• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Yumshoq qilib aytganda, bu yoqimsiz edi” — Everest cho‘qqisiga ilk bor ko‘tarilgan Xillari va Norgey taqdiri

    Bundan 70 yil oldin yangi zelandiyalik Edmund Xillari va nepallik Tensing Norgey tarixda birinchi marta dunyoning eng baland cho‘qqisi — Everestni zabt etadi. “Nihoyat, bu la’natini jilovladik” jumlasi bir necha soat ichida tarqalib, Xillariga ko‘plab muammolar olib kelgandi. Mazkur yangilik Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ga toj kiydirish marosimi kuni dunyoga e’lon qilinib, o‘ziga xos sovg‘aga aylanadi. “100 buyuk inson” loyihasi doirasida cho‘qqiga ko‘tarilgan Xillari va Norgey haqida hikoya qilamiz.

    Foto: Wikimedia Commons

    Everest Nepal va Tibet oralig‘ida joylashgan bo‘lib, britaniyalik topograflar tomonidan XIX asr o‘rtalarida kashf etilgan. Ular xaritaga mahalliy nomni kiritmoqchi bo‘ladi, biroq Himolay aholisidan tog‘ni qanday atashlarini so‘rab bila olmaydi. Nepal tarafdan Everestni boshqa cho‘qqilar to‘sib turadi — mahalliy aholi unga e’tibor qaratmagan. Tibetliklar bo‘lsa, tog‘ cho‘qqisida xudolar yashaydi deya ishongani uchun unga ko‘tarilmagan.

    1909-yilga kelibgina alpinist Charlz Bryus bir sherplikdan (Sharqiy Nepal aholisi) “Chomolungmo” degan so‘zni eshitadi, biroq bu bitta toqqa taalluqli edimi yoki barchasiga, noma’lum. Bu so‘z yevropacha tilda “Jomolungma” tarzida aytila boshlangan. Everest bo‘lsa — XIX asrda Britaniya koloniyasi bo‘lgan Hindiston bosh geodezistining familiyasi. Uning o‘zi bunday hurmatdan voz kechgan — Jon mahalliy aholi familiyamni ayta olmaydi, deb hisoblardi. Qiziq jihati, Jon Everest o‘z sharafiga nomlangan tog‘ni biror marta ham ko‘rmagan.

    Jon Everest
    Foto: Wikipedia

    Tog‘ balandligini hisoblab chiqqan hind matematigi Radxanat Sikdar ham cho‘qqiga ko‘tarilmagan. Sikdarning hisob-kitoblari Everestdan yuqori faqat osmon borligini ko‘rsatib berdi. Shu sababdan ham unga ko‘tarilish, o‘ziga xos chaqiriq edi. Faqat uzoq vaqt Everestga hatto yaqinlashib bo‘lmadi: na Nepal va na Tibet xorijliklarni o‘z hududiga kiritdi. Ammo XX asr boshlarida Tibetdagi siyosiy vaziyat o‘zgardi va britanlarda cho‘qqi tomon birinchi ekspeditsiyani tashkillashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

    Cho‘qqini zabt etish bo‘yicha fojiali poyga 1921-yilda boshlandi. Everest tomon Tibet hukumati tomonidan ma’qullangan, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan ekspeditsiyalar bilan birga, yashirin ravishda yolg‘iz harakatlangan alpinistlar ham yo‘l oldi.
    Shveysariya ekspeditsiyasining Everestdagi lageri, 5600 metr balandlikda. Orqa planda — Pumori cho‘qqisi. Nepal, 1952-yil

    Yillar o‘tsada, Tibet tomonidan yuqoriga ko‘tarilishga bo‘lgan urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Everest tomon yangi yo‘l Ikkinchi jahon urushidan keyin ochildi: Nepal xorijliklarni mamlakatga kirita boshladi va britanlarning monopoliyasi barham topdi. Nepal poytaxti Katmandudan Shveysariya fuqarolaridan iborat birinchi ekspeditsiya 1952-yilda yo‘lga chiqdi, biroq o‘shanda Raymon Lamberga cho‘qqiga yetishiga 250 metr qolgadi. Shunday bo‘lsada, shveysariyaliklar yo‘lning uchdan ikki qismini xaritaga tushirib, bir yildan keyin Everestga to‘qqizinchi bor yo‘l olgan britanlarga o‘zlari bilmagan holda yordam ko‘rsatib qo‘yadi.

    “Yumshoq qilib aytganda, bu yoqimsiz edi”

    Britanlar tom ma’noda tog‘ni qamal qildi. Ekspeditsiyada 400 yaqin odam, jumladan, 4,5 tonnadan ortiq yukni ko‘targan tashuvchilar ham ishtirok etdi. Ammo eng yuqori cho‘qqiga chiqishga to‘rt kishi tayyorlanardi — qolganlar ularga yordam berish uchun. 1953-yil 26-may kuni Charlz Evans va Tomas Burdillon bo‘ron tomon yo‘l oladi, biroq yo‘lda Evansning kislorod balloni ishlamay qoladi, ob-havo esa yomonlashishni davom etardi. Alpinistlar bir amallab Everestning Janubiy cho‘qqisiga yetib oladi. Burdillon yana harakatlanishga tushadi, lekin Evans buning oxiri baxayr bo‘lmasligini tushunadi va sherigiga shunday deydi: “Tom agarda sen davom etsang, Jenniferingni boshqa hech qachon ko‘rmaysan”. Bu ta’sir qilib, ular lagerga qaytadi.

    Bu vaqt Himolayga okean mussonlari yaqinlashib kelayotgan edi, kislorod bo‘lsa juda kam qolgan. Britanlarda yana bir imkoniyat qolgandi va bundan yangi zelandiyalik Edmund Xillari hamda sherp Tensing Norgey foydalanadi. Ular Evans va Budillondan ko‘ra tajribaliroq edi. Cho‘qqini zabt etishdan oldingi kechada Xillari qattiq hayajonda bo‘lgan.

    Tensing Norgey va Edmund Xillari Everestga chiqqan ust-boshlarini Katmandudagi Britaniya elchixonasida namoyish etmoqda. 1953-yil 26-iyun

    “Tensing buni ming yo‘lbars na’rasi deb atadi. 7900 metr balandlikda Everest va Lxosze orasi bo‘ylab dahshatli shamol birgina to‘siqqa — bizning palatkamizga uchragan holda esardi. Shamol kuchaydi va men muz hamda qoyalar orasida qolib ketamiz deb qo‘rqdim. Uxlashning hech qanaqa imkoni yo‘q edi… Palatkaning ustunlari muntazam qovurg‘amga urilar, matoga teginilsa, u ishlayotgan dreldek boshimiz zirillardi.

    Faqat haqiqiy ahmoqqina bunga rozi bo‘ladi, deb o‘ylay boshladim o‘zimcha. Kechasi kislorod bilan uxladim. Ballon oxirlab qolganida bo‘lsa chala hushsizlik holatidan chiqish juda qiyin kechdi: nafas olomasdim, muzlab qolgan niqob esa yuzimni tirnab tashlardi. Oxiri ko‘rinmayotgan tunda tinmay soatimga qarab, u buzilib qolmadimikan deb o‘ylab boshladim. Va nihoyat soat millari 04:00 ni ko‘rsatdi. Gugurtni yoqib, termometrga qaradim. Palatka ichi -25 daraja”, — deya eslaydi Edmund Xillari.

    Tongga yaqin shamol to‘xtaydi — Xillari va Tensing esa yo‘lini davom ettiradi. “Biz navbati bilan yo‘l ochib borardik, ammo bu yoqimli ish emasdi: yupqa muz qatlami ostida chuqur yumshoq qor yotardi. Qaysidir onda muzning darz ketgan ovozi eshitildi, oyog‘im ostidagi yuza men bilan birga pastga siljidi. Baxtimga o‘zimni o‘nglashga ulgurib qoldim, muz qatlam esa qoyadan quladi. Yumshoq qilib aytganda, bu yoqimsiz holat edi… Ko‘p o‘tmay qoyadagi qor sharoiti yaxshilandi va biz Janubiy cho‘qqiga yetib bordik. Bizdan tepada hali hech kim bo‘lmagan edi”.

    Biroz dam olgach, ular yuqoriga ko‘tarilishni davom etadi. Xillarining so‘zlariga ko‘ra, Apl tog‘lari bo‘lganida cho‘qqini zabt etish muammo bo‘lmasdi, ammo 8 kilometr balandlikda bu o‘zgacha. “Xillari zinasi” nomini olgan ushbu hudud yo‘nalishdagi eng muhimlaridan biridir. Xillari tog‘ devoridagi yoriqni payqab, u orqali o‘rmalashni boshlaydi, Tensing esa unga ko‘maklashib turadi. Alpinistning o‘zini eslashicha, cho‘qqiga chiqar ekan birinchi marta “zabt etish muvaffaqiyatli amalga oshishini” his qilgan.

    Xillari keyingi harakatini xuddi tinim bilmay ishlashga o‘xshatadi. Manzilning oxiri ko‘rinmaydigan bir paytda yangi zelandiyalik o‘zini eng yuqori nuqtada paydo bo‘ladi: “Bir payt tekis yerga qadam bosdim va shundagina tepaga chiqadigan boshqa joy yo‘qligini bildim: atrof har tomondan bo‘shliq edi. Tensing tezda yetib keldi va biz hayrat bilan atrofni kuzata boshladik. Biz dunyoning eng yuqori cho‘qqisiga chiqdik! 1953-yil 29-may sanasi, soat 11:30 edi. Tensingga qo‘limni uzatdim, ammo uning uchun qo‘l siqishish kamlik qilardi va u meni quchoqlab oldi. Shunda bu cho‘qqiga chiqish mendan ko‘ra, uning uchun naqadar muhim bo‘lganini tushunib yetdim”.

    Tensing Norgey Himolayda, 1953-yil
    “Cho‘qqiga chiqqach, birinchi navbatda barcha alpinistlar qiladigan ishni bajardik: qo‘llarimizni siqdik. Lekin Everestda bu bilan cheklanib bo‘larmidi! Qulochimni yoyib, Xillarini qushoqlab oldim va nafas yetmay qolgunga qadar, yelkalarimizga urdik. Keyin atrofni kuzatishga tushdik. Quyosh charaqlardi, osmon esa — umrim davomida bundan musafforoq osmonni ko‘rgan emasman… Pastga qarab oldingi ekspeditsiyalarizmidagi joylarni ko‘rdim. Atrofimizni buyuk Himolay o‘rab turardi… Hech qachon bunday manzarani ko‘rmaganman va endi ham ko‘rmayman: yovvoyi, ajoyib va dahshatli. Biroq men qo‘rquvni his qilmasdim. Tog‘larni, Everestni haddan ortiq yaxshi ko‘raman. Umrim davomida kutgan buyuk on, mening cho‘qqim muz bilan qoplangan jonsiz toshlar uyumi emas, balki iliq, jonli va do‘stona edi”, — deydi Tensing Norgey.

    Muvaffaqiyat va intriga

    Bazaviy lagerda cho‘qqidan biror yangilik kelishini Times muxbiri Jeyms Morris kutib o‘tirardi: gazeta voqealarni yoritish bo‘yicha oldindan shartnoma imzolagan edi. Morris zudlik bilan eng yaqin qishloqqa tushilib, radio orqali yangilikni yetkazsa, 2-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Yelizaveta II ga toj kiydirish marosimiga ulgurishini tushunib qoladi. Matn shifrlangan holda yuboriladi, Times uni 1-iyun kechasi qo‘lga kiritadi. Tahririyat eksklyuzivga yopishib olmasdan, boshqa OAVlarni ham xabardor qilish qaroriga keladi.

    Ekspeditsiya Katmanduga qaytganida, kuryerlar minglab tabrik maktublari va telegrammalarni tashishga majbur bo‘ladi. Cho‘qqining zabt etilishi butun dunyoda katta yangilik sifatida qabul qilingan edi. Avvaliga ekspeditsiya a’zolari xursand bo‘ladi. Uning rahbari Jon Xant Xillariga “Britaniya imperiyasi ritsari ser Edmund Xillariga”, deya yozuv tushirilgan maktubni uzatadi. Bu hazil emasdi: qirolicha Yelizaveta II rostdan ham ikkala alpinistni ushbu unvon bilan mukofotlangan edi.

    Britaniyaga qaytgan Everest ekspeditsiyasi a’zoladi. Chapdan o‘gnga: Jon Xant, Tensing Norgey, Edmund Xillari. 1953-yil 3-iyul

    Ammo Katmanduga yaqinlashish vaqtida kutilmagan voqealar yuz beradi. Ekspeditsiyani olamon qarshi uladi. Ular britanlarga e’tibor qaratmay, Tensingni o‘zlari bilan olib ketadi. Uzoq suhbatdan keyin Tensing xijolatda qaytib keladi: uni qandaydir hujjatni imzolashga majbur qilishgandi, sherp esa savodsizligi sabab qog‘ozni o‘qishga ham ulgurmagan. Ushbu hujjatda Tensing Norgey cho‘qqiga birinchi bo‘lib ko‘tarilgani qayd etilgan.

    Ehtiroslar avj oldi va ekspeditsiya a’zolari jurnalistlar qurshovida qoladi. Xantdan Tensing qanaqa alpinist deb so‘rashganida, u yaxshi, lekin eng yaxshisi emas deya javob qaytaradi. Jurnalistlarga bu kam edi va shu sababdan Xillarini siquvga olishadi. Times gazetasi bilan mavjud shartnoma ham ularni qiziqtirmas edi. Xillari katta pul taklif qilishadi — 10 ming funt. Everestni zabt etganlarga va birinchi bo‘lib cho‘qqiga kim qadam bosganiga qiziqish shunaqa yuqori edi.

    Katmanduda alpinistlarni odamlar chalkashliklar ila qarshi oladi. Olamon “Buyuk Tensingga sharaflar bo‘lsin” deya baqirardi. Britanlar qo‘llariga plakatlar ko‘tarib olgan odamlardan hayratga tushadi. Ularda Everest cho‘qqisida turgan Tensing bir qo‘lida Nepal bayrog‘i, boshqasida esa yordamga muhtoj Xillari osilib turgan arqonni ushlagan holda tasvirlangan edi. Tushumovchilikka barham berish maqsadida Xillari, Xant va Tensing bundan buyog‘iga cho‘qqiga “ular deyarli bir vaqtda” qadam qo‘yishganini aytishga kelishib oladi. Birinchi kim bo‘lgani emas, balki safar muvaffaqiyatli o‘tgani muhim — natija esa ekspeditsiyaning barcha a’zolariniki.

    1947-yilda mustaqillikka erishgan Hindistonda ham Everestga kim birinchi bo‘lib qadam qo‘ygani muhim edi. Nepalda tug‘ilgan Tensingni hindlar o‘zini hisoblagan, chunki u uzoq vaqt mamlakatga yashagan. Hindiston aeroportida ekspeditsiya a’zolari bo‘lgan samolyotni olamon — 10 mingdan ziyod odam kutib oladi. Sherp trapda ko‘rinish berganida odamlar oldinga harakatlanib, to‘siqlarni buzib yuborishiga bir baxya qoladi, Xillari bo‘lsa, Tensingning ko‘zlaridagi qo‘rquvga guvoh bo‘ladi — u cho‘qqiga chiqishdagi eng qiyin vaziyatda ham bunga duch kelmagan edi.

    Britanlar Tensingga Angliyaga ko‘chib o‘tish taklifini bildirishganida yana bitta masala paydo bo‘ladi: qaysi davlat xorijga chiqish pasportini beradi. Hindiston bosh vaziri Javohirlal Neru tezda vaziyatni o‘z qo‘liga oladi; ammo bu Nepal hukumatiga yoqmaydi.

    Shifoxonalar, maktablar va ibodatxonalar Everestdan muhimroq

    Xillari va Tensing nima deyishmasin ularni bir-biri bilan taqqoslash tinmasdi. Bunday taqqoslash “Yangi Zelandiyadan kelgan asalarichining” foydasiga xizmat qilmas edi. Ekspeditsiya a’zolaridan biri Jorj Lou uyiga qaytganida BBC muxbiri to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda cho‘qqidan tushgan Xillarining ilk so‘zlari qanday bo‘lgani haqida so‘raydi. Lou hech narsani o‘ylab o‘tirmay, uning “la’nati” degan gapini qaytaradi. Sanoqli soatlar ichida bu jumla butun yer sharini aylanib chiqadi. Xillari yana uzoq vaqt Everestni haqorat qilganini eslab yuradi.

    Edmund Xillari, Jon Xant va Tensing Norgey jurnalistlarga Everestni zabt etishda bosib o‘tgan yo‘llarini ko‘rsatib bermoqda, 1953-yil 3-iyul

    Xillarining o‘zi Tensing bilan cho‘qqida nima qilishganini keyinchalik shunday eslaydi:

    “Tensing qorni kovlab, chuqur hosil qildi va u yerga shokolad bo‘lagi hamda boshqa yegulikni tashladi — uning dini bo‘yicha bu vaqti-vaqti bilan cho‘qqiga kelib turadigan xudolar uchun tortiq edi. Unga qarar ekanman, tog‘ga chiqishimizdan oldin ekspeditsiya boshlig‘i Nepalda ruhoniy bilan uchrashganini aytib berganini esladim. U kichkina butni berib, bu Everestda qolib ketsa ham qarshilik bildirmasligini aytgan. Jon bu iltimosni bajara olish-olmasligimni so‘radi. Men rozi bo‘ldim, cho‘qqida butni qor orasiga tashladim. Ekspeditsiya shifokori balandlikda tana suvsizlanishidan ehtiyot bo‘lish haqida ko‘p takrorlardi. Shu sababdan cho‘qqini zabt etishdan oldingi kecha Tensing bilan ko‘p suyuqlik ichdik va tepaga quvig‘imiz to‘la holda chiqdik. Dunyodagi eng baland cho‘qqiga hurmat bajo keltirib bo‘lgach, hojatimni chiqarishdan boshqa ish qolmagandi”.

    Tensing Xillariga o‘xshamasdi. U Everest yaqinida dunyoga kelgan va unga chiqishni doim orzu qilardi. Sherp shveysariyalik Lamber va yakka tartibda cho‘qqiga chiqmoqchi bo‘lgan boshqa bir alpinist yonida ham bo‘lgan. Ammo cho‘qqini yettinchi urinishda zabt etgandi. Bu vaqtda Tensing Himolayning turli hududlarida 20 yil davomida ekspeditsiyalar bilan ishlab kelgan. U Sikkimda ham, Kashmirda ham yashagan, bir nechta tilda gaplasha olgan. Everestga chiqqanidan keyin u Janubiy Osiyoda juda mashhur bo‘lib ketadi, qashshoqlikdan qutilib, shaxsiy uyini qurishga muvaffaq bo‘ladi. Ammo mashhurlik uni xotirjamlikdan mosuvo etgandi. Kimdir u bilan ko‘rishishni xohlasa, boshqalar siyosiy maqsadlar yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lardi. Tensing tog‘ ekspeditsiyasida boshqa ishtirok etmaydi va pensiyaga qadar Hindistonning Himolay alpinizmi institutiga rahbarlik qiladi.

    Xillari bo‘lsa, aksincha, ko‘p sayohatga chiqdi. U Himolaydagi yana o‘nta cho‘qqini zabt etdi, Janubiy va Shimoliy qutblarga bordi. Keyinroq esa Hindiston va Bangladeshda Yangi Zelandiyaning oliy komissari, Nepalda elchi, xayriya fondi rahbari bo‘lib ishladi.

    19.09.2023, 12:28   Izoh (0)   22563
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Antibiotiklar otasi”: Aleksandr Flemingning insoniyatni qutqarib qolgan pala-partishligi

    30.08.2023, 14:30

    “Mikki Mausni har qanday ayoldan ko‘proq yaxshi ko‘raman”. Natsistlar bilan do‘st tutingan va ayollardan nafratlangan Uolt Disney haqida

    06.09.2023, 19:57

    “Cherchill meni ozod etdi”. Natsistlar josusi sifatida hibsga olingan moda olami yulduzi Koko Shanel va uning sirli hayot yo‘li

    15.09.2023, 16:27

    Bayden Putinni yana diktator deb atadi

    19.09.2023, 12:24

    AQSH va Eron Qatarda mahbuslarni almashdi

    19.09.2023, 11:37

    Rossiyada deputatlar 2024-yildan faqat mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobillarni minadi

    19.09.2023, 11:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.