O‘zbekistondagi maktablarda 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi.
Qayd etilishicha, prezidentning “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr, shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangani sababli 1–3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.
“Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz”, deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)