• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Aktyor Shohrux Hamdamov Shohrux Xonni ko‘rish uchun Hindistonga borgani, Munisa bilan “mish-mishlar” hamda haligacha uylanmayotganining sababi haqida (foto, video)

    O‘zbek tomoshabinlariga “Saodat”, “Tuhmat girdobi” va “Baxt ovchisi” kabi seriallardagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Shohrux Hamdamov 31-iyul kuni 28 yoshni qarshiladi. Otasidan erta ayrilgan, san’atkor sifatida tan olinmagan va “zapret”ga tushgan Shohrux Hamdamov ijodni qanday boshlagan edi.

    Foto: Instagram /@shoxruxkhamdamov

    “San’at oilamizga begona emas”

    Shohrux Hamdamovning san’atkor bo‘lishini oila a’zolari tasavvur qilmagan. Chunki uning oila a’zolari orasida Ichki ishlar xodimlari ko‘p, otasi rahmatli esa arxitektor bo‘lib ishlagan.

    Foto: Instagram /@shoxruxkhamdamov

    — Oilamizda san’atkorlar yo‘q deyolmayman, xolam Vazira Yunusova aktrisa, amakilarim esa qo‘shiq aytishadi. Organ sohasida ishlaydigan akam ham bo‘sh vaqtida qo‘shiq hirgoyi qilib turadi. Onam tish shifokori bo‘lib ishlardi, otam o‘lganidan keyin bizni birovlardan kam qilmaslik uchun kurashdi. Oilaning kenja farzandi bo‘lganim uchun menga hech qachon yo‘q, demasdi. Ba’zan mana shu ham san’atkor bo‘lishimga sabab bo‘ldimikan, deb o‘ylab qolaman. “Qo‘shiqchi bo‘laman”, deganimda onam fikrimdan qaytarishga harakat qilgan. Chunki bo‘y-bastim va jismoniy imkoniyatlarim Ichki ishlar sohasiga mos edi. 2011-yili San’at kollejiga o‘qishga kirib, uni tamomladim. Kollejda o‘qish bilan birga “Diydor” teatr studiyasida ham tajriba orttirdim. O‘zimga bo‘lgan ishonchim yuqori edi, afsuski, bir yildan so‘ng bari sarobga aylandi, — deydi Shohrux Hamdamov.

    “Otam o‘lgan kun...”

    Aktyor otasi va uning o‘limi bilan bog‘liq kunlarni quyidagicha eslaydi.

    Foto: Skrin

    — Otam rahmatli oilamdan o‘tganida bor-yo‘g‘i 7 yoshda edim. Ammo otam bilan bog‘liq shirin xotiralarim juda ko‘p. Bir kuni meni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyiga olib borganlar. U yerni otam boshchiligida qayta ta’mirlashgan. Bahodir Hamdamov deyishsa juda yaxshi bilishardi, chunki otam o‘z ishining ustasi bo‘lgan. Afsuski, yurak xuruji sabab, juda erta olamdan o‘tgan. Kutilmagan yurak xuruji barchamizni esankiratib qo‘ygan. O‘shanda bor-yo‘g‘i ikkinchi sinfda o‘qirdim, — deydi aktyor Shohrux Hamdamov. 

    “Institutga kirolmaganim alam qilgan”

    Aktyor kollejni bitirgan yiliyoq O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshiradi. O‘sha yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Munavvar Abdullayev kurs qabul qilishi kerak edi. Ijodiy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan aktyorga omad kulib boqmaydi.

    Foto: Instagram /@shoxruxkhamdamov

    — Ijodiy imtihondan juda yuqori ball olganman. Atrofimdagilar ham institutga qabul qilinishimga ishonishgandi. Ammo testda omad kulmadi va talabalikka tavsiya etilmadim. Testdan yiqilishimni bilardim, bir ikkita tanishlarim pora berishni ham tavsiya qilishgandi. Chunki o‘sha yillari institutlar korrupsiyaga botib ketgan, testga o‘rniga odam kiritish holatlari ko‘paygandi. 3 yil san’at kolleji va Bahodir Yo‘ldoshev ijod maktabida o‘qib turib, nega institutga ham pul berib kirishim kerak, deganman. Xullas, 2015-yili institutga o‘qishga kirolmadim. Keyin bir do‘stim bilan kelishgan holda Hindistonga borib, o‘qishni niyat qildik. Ba’zan yaxshi ham institutga kirmagan ekanman, bo‘lmasa musofirchilikning nonini totib ko‘rmasdim, — deydi Shohrux Hamdamov.

    “Shohrux Xonni ko‘rish uchun Hindistonga borganmiz”

    Shohrux Hamdamovni onasi bu gal ham qo‘llab-quvvatladi. U o‘g‘lining xohishiga qarshi bormay, unga bilet va xarajatlarni qoplashga yaxshigina pul berdi.

    Foto: Instagram /@shoxruxkhamdamov

    — Bolalikdan Shohrux Xonning muxlisiman. Uni uyiga boraman, gaplashaman deb orzu qilgandim. Ammo bu o‘ylaganimdan ham qiyinroq ekan. Uning atrofida dunyoning turli nuqtalaridan kelgan insonlar to‘planib turishar, aktyorni hech bo‘lmasa bir marta hayotda ko‘rish uchun bir necha kunni bedor o‘tkazishar ekan. Biz ham bordik, ammo o‘sha kunlari Shohrux Xon Dubayda hordiq chiqarayotgan ekan. Keyin Anupam Xerning olti oylik o‘quv kursiga hujjat topshirdik. U yerda pulini to‘lasa bo‘ldi, imtihon topshirib o‘tirilmas ekan. Aslida ham ijod bilan bog‘liq institutlarga mahoratning o‘zi yetarli bo‘lsa kerak. Olti oy mobaynida juda ko‘p narsalarni o‘rgandim, — deydi aktyor Shohrux Hamdamov.

    “Meni aynitishdi...”

    O‘zbekistonga qaytgan aktyor o‘zini nafaqat bu yo‘nalishda, balki rejissorlikda ham sinab ko‘rmoqchi bo‘ladi.

    Foto: Instagram /@shoxruxkhamdamov

    — Kliplarga ko‘p taklif etishardi. Shunday vaziyat bo‘ldiki, aktyorlikdan ko‘nglim qoldi. Shunda rejissorlik qilish haqida o‘ylab qoldim. Hindistonda rejissorlik bo‘yicha ham saboq olgandim. “Tarona rekords”ning rahbari Ravshan Yo‘ldoshevning oldiga borib, klipmeykerlik qilmoqchiman, dedim. O‘shanda bor-yo‘g‘i 20 yosh bo‘lsam ham Ravshan aka ra’yimni qaytarmadi. Bir-ikkita klip olgandan keyin ba’zi insonlar meni “aynitishdi”. Sendan foydalanishadi, deyishganidan keyin “Tarona”dan uzoqlashgandim. Ammo bu ham yaxshilikka bo‘ldi. Agar o‘sha paytda rejissorlikdan ko‘ngil uzmaganimda aktyor emas, rejissor bo‘lib tanilgan bo‘larmidim, — deydi aktyor.

    “Rejissordan ko‘nglim qoldi”

    Shohrux Hamdamov rejissor Zulfiqor Musoqovdan ranjigani va undan ko‘ngli qolishiga sabab bo‘lgan voqeani aytib berdi.

    Foto: Instagram /@shoxruxkhamdamov

    — Ilgari kasting topshirishga “O‘zbekkino”ga ko‘p borardim. Bir kuni rejissor Abduhalil Mingnorov bilan suhbatlashib o‘tirganimizda xonaga Zulfiqor Musoqov kelgan. U insonni hurmat qilardim, chunki “Osmondagi bolalar” filmlarini ko‘rib katta bo‘lganmiz. Yoshi ham katta, ustoz deb o‘rnimdan turib salomlashdim. “Ustoz, qanaqa ustoz? Meni shogirdim emassan”, deb g‘alati muomala qildi. Juda g‘alati ahvolga tushdim. O‘shanda Abduhalil aka yumshatib, “Hurmat qilib ustoz deyotganiga rahmat desang-chi”, degandi. Mana shu gapdan keyin u kishiga bo‘lgan hurmatim sarobga aylangan. Ijodkor sifatida hurmat qilaman, ammo inson sifatida... O‘shanda “Albatta, aktyor bo‘laman, filmlaringga chaqirasan”, deb niyat qilgandim. “Berlin-Oqqo‘ng‘on” filmiga yordamchilaridan biri qo‘ng‘iroq qilib kastingga chaqirdi. Vaqtim yo‘qligini aytib rad etdim, — deydi aktyor Shohrux Hamdamov.

    Do‘stlarning ayrilishiga pul sababmi?

    Shahzod Sultonov va Shohrux Hamdamov ham bir paytlar yaqin do‘st bo‘lishgan. Afsuski, hozirda moliyaviy kelishmovchilik sabab ularning munosabati buzilgan.

    Foto: Kollaj

    — Shohrux o‘zi suratga olayotgan filmiga taklif etgan. “Ulug‘bek Qodirov va Farrux Soipov ‘Oshiqlar’ filmida birga suratga tushib, fayz olishgan. Biz ham bir filmda suratga tushaylik”, degan. Rozi bo‘lganman. Ammo gonorar keyinroq berilishini aytgandi. To‘g‘ri, syomkaga borganimda yo‘l puli berilgan, ammo umumiy summa keyinroq berilishini aytgan. Suratga olish ishlari yakunlanganidan keyin avariyaga uchrab qoldim. Ertalab tonggi 4:00 da Shohruxga qo‘ng‘iroq qildim. Chunki o‘sha paytda pul kerak edi. “Haligi puldan berasanmi? Avariyaga uchradim”, desam hol-ahvol so‘rab “Yo‘q, hozir u pulni ololmaymiz, hisobga tushmagan. Keyinroq oldingga o‘taman”, dedi. Ammo u film ijodkorlaridan hech kim kelmadi va gonorarimni ham berishmadi. Aslida, bu gapni aytmoqchi emasdim. Faqatgina ko‘rsatuvda sherdan qo‘rqqanim uchun bunga majbur bo‘lganman, — deydi aktyor Shahzod Sultonov.

    “Yuragim ‘jiz’ etgani yo‘q”

    Aktyor nima uchun hozirgacha uylanmagani, onasi topgan qizga uylanishni rejalashtirayotgani va shu yilning oxirigacha turmush qurish niyati borligi haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram /@shoxruxkhamdamov

    — Qanday qilib tushuntirsam ekan. Masalan, siz bir tovarni kimgadir qiziqligi uchun sotasiz, lekin u narsa siz uchun qiziq emas, men tovar sotaman demoqchi emasman. Bu sohada yurgandan keyin hamma narsa teskari bo‘lib qolar ekan, qizlar sizga gapirar ekan, keyin atrofingizda o‘zini tutishi yo‘qoladi. Shularni ko‘rib, ko‘pchilik shunaqa bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Masalan, ko‘chada bir qiz ketyapti, qarayapsiz, lekin miyadagi fikrlar bu ham bo‘lmaydi, deb ustunlik qiladi. Bu fikrlarni ortga qaytarish uchun esa o‘sha qiz bilan bir-ikki og‘iz gaplashishga to‘g‘ri keladi. Munosabatda bo‘lish kerak, shunda qizning qanaqa ekani bilinadi.

    Umrimda bir marta uchrashuvga chiqdim. Men uchun uchrashuvga chiqish g‘alati vaziyat. O‘zimning insonimni hali uchratmadim deb o‘ylayman, hali yuragim jiz etmadi. Onam topganiga uylanish niyatim bor, ular esa turmush o‘rtog‘imni o‘zim topishimni aytyapti, topganlarini ham ko‘raveraman. Lekin bitta narsa bor, onalar uyda o‘tiradi, sal gapga ham ishonuvchan bo‘lib qoladi. Biz esa ko‘chada yuramiz, hozirgi kunda qizlarni ayollardan emas, mahallasidagi bolalardan surishtirish kerak.

    Mendan ham mahallamdagi birorta yaxshi qizni so‘rashsa, haqiqatan ham yaxshi deyman. Agar boshqacha bo‘lsa, yana bir surishtirib ko‘rishini aytaman. Hozir oldingidek qizlar kam. Bu yil uydagilar bilan kelishib, aniq qaror qabul qildim, nasib qilgan kun uylanaman. Agar yaxshi qiz bo‘lsa, yuragim jiz etsa, bir oydan keyin ham to‘y bo‘lib ketishi mumkin. Shu yilning oxirigacha uylanish niyatim bor, — deydi aktyor.

    “Munisa Rizayevani sevadi”

    O‘zbek shou-biznesdagi aktrisa va xonandalar bilan tarqalgan mish-mishlarning qanchalik haqiqatga yaqinligi va bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini san’at sohasidan tanlamasligi haqida gapirdi.

    Foto: Instagram /@shoxruxkhamdamov

    — Munisa Rizayevaning klipida o‘ynaganim uchun meni u bilan sevishadi deb o‘ylashgan. Hozirgi kungacha 40 dan ortiq klipda o‘ynagan bo‘lsam, hammasida shu mavzu bor. Yaqinda Rayhon Asadova bilan “Million” jamoasining konsertida yonma-yon o‘tirib qoldik, yana shu gap chiqdi.

    San’atdan emas, boshqa yo‘nalishdagi qiz bilan munosabatda bo‘lganman. Biroq san’at sohasidan uylangim yoki biror-bir jiddiy mavzuda qaragim kelmaydi. Bir-birimizni tushunmaymiz deb bilaman. Onam bunga qarshi emas, aksincha, bir klipda shu qiz bilan rol o‘ynabsan, shuni surishtir, deb qo‘yadi. Lekin bo‘lmasligini bilmaydi, — deydi Shohrux Hamdamov.

    Aktyor nega “zapret”ga tushgandi?

    Shohrux Hamdamov “zapret”ga tushganini bilmasligi va ikkita loyihada shu sabab suratga tusholmagani haqida kuyunib gapirdi.

    Foto: Instagram /@shoxruxkhamdamov

    — Nima sababdan “zapret”ga tushganimni bilmayman, sabab topolmayapman. “O‘zbekkino”dagi hech bir inson bilan shaxsiy adovatim bo‘lmagan. Hozir ham birorta rejissorning kinosi yaxshi chiqmagan bo‘lsa, yaxshi chiqmaganini aytaman, yaxshi chiqqan bo‘lsa, yaxshi deyman. Chunki biz shu sferadagi insonlarmiz. “Zapret”ga tushganim bo‘yicha aniq sabab topolmayapman, keyin atrofdagilar ham aniq fikrni aytmayapti. Menga “zapret”ga tushganimni aytib, kinoga yaqinlashtirishmayapti. Ikkita loyihaning suratga olish jarayonlari boshlanishi kerak edi. Keyin shunaqa gap-so‘zni eshitdim.

    Men “zapret”dan qo‘rqmayman, har qanday ishni qila olaman. Kliplardan takliflar ham ko‘p, nechta rejissorlar taklif qildi. Bu narsa meni tinchlantirmaydi, alam qiladigani — bu sohaga sakkiz yil umrimni tikkanman. Sakkiz yilning har ikki oyida suratga olish jarayonlari bo‘lgan, viloyatlarga borar edik. Bir yilda uchtadan kinoga tushgan bo‘lsam, yarim yildan ortiq umrimni saflaganman. Shundan keyin bunaqa gap-so‘zlar bo‘lsa, alam qilar ekan. Men kimga yomonlik qildim yoki borib biror joyni yoqib yuborganim yo‘q.

    To‘g‘ri, rejissorlar bilan aytishib qolgan paytlarim, suratga olish jarayonlaridan ketgan vaqtlarim bo‘lishi mumkin, lekin hammasining sababi bor. Balki, u yerdagi ijodkorlarga qaysidir intervyudagi gapim yoqmagandir, bu degani bo‘ldi, yopildi degani emas.

    “Zapret”ga tushishimga sababchi bo‘lgan insonlarga zo‘r bo‘ldi, dam olishga sharoit yaratib berdingiz, rahmat. Nimaga unaqa gap-so‘zlar qilib yurganingizni bilmadim, hammasi vijdoningizga havola, degan bo‘lardim.

    “‘Baxt ovchisi’dagi qahramonimdek bo‘lishni istamayman”

    Aktyor hayotda o‘zi yaratgan qaysi obrazga o‘xshashni istamasligi haqida gapirdi.

    Foto: Instagram /@shoxruxkhamdamov

    — Hayotda “Baxt ovchisi” serialidagi obrazimga o‘xshashni istamayman. Ssenariyni o‘qiganimda, obrazimning onasiga qarshi boradigan joylari, shundan keyin onasi oq qildim degan voqealar bor. O‘sha payt juda g‘alati bo‘lib ketganman. Gulchehra Ibrohimbekova ham yaxshi rol o‘ynagan, xuddi onam gapirgandek bo‘lgan, bu juda yomon narsa, — deydi aktyor.

    02.08.2023, 10:57   Izoh (0)   19940
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toygar Ishikli: Turk seriallaridagi mashhur saundtreklar muallifi haqida (foto, video)

    01.08.2023, 20:45

    Shahzoda Garri va Megan Marklning moliyaviy ahvoli qanday? Nega hamma ular bankrotlik yoqasida ekani haqida gapirmoqda?

    01.08.2023, 18:51

    Vafoti sababli ssenariyda “o‘ldirilishiga” to‘g‘ri kelgan aktyorlar (foto)

    01.08.2023, 17:59

    “Mashhur telekanallardan biriga borsam, konditsioner ishlamayapti”. Otabek Mahkamov Toshkentda “svet” tez-tez o‘chirilayotgani haqida (video)

    01.08.2023, 16:35

    Kardashyan-Jenner oilasidagi eng badavlat inson kimligi ma’lum qilindi

    01.08.2023, 14:30

    Tushlik uchun 200 ming dollar: Jastin Biber, Kayli Jenner va boshqa mashhurlar ovqatlanishga qancha pul sarflaydi? 

    01.08.2023, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.