Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan bir nechta o‘yin 21-may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
![](/static/Sport/gettyimages-1492064324-2048x2048.jpg)
Turning markaziy uchrashuvi “Napoli” va “Inter” klublari o‘rtasida kechdi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi, taym oxiriga borib milanliklar Roberto Galyardinining chetlatishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi.
67-daqiqada Zambo-Angissa maydon egalarini oldin olib chiqdi. 82-daqiqada Romelu Lukaku hisobni tenglashtirdi. Oradan uch daqiqa o‘tib Jovanni di Lorenso neapolliklarning ikkinchi golini urdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Janluka Gaetano yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.
“Spetsiya” safarda turnir jadvalidagi raqobatchisi “Lechche”ga qarshi maydonga tushdi. O‘yinda darvozalar daxlsiz qoldi. “Spetsiya”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 63-daqiqada zaxiraga olindi.
21-may kungi o‘yinlardan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
A Seriya
36-tur bahslari
21-may, yakshanba
“Napoli” – “Inter” 3:1
Gollar: 1:0 – 67 Zambo-Angissa, 1:1 – 82 Lukaku, 2:1 – 85 Di Lorenso, 3:1 – 90+4 Gaetano.
“Napoli”: Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Je (Jezus, 74), Olivera, Lobotka, Zelinski (Gaetano, 83), Zambo-Angissa, Elmaz (Raspadori, 70), Kvaratsxeliya (Politano, 83), Osimhen (Simeone, 69).
“Inter”: Onana, Bellanova (Dumfris, 74), de Vrey, D`Ambrozio, Bastoni (Acherbi, 58), Gozens (Martines, 80), Galyardini, Barella (Brozovich, 58), Aslani, Korrea (Dimarko, 74), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Galyardini (19), Elmaz (64).
Chetlatish: Galyardini (41).
“Lechche” – “Spetsiya” 0:0
“Lechche”: Falkone, Jandre, Umtiti, Baskirotto, Gallo, Blen, Gonsales (Askildsen, 59), Di Franchesko (Petssella, 90), Uden, Espeto, Kolombo (Sisey, 59).
“Spetsiya”: Drongovski, Nikolau, Ampadu, Visnevski, Retsa, Ekdal, Burabiya (Jurkovski, 63), Espozito, Jasi (Ferrer, 83), Shomurodov (Agudelo, 63), Nzola.
Ogohlantirishlar: Umtiti (49), Visnevski (59), Espozito (86), Nzola (89), Blen (89).
“Torino” – “Fiorentina” 1:1
Gollar: 0:1 – 48 Yovich, 1:1 – 66 Sanabriya.
Izoh (0)