Nigeriya prezidenti Bola Tinubu dunyoning barcha davlatlaridagi elchilarini zudlik bilan chaqirib olishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Elchilarni chaqirib olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar prezident ma’muriyatining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan. Prezident konsullik va elchixonalarda fuqarolar, rezidentlar va potensial mehmonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi va sifatini ta’minlash niyatida ekani aytilmoqda.
Elchilarni chaqirib olish sabablari haqida batafsil ma’lumot keltirilmagan. Qaror BMT Bosh Assambleyasining sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan sessiyasi munosabati bilan Nigeriyaning Nyu-York va Jenevadagi tashkilotdagi doimiy vakillarigagina taalluqli emas.
Nigeriyaning butun dunyo bo‘ylab 109 ta diplomatik vakolatxonalari, jumladan, 76 ta elchixona, 22 ta oliy komissiya va 11 ta konsulligi mavjud.
Izoh (0)