Prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova 19-iyun kuni Nukus shahrida qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvda deputatlar ish vaqtining yarmini o‘z saylovchilari yonida o‘tkazishi kerakligini aytdi.
Uchrashuvni Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili ochib berdi va dastlab, yig‘ilganlarga nomzodning tarjimayi holi va mehnat faoliyati xususida batafsil maʼlumotlar berdi. Robaxon Mahmudova parlamentarizm va parlament demokratiyasini yanada rivojlantirish yo‘lida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni muhim deb hisoblashini ma‘lum qildi:
- qonunlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan mexanizmlar bilan qabul qilish, bu borada parlament qo‘mitalari ishini kuchaytirish;
- parlament faoliyatida tadbirkorlik subyektlari ishiga aralashmaslik, ularga oid masalalarni ijro organlaridan talab qilish;
- deputatlar ish vaqtining yarmini albatta o‘z saylovchilari yonida o‘tkazishini belgilovchi tartibni joriy etish kerak, ular aholi bilan birga ishlasin;
- parlament qo‘mitalarining raisi va rais o‘rinbosari bitta partiyadan bo‘lishini taqiqlash.
Qayd etilishicha, dasturda ilgari surilayotgan g‘oya va maqsadlar “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining dasturiy maqsadlariga har jihatdan hamohang bo‘lib, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, adolat tamoyillarini barqaror taʼminlashni nazarda tutadi.
Izoh (0)