Toshkent shahar Olmazor tumanidagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Olmazor tumanidagi 242-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf bitiruvchisi R.A. 22-may kuni Tansiqboyev-3 dahasida tungi soat taxminan 00:00 da yaqin tanishi, 21 yoshli S.P. ismli yigit bilan gap talashib qolgan. Shundan so‘ng katta janjal boshlanib, ikkalasi bir-biriga pichoq o‘qtalgan va R.A jahl ustida S.P.ning orqa kuragiga pichoq tiqib olgan. Natijada S.P. vafot etgan.
Ta’kidlanishicha, R.A. Zangiota tumani sudining 2022-yil 1-iyundagi qaroriga asosan 24-tarbiya koloniyasidan Olmazor tumanidagi 242-maktabga 2022-yil 8-sentabrdagi 52-sonli buyruq asosida 11-“Z” sinfiga o‘qishga qabul qilingan. Tarbiya koloniyasidan kelgani sababli o‘quvchi maktabning ichki ro‘yxatida turadi. IIB xodimlari hamda maktab ma’muriyati u bilan muntazam profilaktik suhbatlar olib borgan.
R.A. darslarda muntazam qatnashgan. 2022/2023-o‘quv yili davomida u bilan maktabdoshlari o‘rtasida biror marta muammoli vaziyat yuzaga kelmagan. Xulqida ijobiy o‘zgarish bo‘lgan. R.A. 2023-yil 16-mayda xususiy universitetga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, muddatidan avval shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. 2022/2023-o‘quv yili davomida u bilan muammoli vaziyat bo‘lmagan. Maktabga muntazam kelgan. Xulqida o‘zgarish bo‘lmagan.
Hozirda Olmazor tumani IIO FMB tomonidan R.A. qamoqqa olingan va tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)