• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “20 yoshli qizdan bunaqa razillik chiqishiga ishonmayapmiz”. Toshkentdagi bog‘chada uxlamayotgan bolalar oyog‘iga igna sanchilgani aytilmoqda

    Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi 122-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida uxlamayotgan bolalar oyog‘iga igna sanchilgani xabar berildi. Mazkur voqeaga munosabat bildirgan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bu ishga qo‘l urgan amaliyotchi talaba qiz ayni paytda amaliyotdan chetlatilganini ochiqladi. “Daryo” jurnalisti mazkur voqeani o‘rganish maqsadida shu bog‘chada bo‘ldi.

    “Bu guruh tarbiyachisi davolanishga ketgani bois uning o‘rnida 22-maydan boshlab ishlab turgandim. Voqea sodir bo‘lgani aytilayotgan kuni men yordamchi tarbiyachim kelmagani sabab idish-tovoqlarni yuvish bilan ovora bo‘lib qolganman. Bolalar oyog‘iga igna sanchilgani aytilayotgan voqea o‘sha paytda sodir bo‘lgan deyishmoqda. Amaliyotchi talaba men bilan bu guruhda ikki kun ishladi. O‘sha kuni ham uning idish-tovoq yuvishidan ko‘nglim to‘lmagani uchun uni uxlayotgan bolalarga qarovchi sifatida qoldirib, oshxonaga chala yuvilgan idishlarni yuvishga borgandim. Bundan judayam afsusdaman. 5-10 daqiqaga bo‘lsa ham bolalarni yolg‘iz qoldirmasligim kerak ekan”, — deydi bolalarning oyog‘iga igna sanchilgani aytilgan guruhning vaqtincha ishlab turgan tarbiyachisi Sojida Ergasheva.

    Tarbiyachining aytishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni bolalar yoniga qaytgach, hech qaysi bola oyog‘iga igna sanchilganidan yoki tarbiyachi opasi ularga urishganidan shikoyat qilmagan.

    “Tozalik ishlarini tugatib bo‘lgach, bolalar yoniga qaytdim. Lekin hech qaysi bolaning yig‘lagani, opasidan shikoyat qilganini eshitmadim. Juma kuni eshitsam, ota-onalar guruhida bolalarning oyog‘iga igna sanchilgan aytilgan. Menga ham shu haqida aytishib, nega qaramadingiz deyishdi. Men bu haqda ulardan eshitayotganimni, o‘sha kuni bunaqa voqea yuz bermaganini aytdim”, — deydi guruh tarbiyachisi.

    Sojida Ergasheva voqea haqida eshitgach, amaliyotchi talabadan bu haqda so‘rash imkoni bo‘lmaganini bildirmoqda.

    Voqea sodir bo‘lgani aytilayotgan 122-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Hadicha Mavlonova voqea sodir bo‘lgach, hudud profilaktika inspektori va MFY masʼullari holatni muhokama qilishganini, amaliyotchi talaba ham so‘roq qilinganini aytmoqda.

    “O‘sha kuni Ichki ishlar bo‘limida bu haqda surishtiruv ishlari olib borildi. Surishtiruv ishlariga men, tarbiyachi, amaliyotchi talaba va ota-onalar ishtirok etishdi. Holat bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Hozircha tarbiyalanuvchilar oyog‘iga igna sanchilgani yoki sanchilmagani nomaʼlum. Ekspertiza xulosalarini kutyapmiz”, — deydi bog‘cha direktori.

    Masʼulning qo‘shimcha qilishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni haqiqatan ham amaliyotchi talaba shu guruhda bo‘lgan. Guruh tarbiyachisining yordamchisi o‘sha kuni sog‘lig‘idagi muammo sabab ishga kelolmagan.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari 20 yoshli amaliyotchi talaba qizdan bunday razillik chiqishiga ishonmasligini, holat o‘rganilmaguncha xulosa qilishga shoshilishmayotganini aytmoqda.

    Farzandi jabrlanganini aytayotgan onalardan biri Dono Muzaffarovaning aytishicha, u bolasi oyog‘iga igna sanchilganini shanba kuni kechki payt bilgan.

    “Shanba kuni kechki payt bolamni cho‘miltirish uchun yechintirganimda badanida igna izi borligini ko‘rdim va buni rasmga olib, ota-onalar guruhiga tashladim. Boisi bir necha kun bu haqda ota-onalar shikoyat qilgandi. Shu sabab bu haqda men ham xabar berib, ota-onalardan bolalarida bunaqa iz bor-yo‘qligini so‘radim. Biz ekspertizaga borganimizda igna izi deyishdi. Lekin hali rasmiy javobni olmadik”, — deydi u.

    Holatni o‘rganayotgan paytimizda bir guruh onalar bog‘cha rahbariyati yoniga kelib, voqea o‘sha kuni kuzatuv kameralariga tushganini aytib, kamera yozuvlarini berishini talab qildi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariyati esa ularni tinchlantirishga urinib, holat tasdiqlansa, aybdorlarga albatta chora ko‘rilishini bildirdi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    29.05.2023, 20:18   Izoh (0)   12584
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent va Nyachang shaharlari o‘rtasida doimiy aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    29.05.2023, 19:57

    Yangiyo‘lda 6-sinf o‘quvchilari xotira byustini urib, noo‘rin harakatlar qildi

    29.05.2023, 18:58

    Erdo‘g‘onning hokimiyatda qolishi Markaziy Osiyo davlatlariga qanday taʼsir qiladi? Ekspertlar fikri

    29.05.2023, 18:45

    Samarqandda uy ichida qulflanib qolgan 2 yoshli qiz qutqarildi

    29.05.2023, 18:30

    Misr kompaniyasi O‘zbekistonda 1,2 mlrd dollarlik loyihani amalga oshirishi kutilmoqda

    29.05.2023, 18:28

    O‘zbekistonda xotin-qizlarning 85 foizi o‘zini baxtli deb hisoblaydi

    29.05.2023, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.