O‘zbekistonga 2023-yilning yanvar—avgust oylarida 4,3 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
![](/static/2023/05/Fozilbek/photo_2023-07-26_12-47-03sdfs.jpg)
Qayd etilishicha, sakkiz oyda O‘zbekistonga chet el fuqarolarining 3,7 million nafari qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida kelgan. Shuningdek, mamlakatga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
- qarindoshlarni yo‘qlash — 3,7 million kishi;
- dam olish — 467 ming kishi;
- xizmat yuzasidan — 87 ming kishi;
- davolanish — 41 ming kishi;
- tijorat — 37 ming kishi;
- o‘qish maqsadida — 7,1 ming kishi.
Mamlakatga yanvar—iyul oylarida jami 3,7 million nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda kelgani xabar qilingandi. Shu maqsadda eng ko‘p Tojikiston fuqarolari tashrif buyurgan — 1 million 151,4 ming kishi.
Izoh (0)