Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida o‘zbekistonlik yigit ish vaqtida 3-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, A.T. 2022-yilning iyul oyida Krasnoyarsk o‘lkasining Minusinsk shahriga ishlash maqsadida borgan. 3-iyul kuni ish paytida baxtsiz hodisa oqibatida qurilish obyektining 3-qavatidan tushib ketadi va og‘ir tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga yotqiziladi.
Shifoxonada unga tibbiy yordam ko‘rsatilib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shundan so‘ng Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan Krasnoyarsk—Namangan yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta olib berilib, Vatanga qaytarildi.
Izoh (0)