O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Rim shahriga keldi.
Italiya poytaxtining “Fyumichino” aeroportida O‘zbekiston yetakchisining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Oliy martabali mehmonni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrifning asosiy voqealari ertaga, 8-iyun kuni boshlanadi.
Izoh (0)