O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun kuniga to‘g‘ri kelishi haqida e’lon qilingandi. Prezident qarori bilan bayram munosabati bilan dam olish kuni belgilandi.
Unga ko‘ra, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 2023-yilning 29—30-iyun kunlari, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1-iyul kuni qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
Prezident qarorida 28-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlash Qurbon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish belgilandi.
Izoh (0)