Toshkent shahri Bektemir tumanida uylanishini aytib, 4 nafar qizni 165 mln so‘mga chuv tushirgan yigitga hukm o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 4 nafar qizni 165 million so‘mdan ortiqroq mablag‘ga chuv tushirgan yigit aybiga iqror bo‘lmadi. Lekin jabrlangan qizlarning barchasi yigit ularga uylanishni va‘da qilganini aytgan. U ijtimoiy tarmoqqa joylagan e‘lonida uylanishini, kelinning yoshi ahamiyatsiz ekanini va mahr uchun uy hamda mashina ham berishini aytgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b” bandi, 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilgan shaxs 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Izoh (0)