Daryo

Nigeriya Afrika davlatlaridan birinchi bo‘lib Starlink tizimlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

Starlink — dunyo aholisini keng ko‘lamda internet bilan ta’minlashga qaratilgan yangi avlod sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i

1 daqiqa o‘qish4 786 ko‘rishlar0 izoh0

Amerikaning SpaceX kompaniyasi Nigeriyaga Starlink tarmog‘i internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. SpaceX Twitter’da qayd etganidek, ushbu mamlakat Afrika qit’asida kompaniya xizmatlarini qo‘lga kiritgan birinchi davlat bo‘ldi

Foto: Starlink

“Starlink endi Nigeriyada — ushbu xizmatni olgan birinchi Afrika davlatida”, — deyiladi xabarda.

Starlink — dunyo aholisini keng ko‘lamda internet bilan ta’minlashga qaratilgan yangi avlod sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i. Loyihani amalga oshirish 2018-yil fevral oyida boshlangan. Uning maqsadi dunyoning istalgan nuqtasida yuqori tezlikdagi internetga kirishni ta’minlash. Umuman olganda, tarmoqni yaratishning birinchi bosqichida 12 mingga yaqin sunʼiy yoʻldoshni uchirish rejalashtirilgan.

Avvalroq SpaceX kompaniyasi Filippinda Starlink sun’iy yo‘ldosh xizmatini ishga tushirishni rejalashtirayotgani, bu Janubi-sharqiy Osiyodagi birinchi shunday hodisa bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar