O‘zbekistonda 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmasini maktablarga yetkazib berish boshlandi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati.
Unga ko‘ra, 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bola uchun “Prezident sovg‘asi” xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda. 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:
- O‘quvchi sumkasi;
- 12 dona daftar;
- Rasm daftari;
- Akvarel bo‘yoqlari;
- Rangli qog‘oz;
- Qalamdon;
- Sharikli ruchka;
- Rangli qalam;
- 2 dona oddiy qalam;
- Plastilin;
- Yelim;
- 2 dona o‘chirg‘ich.
Qayd etilishicha, “Prezident sovg‘asi” 25-avgustiga qadar vazirlikning adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi.
Izoh (0)