• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “777” xabarlari: Geroin tashuvchi kelin, oshqozonda ochilgan og‘u, xodimlar tavbasi

    XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi ortgan va bu o‘z navbatida, huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari oldiga murakkab vazifalarni qo‘ygan edi. Xorazmda 2000—2005-yillarda viloyat prokurori bo‘lib ishlagan Dilshod Isroilov “Daryo” muxbiriga bergan qisqacha intervyusida o‘sha davrdagi vaziyat va og‘u aylanmasiga qarshi kurash haqida aytib berdi.

    Dilshod Isroilov
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Kelin ham ushlandi

    Viloyat prokurori bo‘lsam-da, sud ishlarida ishtirok etardim. O‘shanda bir oiladan to‘rt nafar shaxs birin-ketin giyohvand moddalar tashishda ayblanib, jazoga tortildi. Mahkamalarning birida o‘sha oilaning to‘rtinchi aʼzosi – kelinni ishi ko‘rib chiqildi. Men u ishda prokuror bo‘lib qatnashdim.

    Ishni ko‘rib chiqishda mahalla raisi va inspektorni chaqirtirdim. Ulardan bir oilaning to‘rt aʼzosi qamalib ketayotgani, lekin ular bunga befarq qarab turishganini aytdim. Qarangki, mahalla sudlanayotgan ayolga bergan tavsifnomasida u mahalla ishlarida doimo faol ekanligi zikr etilgan. Men mahalla raisidan “Xo‘p, u mahalla ishlarida aynan nima ish qilgan” desam, “Pul berib turardi”, deb javob berdi. Mahalladagilar u pulni qayerdan olayotganini nahotki bilmasa?

    777 xabarlari

    Giyohvandlikka qarshi kurashishda televideniye imkoniyatidan foydalanishga qaror qildim. 2000-yili viloyat prokuraturasida telestudiya tashkil etildi. Yarim stavkadan ikkita jurnalistni ishga ham oldik. Mendan avvalgi prokurorni oilasiga xizmat qiladigan Damas’ni ularga berdim.

    Biz faqat geroin ushlangani haqida oddiy xabar emas, o‘sha geroinni qayerdan ushlangani-yu qancha oilaning yostig‘ini quritganigacha batafsil maʼlumot berishni boshladik.

    Biz xabarlarga viloyat televideniyesida 15-20 minutlik ko‘rsatuvlarimizga “777” deb nom berganmiz. Bunga sabab qabulxonamni ichki raqami “777” edi. Bu raqam 24 soat ishlardi va fuqarolardan anonim sifatida qonun buzilishi haqida maʼlumotlar kelib tushardi. O‘sha kelib tushgan maʼlumotlar o‘rganilganda yarmidan ko‘pi o‘z tasdig‘ini topgan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Xodimlar tavbasi

    O‘tkazilgan maxsus tadbirlarning birida geroin sotuvchisi qo‘lga olindi. Tadbir davom ettirilganda ular bilan birga inspektor, Urganch tumani ichki ishlar bo‘limi o‘rinbosari ham qo‘lga olindi.

    Holatni alohida video qilib, boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun ushlangan xodimlarni tavbasini butun viloyat ichki ishlar boshqarmasi va tumanlar bo‘ylab ko‘rsatib chiqdik. Televideniye orqali ham berdik.

    Oshqozondagi geroin

    Yana bir holatda ayol kishi 50 gramm geroin moddasini vazelin orqali yutib olib o‘tmoqchi bo‘ladi. U Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida o‘tayotganida oshqozonida yorilib ketadi. Atrofdagilar unga nima bo‘lganini bilingani bois hech qanday yordam ko‘rsatisholmaydi. Shifoxonaga olib kelinganida o‘lib bo‘lgan edi. Uning ichi yorib ko‘rilganida oshqozonida giyohvandlik moddasi chiqadi.

    Nima uchun bu voqeani eslayapman, o‘sha vaqtlarda ayollarga qonunchilikda ancha yengillik bor edi. Yaʼni giyohvand modda bilan qamalib ketsa ham bir yildan keyin amnistiyaga tushib, chiqib ketavergan. Shuning uchun, ming afsuski, o‘sha vaqtlarda ayollar bu ishga juda ko‘p yollangan. Qonunchilikdagi bu bo‘shliq hozirga kelib to‘ldirilgan va jazo muqarrarligi taʼminlanib kelinmoqda.

    Maʼlumot uchun, Dilshod Isroilov ayni vaqtda Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi direktorining o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat olib bormoqda.

    19.06.2023, 20:31   Izoh (0)   11513
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi “dom”da 13 kishi liftdan qulab tushishiga ularning nosoz holatda topshirilgani sabab bo‘lgan — Bosh prokuratura

    19.06.2023, 20:18

    Prezident qarori bilan Turkiy davlatlar bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi joriy etiladi 

    19.06.2023, 20:06

    O‘zbekiston Rossiya gazini sotib oladi. Endi gaz tanqis bo‘lmaydimi?

    19.06.2023, 19:49

    O‘zbekistonning qator hududlarida kuzatilgan chang bo‘roni haqida ma‘lumot berildi

    19.06.2023, 19:39

     “Daryo” reportaji: Tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurash choralari aholi  tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda

    19.06.2023, 19:30

    Qamchiqda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

    19.06.2023, 19:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.