Nigeriya shimolidagi Kaduna shtati Zaria shahridagi masjidning qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Amirlik kengashi vakili Zariya Abdullohi Kvarbayining qayd etishicha, voqea shahar markaziy masjidida peshin namozi vaqtida yuz bergan, binoda yuzlab namozxonlar bo‘lgan.
Unga ko‘ra, dastlab to‘rt kishining jasadi topilgan, keyin qutqaruvchilar vayronalar ostidan yana uchta jasadni olib chiqqan.
Reuters ta’kidlashicha, Nigeriyada binolarning qulashi tez-tez uchrab turadi, chunki mamlakatda xavfsizlik qoidalari to‘g‘ri bajarilmaydi va qurilish materiallari ko‘pincha sifatsiz bo‘ladi.
Izoh (0)