• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda energetika islohoti: Narxlar erkinlashishi nega muhim?

    O‘tgan haftada energetika narxlarining erkinlashuvi haqidagi xabarlar fonida vazir Jo‘rabek Mirzamahmudovning jurnalistlar bilan muloqotida aytgan gaplari keng muhokamaga sabab bo‘ldi. 

    O‘shanda vazir “nima uchun basseyniga isitkich qo‘ygan, sauna qurgan, uyida bir emas, o‘nlab elektr jihozlarini o‘rnatgan, oddiy odamlardan yigirma barobar ko‘p elektr iste’mol qiladigan boylarga tannarxi 800 so‘m bo‘lgan elektrni 295 so‘mdan berishimiz kerak? Nega boylarning xarajatini davlat byudjeti, ya’ni, sizu bizning to‘lagan soliqlarimiz hisobidan qoplashimiz kerak?”, degan fikrni ilgari surgan edi.

    Ko‘p o‘tmay ushbu fikrlarni dalillovchi jadval ham e’lon qilindi. Unda O‘zbekistonda o‘n mingta iste’molchi yiliga 2 269 mln.kvt.soat elektr iste’mol qilishi aks etgan. Bu degani — 10 ming badavlat inson uchun 1,1 trln so‘m mablag‘ budjetdan subsidiyalangan. 

    Foto: Bakiroo telegram kanali

    Hamma biladi, O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarish hamda yetkazib berish xarajatlaridan ancha past narxda sotiladi. Ushbu xarajatlarni qoplash uchun budjet mablag‘lari yo‘naltiriladi. Bu mablag‘lar yetmasa, soha kompaniyalari bankdan qarz hisobiga moliyalashtiriladi. Shu orqali iste’molchilar uchun davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, 2021 va 2022-moliya yillarida ushbu maqsadlarga 6 trillion so‘mdan ortiqroq mablag‘ ajratilgan. 2023-yilda esa aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 14 trillion so‘mdan ortiqroq subsidiya berilishi ko‘zda tutilgan.

    Mazkur mablag‘lar ishlab chiqaruvchining xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi. Davlat esa aholiga arzon narxda elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beradi. O‘rtadagi farq budjet mablag‘lari hamda tizim tashkilotlari hisobidan qoplanadi. Ayni holat tufayli tizim tashkilotlarining aksariyati moliyaviy yilni katta miqdordagi ziyon bilan yakunlashadi.

    Bunday vaziyatda, tabiiyki, sohada tegishli modernizatsiya ishlarini amalga oshirishning mutlaqo imkoni yo‘q. Hatto kuygan yoki singan uskunalarni almashtirish, uzilgan elektr tarmoqlarini yangilash ham qiyin bo‘lib qoladi.

    Jarayon shu tarzda to‘xtovsiz davom etaversa, ajratilayotgan subsidiyalar ayanchli iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarini erkinlashtirish bilan bog‘liq islohotlarni zudlik bilan boshlash kerak. Aks holda, bundan alal-oqibat faqat va faqat o‘zimiz jabr ko‘ramiz.

    Energetika narxlari erkinlashsa, nima bo‘ladi? 

    Birinchi galda, subsidiyalarning asosiy qismini ajratish to‘xtatiladi. Ayniqsa, boylarni yanada boylashtirishga chek qo‘yiladi. Bu esa budjetdan qoplanayotgan trillionlab xarajatlarni sezilarli kamaytiradi. Subsidiya asosan, oyiga 300 kvt/soatgacha elektr energiyasi ishlatuvchi iste’molchilar uchun ajratiladi, xolos.

    Ikkinchidan, sohaga investorlar kirib kelishi osonlashadi. Vazir Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, bugungi kunda sarmoyadorlarning yo‘lini to‘sib turgan asosiy omil — narxlar bozor mexanizmlariga mos emasligi. 

    Uchinchidan, energetika sohasida xususiylashtirish jarayoni boshlanadi. Bu — energetikani ishlab chiqarishdan boshlab, taqsimotgacha bo‘lgan jarayonni qamrab oladi. Natijada esa energetikaning haqiqiy egalari paydo bo‘lib, turli o‘g‘riliklar, yo‘qotishlar kamayadi. 

    To‘rtinchidan, va eng asosiysi, uzoq yillardan beri modernizatsiya qilinmagan tizimni ta’mirlash va yangilash imkoni bo‘ladi. Vazir ham o‘z so‘zida ayni jihatga alohida to‘xtaldi.

    “Elektrdagi uzilishlarning asosiy sababi — yuklanish haddan tashqari ko‘p ekanida. Me’yor bo‘yicha, bitta transformatorga bo‘lgan yuklama 75 foizdan oshmasligi kerak. Biroq Toshkent viloyatida yuklanganlik darajasi 95 foiz, Andijonda 92, Toshkent shahrida 90, Namanganda 84 foiz”, — dedi vazir. 

    15.09.2023, 20:20   Izoh (0)   11368
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Elektr energiyasi tariflari islohoti O‘zbekiston moliyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi — Fitch

    07.09.2023, 16:26

    O‘zbekistonda gaz va elektr narxini erkinlashtirish bosqichma-bosqich boshlanmoqda

    09.09.2023, 16:37

    2024-yilda rejalashtirilayotgan elektr narxining oshishi faqatgina aholining boy qatlamiga taʼsir qilishi mumkin

    11.09.2023, 13:53

    Rossiyada o‘zbekistonlik yigit qurilishda 3-qavatdan tushib ketdi

    15.09.2023, 19:54

    Toshkent viloyatida subsidiyaga uy olib berish uchun 1,3 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

    15.09.2023, 18:20

    O‘zbekistonga sakkiz oyda 41 ming nafarga yaqin xorijlik davolanish uchun keldi

    15.09.2023, 17:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10

    Rossiya NATO chegarasidan 25 km uzoqlikda ulkan obyekt qurmoqda (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 17:08

    “Bu qandaydir bema’nilik”. Tatariston prezidenti rus tilini bilmagan muhojir bolalarni maktabga qabul qilmaslik haqidagi qonunni tanqid qildi

    Dunyo | 24 avgust, 16:06

    O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlar endi jarimaga tortiladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 15:47

    Rossiyaning yetakchi dron ishlab chiqaruvchisi bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

    Dunyo | 24 avgust, 15:26

    “Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari qanday ma’noni bildiradi?

    Avto | 24 avgust, 15:05

    Pentagonda tozalash: Trampni g‘azablantirgan razvedka boshlig‘i lavozimidan olindi

    Dunyo | 24 avgust, 14:44

    Qiziriq tumani hokimi faoliyatidagi sustkashlik uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 14:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.