• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Advokatlar hindistonlikni qamoqdan olib chiqishga urindi, jabrlanuvchilar bunga qarshi chiqdi: 65 nafar go‘dak o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan suddan reportaj

    O‘zbekistonda 65 nafar bola o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha sud ishi boshlandi. Sud soat 10:00 da boshlanishi aytilsa-da, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan sudlanuvchilarni sud binosiga olib kelish bilan bog‘liq muammo sabab, ikki soat kech boshlandi.

    Sud avvalida 21 nafar sudlanuvchining shaxsiga aniqlik kiritildi. Ayblanuvchilarning advokatlari kiritgan iltimosnomalar muhokama qilindi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Hindistonlik S.R.P. (Quramax Medical MCHJ direktori)ning advokati Davron Ahmadov sud hayʼatidan himoyasi ostidagi ayblanuvchining dini, vegetarianligini inobatga olib, unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilishni, ayblanuvchiga qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llanilishini so‘radi. Sud iltimosnomani rad etdi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Yana bir advokat himoyasi ostidagi Sh.X.ning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sabab, uning sudda onlayn ishtirok etishiga ruxsat berilishini iltimos qildi. Sud hayʼati Sh.X.ning sog‘lig‘idagi muammo bilan bog‘liq jarayon haqida hujjatga egaligini, ammo shifokorlarning sudlanuvchining sog‘lig‘i sudda ishtirok etishi uchun javob bermaydi degan xulosa bersa va u sudga taqdim qilinsa, bu iltimosnoma muhokama qilinishini, shundan so‘ng bu iltimosnoma bo‘yicha qaror qilinishini bildirdi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Sud 16-avgust soat 10:00 ga qadar tanaffus eʼlon qildi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Mazkur sirop ishi bo‘yicha 21 kishi ayblanmoqda. Ularning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo‘lib, 7 tasiga qamoqqa olish, 12 tasiga munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat va 2 tasiga garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan. Ular Jinoyat kodeksining 184, 28,186-3, 186-3, 25,205, 205, 207, 28,209, 209, 210, 211, 212, 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    2022-yilning dekabr oyida tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgan bemorlarda turli nojo‘ya taʼsirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ushbu vaziyatni darhol nazoratga oldi. Zaharli sirop haqida jamoatchilikka oshkor qilgan Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachining yozishicha, ikki oyda 21 kishi shu dori vositasi qabulidan so‘ng shikoyat qilgan. 17 nafar bolaning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib, ularning 15 nafarida o‘lim holati kuzatilgan.

    Shundan so‘ng “Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati O‘zbekistondagi dorixonalardan “Dok-1 Maks” preparatini qaytarib olish boshlanganini maʼlum qildi. Ko‘p o‘tmay Sog‘liqni saqlash vazirligi “Dok-1 Maks” preparatini o‘rganish natijalarini eʼlon qildi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan maxsus ishchi guruh aʼzolari tomonidan joyiga chiqqan holda xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlanib, materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

    O‘sha kuni Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan Quramax Medical MCHJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3 moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi. Keyinchalik “Daryo” muxbiri mazkur sirop sabab Qashqadaryoda 1,5 yoshli bola vafot etganini oshkor qildi. Shuningdek, Namanganda 2,5 yoshli bola shu sirop sabab o‘ldi. OAVlarda eʼlon qilingan axborotlarga ko‘ra, sirop sabab dastlab 22 nafar bola vafot etgani aytilgan bo‘lsa, Oliy sud bu raqamlar ikki baravar ko‘p ekanini ochiqladi.

    11.08.2023, 18:32   Izoh (0)   24439
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ummon” guruhi xonandasi Zohid Rizqiyevga sud hukmi o‘qildi

    11.08.2023, 18:24

    O‘zbekistondagi maktablarda darslar qachondan boshlanishi maʼlum bo‘ldi

    11.08.2023, 18:03

    O‘zbekistonda 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi”ni maktablarga yetkazib berish boshlandi

    11.08.2023, 17:46

    IIV qidiruvga berilgan ikki blogerning barcha jinoyatlarini oshkor qildi

    11.08.2023, 17:34

    O‘zbekistonda mavsumiy agronomlar hududlarga biriktirilib, oylik ish haqi bilan ta’minlanadi

    11.08.2023, 17:27

    “Mas’ul rahbarlar bugundan boshlab favqulodda rejimga o‘tadi” — prezident

    11.08.2023, 17:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zamonaviy ichimlik va tabiiy og‘riq qoldiruvchi: organizmga foydali bo‘lishi uchun qahvani qay tarzda ichish kerak?

    Layfstayl | 23 iyul, 13:08

    Yaponiya bosh vaziri iste’foga chiqmoqchi

    Dunyo | 23 iyul, 13:02

    Avtomobil sanoatining unutilgan qahramoni: xavfsizlik yostig‘ini kim ixtiro qilgan?

    Avto | 23 iyul, 12:32

    Toshkentda Germaniyaga ishga yuborishini aytib, 9 kishini chuv tushirganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 12:27

    Messining kelajagi deyarli hal bo‘ldi

    Sport | 23 iyul, 12:17

    Ozarbayjon samolyotini urishga buyruq bergan rus generali lavozimi oshdi — OAV

    Dunyo | 23 iyul, 12:13

    “O‘zgidromet” 24-iyulda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.