• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Osmonning rangi qanaqa?

    Jaydari hayotni bilmadim-ku, ammo virtual makonda “qabilalashuv” kuchaygan: dindorlar, liberallar, sekulyar-ateistlar, neo-jadidlar, “putinqullar”, “baydenoidlar” va hokazo. 

    Birov birovni sariq chaqaga olmaydi. Og‘zidan chiqqanini yoqasiga yopishtiradi. Hamma haqiqatni o‘z qarichi bilan belgilaydi. Unga zid fikr sazoyi etiladi. Tarmoqlar nafratga to‘la. Kel, balki nimadir jon bordir aytganlarida, deb o‘ylash juda bir uyatdek hozir.

    Gap faqat o‘zimizning milliy tarmoq haqida ketmayapti. Global tendensiyaga aylangan bu. Tadqiqotchilarning fikricha, toqatsizlik sabablaridan biri qidiruv tizimlari, deylik Google bilan ishlash ko‘nikmalarimiz bilan ham bog‘liq.

    Osmonning rangi qanday? 

    Shu ham savolmi, moviy-da, deyapsiz. Ammo shoshmang. Balki “vinosifat-tun” rangidadir. Gomerning dostonlarida samo va dengizlar ayni bo‘yoqda tasvirlangan, masalan (flora va fauna dunyosida ko‘k rang juda kam uchragani uchun antik davrda bunday so‘zni o‘zi bo‘lmagan, shu bois manbalarda osmon oq, kulrang va vinosifat-tun tavsifida kelgan).

    Albatta, Gomerda Google’dan foydalanish imkoni bo‘lmagan. Bizda esa bor. Xo‘sh, muammo halmi? Uzil-kesil emas. Deylik siz “Osmonning rangi qizil” deb so‘rov yuborsangiz, “Shunday, Reley qonuniga ko‘ra qizaradi” degan javob olasiz. Boshqa birov “Osmon oq rangda” deb qidiruvga bersa, “So‘zsiz, yorug‘likning katta zarrachalari atmosferada bo‘linishidan bu” deyiladi unga. Kimdir, “Yo‘g‘-e, osmon jigarrang-ku” desa, Google uning ham ko‘nglini qoldirmaydi: “Tornado tufayli-da!”

    Xullas, zamonaviy qidiruv tizimlarining algoritmi shundayki, ular siz osmonni qaysi rangda ko‘rishni xohlayotganingizdan kelib chiqib natijalarni taqdim etadi.

    Tramp va NFL

    “Fakt va argumentlarni Google yordamida sinchiklab o‘rganish — bu hali xolislik va haqiqat, degani emas”, deb yozadi italiyalik sotsiolog Franchesko Tripodi o‘zining “Propogandistlar kitobi”da. O‘z fikrini tasdiqlash uchun 2016-yilda Tramp va NFL (Amerikacha futbol professional ligasi) o‘rtasidagi mashhur mojaroni eslaydi:

    “San-Fransisko” o‘yinchisi Kolin Kapernik “Grin-Bey” bilan o‘yin avvalida, ya’ni AQSH madhiyasi yangrayotganda namoyishkorona bitta tizzada yerga o‘tirib oladi. U mamlakatdagi irqiy kamsitilishlarga shu tariqa o‘z noroziligini bildiradi. Keyinroq ligadagi boshqa ko‘plab futbolchilar ham aksiyaga qo‘shiladi. Voqealar rivojidan g‘azablangan Tramp bayonot bilan chiqib, futbolchilarning “ahmoqona” xatti-harakatlari tufayli NFL reytingi tushib ketganini ma’lum qiladi. 

    Foto: Google images

    “Kichik izlanishlarimiz ko‘rsatdiki, “NFL reytingi quladi” degan so‘rovimizga Google haqiqatan ham ko‘plab Tramp taraf saytlarning prezident haqligini tasdiqlovchi materiallarini taqdim etdi. “NFL reytingi yuqoriladi” deb qidiruv berganimizda esa bayonotning aksini isbotlovchi sarlavhalarga duch keldik. Shuning uchun haqiqatni qidirayotgan inson eng avvalo tizimli ravishda qarama-qarshi fikrlarni izlashi kerak”, — deydi tadqiqotchi.

    Nafsingizga yoqmasa ham tekshiring!

    1960-yilda psixolog Piter Ueyson mantiqiy mulohazalarimizdagi “kichik” nosozlikni ko‘rsatib bergan tadqiqot natijalarini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Ueson bir guruh ko‘ngillilarga 2, 4, 6 raqamlar ketma-ketligini ko‘rsatadi va ulardan sonlar qaysi qonuniyatga ko‘ra ayni tartibda joylashtirilgani hamda javoblarini xuddi shu shaklda (faqat boshqa raqamlar bilan) isbotlab berishni so‘raydi.

    Tajriba — odamlar istisno hollardagina o‘z taxminlari xato ekanini ko‘rsatuvchi kontrmisollarga murojaat qilishini ko‘rsatadi. Deylik, sizni taxminingiz bunday: raqamlar “juft sonlar ketma-ketligi” asosida tartiblangan. Keyingi qadamingiz “2, 8, 10” yoki “3, 5, 7” kabi teskari misollar yordamida o‘zingizni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yo‘ldan borayotganingizni tekshirish, bo‘lishi kerak aslida. Biroq qatnashchilar o‘zlaridagi mavjud gipotezaga “xiyonat qilmagan” va unga monand “8, 10, 12” raqamlarini yozib bergan. 

    Umuman olganda qoida — o‘sib borish tartibidagi har qanday uchta son edi. Javobni bilish esa ishtirokchilardan o‘z taxminlariga zid raqamlar ketma-ketligini ham ko‘rib chiqish talab etilardi. Xullas, insonlardagi bu mantiqiy “nosozlik”ni Ueyson “confirmation bias”, o‘zbekcha aytganda “o‘z nuqtayi nazarini tasdiqlashga qaramlik” atamasi bilan izohlaydi. Ya’ni kishilar eng avvalo ularning e’tiqodi va ishonchiga to‘g‘ri keladigan dalillarni qabul qilish, payqash, eslab qolishga moyil bo‘ladi. 

    — Bu “buzilish” odamlarning qidiruv madaniyatiga ham xos, — deydi Tripodi. Kishilar biror faktni unga zid kelishi mumkin bo‘lgan dalillar bilan emas, o‘sha faktning o‘zini qidirish orqali tekshirishga moyil. Agarda nima haqiqat ekaniga oydinlik kiritishni istasak, “nafsimizga yoqmaydigan” dalillarni ham izlash ko‘nikmasini shakllantirishimiz lozim.

    Dilshod Nurulloh

    15.09.2023, 21:25   Izoh (0)   7218
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda olti oyda qancha ayolga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi berilgani ma’lum bo‘ldi

    15.09.2023, 21:05

    O‘zbekistonda energetika islohoti: Narxlar erkinlashishi nega muhim?

    15.09.2023, 20:20

    Rossiyada o‘zbekistonlik yigit qurilishda 3-qavatdan tushib ketdi

    15.09.2023, 19:54

    Toshkent viloyatida subsidiyaga uy olib berish uchun 1,3 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

    15.09.2023, 18:20

    O‘zbekistonga sakkiz oyda 41 ming nafarga yaqin xorijlik davolanish uchun keldi

    15.09.2023, 17:06

    O‘zbekistonda avtokreditlar cheklanishi mumkin. Bu foiz stavkasi oshishiga sabab bo‘ladimi?

    15.09.2023, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.