Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida 27-may kuni 2 yoshli qiz qulflanib qoldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, “So‘g‘diyona” dahasidagi xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro viloyat FVBning 1050 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ehtiyotsizlik oqibatida farzandi uyda qamalib qolganini ma’lum qilgan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan qizaloqni onasiga sog‘-salomat topshirgan.
Izoh (0)