermaslikni tavsiya qiladi. Bundan tashqari, 2008-yilda qizi Kerol aytganidek, Tetcher demensiyadan aziyat chekkan.

    2003-yilda uning tushmur o‘rtog‘i Denis 88 yoshida olamdan o‘tadi va Tetcher ko‘pchilikning ko‘nglini larzaga keltirgan nutqini so‘zlaydi: “Bosh vazirlik — yolg‘izlar ishi. Qaysidir onda shunaqa bo‘lishi kerak: olamon ichidan turib boshqarib bo‘lmaydi. Ammo Denis bilan men hech qachon yolg‘iz qolmadim. Ajoyib erkak. Ajobiy inson. Ajobiy do‘st”.

    Keyingi yillarda insult tufayli xotira muammolari bilan kurashgan Tetcher siyosat va mediadan uzoqda yuradi. 2013-yil 8-aprelda XX asrdagi eng ko‘zga ko‘ringan siyosiy arboblardan biri bo‘lgan Margaret Tetcher vafot etadi.

    27.09.2023, 14:00   Izoh (0)   11230
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Cherchill meni ozod etdi”. Natsistlar josusi sifatida hibsga olingan moda olami yulduzi Koko Shanel va uning sirli hayot yo‘li

    15.09.2023, 16:27

    “Yumshoq qilib aytganda, bu yoqimsiz edi” — Everest cho‘qqisiga ilk bor ko‘tarilgan Xillari va Norgey taqdiri

    19.09.2023, 12:28

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    23.09.2023, 22:25

    Bayden GM ishchilarining norozilik piketida qatnashdi (video)

    27.09.2023, 13:18

    Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga tashviqot varaqalari yuborishni taqiqlovchi qonunni bekor qildi

    27.09.2023, 10:27

    Donald Tramp firibgarlikda aybdor deb topildi

    27.09.2023, 09:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Aqlli” ko‘zoynak, restoran, krossovka: jahonga mashhur yulduzlar oddiy odamlarga qanday yordam beradi?

    Layfstayl | 19 iyun, 10:59

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    O‘zbekistonda 20-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:45

    Eron Isroilga 20 ta raketa uchirdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 10:40

    “Do‘stlar” yulduzi Mettyu Perrining o‘limiga aloqador shifokorga 40 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda

    Shou-biznes | 19 iyun, 10:26

    “Bezosga bu yerda joy yo‘q”: Venetsiyada Jeff Bezos va Loren Sanchesning to‘yiga qarshi noroziliklar boshlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 09:58

    “Qiyomat kuni samolyoti” Vashington yaqinida ko‘rinish berdi

    Dunyo | 19 iyun, 09:55

    Xabi Alonso “Real” murabbiyi sifatida ilk o‘yinda durang qayd etdi — bu XXI asrdagi uchinchi holat

    Sport | 19 iyun, 09:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.