Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining C va D guruhlarida 1-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
C guruhida Yaponiya yoshlari Senegal ustidan minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Kolumbiya esa Isroildan ustun keldi.
D guruhidagi grandlar to‘qnashuvida Italiya U-20 terma jamoasi Braziliyani mag‘lub etdi. Birinchi bo‘limda italiyaliklar uchta to‘p kiritgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ikkinchi bo‘limda Braziliya yoshlari bunga ikkita gol bilan javob qaytardi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Nigeriya Dominikan yoshlari ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
22-maydan 23-mayga o‘tar kechasi yana ikkita guruhda 1-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.
E guruhi
- Angliya — Tunis 23:00
- Urugvay — Iroq 02:00
F guruhi
- Fransiya — Janubiy Koreya 23:00
- Gambiya — Gonduras 02:00
U-20 JCH—2023
1-tur bahslari
21/22-may, yakshanba
C guruhi
Senegal — Yaponiya 0:1
Gol: 0:1 – 15 Matsuki.
Isroil — Kolumbiya 1:2
Gollar: 1:0 – 20, penalti Turgeman, 1:1 – 74, penalti Kortes, 1:2 – 90 Puerta.
D guruhi
Italiya — Braziliya 3:2
Gollar: 1:0 – 11 Prati, 2:0 – 28 Kasadi, 3:0 – 35, penalti Kasadi, 3:1 – 72 Leonerdo, 3:2 – 88 Leonardo.
Nigeriya — Dominikan 2:1
Gollar: 0:1 – 23 Askona, 1:1 – 31 De Penya, 2:1 – 70 Laval.
Izoh (0)