• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘tgan 4 oyda 157,5 mln dollarni tashkil qilgan o‘zaro savdo aylanmasi, Italiya kapitali asosida faoliyat yuritayotgan 54 ta korxona, ikki tomonlama imzolangan 22 ta hujjat. Italiya – O‘zbekiston munosabatlari qanday holatda?

    Italiya – Yevropaning eng yirik mamlakatlari qatoriga kiradi. Ushbu davlat sanoati, texnologiyalari anchagina taraqqiy topgan. Umumiy maydoni 302 ming km. kv. bo‘lgan Italiyaning aholisi 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 58,9 mln nafarni tashkil qiladi. Poytaxt Rimda 2,8 mln aholi istiqomat qiladi. 

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-9-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Oliy darajadagi uchrashuvlar Rim shahrida bo‘lib o‘tsa, tashrifning ishbilarmonlik dasturi Milan shahrida bo‘lib o‘tadi.

    “Daryo” ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar xususida so‘z yuritadi.

    Ikki tomonlama diplomatik aloqalar 

    Italiya 1992-yil 10-yanvarda O‘zbekiston mustaqilligini tan oldi va 1992-yil 24-martda diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Ayni o‘sha yildan buyon Italiyaning Toshkent shahridagi elchixonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 1998-yildan buyon Rimda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Infografika: “Daryo”

    Bugungi kunga qadar 4 ta oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilgan. Jumladan, Italiyaga 2 ta (Birinchi prezident 1996-yil iyun va 2000-yil noyabr), O‘zbekistonga 2 ta (1997-yil may oyida Prezident O. Skalfaro va 1997-yil sentyabrda Bosh vazir R. Prodi).

    2011-yildan boshlab Italiya parlamenti Deputatlar palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish maqsadida Oliy Majlisda Qonunchilik palatasi va Senatning deputatlik guruhlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2012 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Italiya parlamenti Deputatlar palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi. 2023 yil aprel oyida Italiya parlamentida “Italiya-Markaziy Osiyo” do‘stlik guruhi tashkil etildi.

    Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik 

    1999-yildan buyon Savdo-iqtisodiy, sanoat hamkorlik va eksport kreditlari bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2022-yilda Italiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 381,1 million dollarni tashkil etdi. Shundan, eksport – 51,3 mln dollar (+27,8%), import – 329,8 mln dollar (-15,5%).

    Infografika: “Daryo”

    2023-yilning yanvar-aprel oylarida Italiya bilan savdo aylanmasi 157,5 mln dollarni tashkil qildi. Ulardan 25,8 mln dollari eksport (+25,2%) bo‘lsa, 131,7 mln dollar (-5,3%) importni tashkil qiladi.

    2019-yilning 21-24-noyabr kunlari Lombardiya viloyati gubernatori A.Fontananing O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi. 2020-yil 11-dekabr kuni eng yirik “European House Ambrosetti” tadqiqot kompaniyasi bilan 1100 dan ortiq kompaniya ishtirokida videokonferensaloqa formatida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. 2021-yil 11-mart kuni Italiya Sanoat Konfederasiyasi Prezidenti L.Pikassoning tashrifi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Confindustria Uzbekistan” filiali ochildi.

    Ma’lumot uchun: "Confindustria" Italiyadagi 150 ming ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish kompaniyalarini birlashtiradi, iqtisodiy, ijtimoiy sohaga hissa qo‘shadigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Infografika: “Daryo”

    Bugungi kunda O‘zbekistonda Italiya kapitali ishtirokidagi 54 ta korxona, jumladan, 35 ta qo‘shma korxona va 19 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy faoliyat yo‘nalishlari alkogolsiz ichimliklar, vinolar, butilkalar uchun armatura, parfyumeriya, muzqaymoq, trikotaj, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish, paxta chiqindilarini qayta ishlash, savdo-sotiq va vositachilik xizmatlaridan iborat.

    2021-yil yanvar oyida Toshkentda “Gold Moon Tashkent” kompaniyasining yangi zargarlik fabrikasi ish boshladi (loyiha qiymati qariyb 21 million dollar, quvvati 6 tonna mahsulot). 

    Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik 

    1998-yil 15-sentyabrdan Toshkent shahrida “O‘zbekiston-Italiya” do‘stlik jamiyati faoliyat ko‘rsatmoqda. Italiya vakillari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida muntazam ishtirok etib kelmoqda. 2018-yilda Rimda bo‘lib o‘tgan “Asiatika” XIX xalqaro Osiyo filmlari kinofestivalida “Tohir va Zuhra” filmi jahon kinosi rivojiga, umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun maxsus diplom bilan taqdirlangan edi.

    2019-yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari Pesaro shahrida o‘tkazilgan “Chitta di Barletta” nufuzli xalqaro tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2021-yilda o‘zbekistonlik 11 yoshli xonanda Sofiya Gill nufuzli Sanremo Junior xalqaro bolalar musiqa festivalida 1-o‘rinni egalladi. 2021-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Italiya Milliy tadqiqot kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.

    2023-yil 20-may kuni Pesaro shahrida Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov “O‘zbekiston madaniyati haftaligi”da ishtirok etdi. Toshkentda Turin politexnika universiteti (2009) va Piza universiteti (2022) filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Neapol universiteti va Rim La Sapiyenza universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston madaniy merosi Italiya to‘plamlarida” kitobi chop etildi.

    2022-yil may oyida O‘zbekistondagi Prezidentlik, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarning bir guruh o‘rta maktab o‘quvchilari birinchi marta Italiyada bo‘lajak diplomatlar uchun “Diplomatiya ta’limi” o‘quv dasturida ishtirok etdi. 2022-yilda O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi Turin shahrida Xalqaro professional velosipedchilar klubining ofisini tashkil etdi. 2022-yil 23-mart kuni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

    O‘zbekistonning Italiyadagi diasporasi

    Hozirda 1,5 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi Italiyada istiqomat qilmoqda. Oxirgi 2 yilda Italiyaga o‘qish uchun kelgan O‘zbekiston fuqarolari soni sezilarli darajada oshdi. 

    Infografika: “Daryo”

    Bugungi kunga qadar ikki davlat o‘rtasida 22 ta hujjat imzolangan.

    Infografika: “Daryo”

    Xususan, 1 ta davlatlararo shartnoma, 10 ta hukumatlararo bitim, 3 ta idoralararo kelishuv va 8 ta boshqa sohalar yuzasidan kelishuvlar.

    08.06.2023, 02:20   Izoh (0)   1921
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi

    07.06.2023, 23:15

    Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Italiyaga keldi

    07.06.2023, 23:03

    Buxoroda qurilishi tugallanmagan omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

    07.06.2023, 23:00

    Toshkentda uylanishini aytib, 4 nafar qizni 165 mln so‘mga chuv tushirgan yigitga hukm o‘qildi

    07.06.2023, 22:05

    Jizzaxda Toshkentga sotish maqsadida olib ketilayotgan salkam 1 tonna sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

    07.06.2023, 21:14

    Qashqadaryoda o‘g‘il bola jiyanini zo‘rlagan erkakka hukm o‘qildi

    07.06.2023, 19:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07

    Mahkumni ozodlikka chiqarib berish uchun 30 ming dollar talab qilgan advokat qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.