So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12195.1
    • RUB 126.67
    • EUR 12921.93
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Erdo‘g‘onning hokimiyatda qolishi Markaziy Osiyo davlatlariga qanday taʼsir qiladi? Ekspertlar fikri

    29 may, 18:45 9689

    Kecha, 28-may kuni Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on g‘olib bo‘ldi. Mamlakatni 2014-yildan beri boshqarib kelayotgan Erdo‘g‘onning prezidentlikka qayta saylanishi Markaziy Osiyo davlatlari uchun qanday ahamiyatga ega? O‘zbek jamoatchiligi faollari bu haqda o‘z mulohazalarini bildirdi.

    Rajab Toyyib Erdo‘g‘on
    Foto: TheNation

    Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning fikricha, Erdo‘g‘onni hokimiyatda qolishi Markaziy Osiyo davlatlari uchun yaxshi yangilik.

    “Markaziy Osiyo davlatlari uchun, Erdo‘g‘onning qolishi – yaxshi yangilik. Chunki mintaqamiz uchun saylovlar – hokimiyatni o‘zgartiruvchi emas, legitimlashtiruvchi vosita xolos. Yaʼni, saylovlar – hokimiyatni o‘zgartirishi emas, o‘tirgan hokimiyatlarni “qonuniylashtirib” berishi kerak xolos. Turkiyada demokratik yo‘l bilanmi, boshqasi bilanmi – Erdo‘g‘on akamizni qolishi – mintaqa poytaxtlari uchun faqat “yaxshilikka”, — deya fikr bildirgan siyosatshunos.

    Kamoliddin Rabbimov
    Foto: “Daryo”

    Kamoliddin Rabbimovning yozishicha, Erdo‘g‘onning hokimiyatda qolishi dunyo geosiyosatida “ko‘p qutblilik” shakllanishini tezlashtiradi.

    “Erdo‘g‘onni qolishidan Putin va Si ancha xursand bo‘lishi kerak. Qatar va Eron ham, qisman Saudiya ham. Lekin “o‘yin qoidasiga” ko‘ra, Erdo‘g‘onni g‘alaba bilan Vashington ham, Yevropa poytaxtlari ham tabrikladi. Zelenskiy uchun Erdo‘g‘onning qolishi – katta muammo emas. Erdo‘g‘on va Qilichdaro‘g‘li Zelenskiy uchun “yaxshi va undan ham yaxshirog‘i” edi. Erdo‘g‘on sinovdan o‘tgan “ziddiyatlar ustasi”, u Putinga do‘st ham emas, dushman ham emas. Qilichdaro‘g‘li hokimiyatga kelganida ham, amalda qanchalik Putin bilan tirasha oladi va Ukrainaga qulay bo‘ladi – buni aytish qiyin. Shuning uchun, Kiyevga Erdo‘g‘on ham “yaxshi variant” nazarimda”, — deya qo‘shimcha qilgan mutaxassis.

    Siyosatshunos Hamid Sodiq ham Erdo‘g‘onning hokimiyatda qolishi Markaziy Osiyo davlatlari uchun ijobiy turtki berishini aytgan.

    Hamid Sodiq
    Foto: “Daryo”

    “Turkiya biz uchun siyosiy model bo‘lishi mumkin bo‘lgan davlatlardan biri hisoblanadi. Bu saylovda Erdo‘g‘onning g‘olib bo‘lishi Markaziy Osiyo davlatlaridagi munosabatlarga yangi bir ijobiy impuls beradi. Markaziy Osiyo davlatlari — Turkiyaning tabiiy ittifoqdoshlaridir. Shu narsani unutmaslik kerakki, Erdo‘g‘onni qanchalik avtoritar rahbar deyishmasin, u boshqa nomzodlarga ham o‘zlarining kuchlarini ko‘rsatish imkoniyatini beryapti. Bu juda ham muhim. Turkiyaning yutug‘i prezidentlikka nomzodlarda sog‘lom kurash borligida. Hozir Erdo‘g‘onning Arab va Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan munosabati ancha yaxshi ko‘rinishga ega. Karimov davrida bunday bo‘lmagan”, — deydi siyosatshunos.

    Iqtisodchi Otabek Bakirov esa Erdo‘g‘on hokimiyatda qolsa, Turkiya iqtisodiyotini nimalar kutayotganini tahlil qildi.

    “Tabiiyki, 20 yildan buyon hokimiyatda qolayotgan va yana kamida besh yillik muddat davomida mutlaq hokimiyat egasiga aylanadigan Erdo‘g‘ondan 2000-yillar boshidagi kabi katta o‘zgarishlar va islohotlar kutish noo‘rin bo‘ladi. O‘zgacha yo‘l va imperiya kayfiyatlari bilan o‘ynashadigan siyosat yanada bronzalashadi, siyosat bilan birga iqtisodiyot ham.

    Otabek Bakirov
    Foto: “Daryo”

    Antiqa foiz siyosati, yaqin do‘stlarga preferensiyalar tarqatish, megaloyihalar qurish kabi erdoganomikaning yuziga aylangan vositalar davom etadi. Liraning 30-50 foizga qiymatini yo‘qotishi kunlar yoki oylar masalasi xolos. Muammo bu banklararo bozorda tan olingan holda amalga oshirilishi yoki qora bozorda aks etishi va bir necha xil kurslarning paydo bo‘lishida xolos.

    Liraning qulashi oxirgi yillarda qisqarib borayotgan Turkiyaga o‘zbek eksporti uchun yangi chaqiriqlar yaratadi. Bir necha yuz ming mehnat migrantlarimizning real daromadlari, demakki, pul o‘tkazmalari ham kamayadi. Lekin import arzonlashadi, bu O‘zbekistonning “ajdarho” bojlarining yukini biroz yumshatadi. Shu bilan birga, arzon lira Turkiyada uy joy olish va boshqa mulklar imkoniyatlarini yengillashtiradi va nisbiy afzalliklarni yuzaga chiqaradi”, — deya fikr bildirgan iqtisodchi.

    Rajab Toyyib Erdo‘g‘on
    Foto: BolgeGundem

    Otabek Bakirov Erdo‘g‘on g‘alabasining pragmatik siyosat pozitsiyasidan qaralsa, yutuqli jihatlari ham kam emasligini qo‘shimcha qilgan.

    “Rais umumqabul qilingan qoidalarni tan olmaslikda Putindan aslo qolishmaydi, kerak bo‘lsa, dars ham beradi. Erdo‘g‘onning hokimiyatda bo‘lishi shimoldan suverenitetimizga daxl qilinishi ehtimollarini kamaytiradi. Turkiy davlatlarning integratsiyasi to‘xtab qolmaydi. Agar jahon savdo tashkilotiga kirish jarayonlari cho‘zilib ketsa, Turkiya bilan erkin savdo hududi tashkil etish imkoniyatlarimiz aynan Erdo‘g‘on vositasida tezroq amalga oshishi mumkin. Tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiyalashda ham Erdo‘g‘onning migrantlarga nisbatan ochiq yuzli siyosati bizning foydamizga ishlaydi”, — deya qayd etgan u.

    Eslatib o‘tamiz, 6-may kuni Erdo‘g‘on saylovda g‘alaba qozonsa, Rossiya, AQSH va boshqa davlatlarga nisbatan ilgari olib borgan siyosatni davom ettirishini aytgandi. Uning fikricha, barcha davlatlar bilan hamkorlik Turkiya uchun foydali.

    Maʼlumot o‘rnida, Turkiyada 14-may kuni bo‘lib o‘tgan saylovda prezidentlikka nomzodlarning hech biri 50 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmadi. Shu munosabat bilan mamlakatda rasman ovoz berishning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Saylovda Erdo‘g‘on 52,14 foiz ovoz to‘pladi va g‘olib bo‘ldi.

    Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2014-yildan buyon Turkiya prezidenti vazifasini bajarib keladi. Bundan avval 11 yil davomida bosh vazir bo‘lgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xanchjou—2022. Lazizbek Mullajonov hindistonlik raqibini mag‘lub etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 13:28

    Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ferromolibden ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Meg Rayan: Plastik jarrolik tufayli karyerasi barbod bo‘lgan aktrisa hozir qanday ko‘rinishga ega?

    Bugun, 13:25

    Buffon, Kasilyas, Noyer va Valdes. XXI asrning eng yaxshi darvozabonlari

    Bugun, 13:20

    O‘zbekistonda muddatidan ilgari parlament saylovi bo‘ladimi?

    Bugun, 13:20

    Bayden GM ishchilarining norozilik piketida qatnashdi (video)

    Bugun, 13:18

    NRG Yangi Baxt turar joy majmuasidagi xonadonlar sotuvi boshlanganini e’lon qiladi

    Bugun, 12:00
    Reklama

    Qamchiq dovonidagi yo‘lning bir qismi beton to‘siqlar yordamida vaqtincha ikkiga ajratildi

    Bugun, 12:38

    Fergyuson yetakchi, Gvardiola —5, Mourinyo 12-o‘rinda. Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar

    Bugun, 12:25

    O‘zbekistonda maktablarga cholg‘u asboblari va sport jihozlari uchun 121,9 mlrd so‘m ajratilgani ma’lum bo‘ldi

    Bugun, 11:38

    O‘zbekistonda hafta o‘rtasida qanday ob-havo kutilayotgani e’lon qilindi

    Bugun, 11:37

    Rayhonning “Humo Arena”dagi konserti qoldirildi. Tashkilotchilar chiptalar sust sotilgani tufayli uni bekor qilishga majbur bo‘lganini aytmoqda

    Bugun, 11:33

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    22:00 / 26.09.2023

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

     O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    23:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023

    Rossiya Yevropada yangi ittifoqdoshiga ega bo‘lishi mumkin — Bloomberg

    18:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?