FVV Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyati hududlarida sodir bo‘lgan gidrometeorologik tabiat hodisasi yuzasidan ma‘lumot taqdim etdi.
Unga ko‘ra, 19-iyun kuni Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida kuchli shamol esishi natijasida changli bo‘ronlar sodir bo‘ldi. O‘zbekistonda, shuningdek, Markaziy Osiyo va qo‘shni mamlakatlarda changli bo‘ron hodisalari azaldan tez-tez uchrab turadi. Odatda, havoga ko‘tarilgan qum va chang massalari shamol kuchsizlashgandan so‘ng tarqaladi va yerga o‘tiradi.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan jabrlanganlar to‘g‘risida FVVga murojaatlar kelib tushmagan.
Izoh (0)