• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Yovvoyi erkak”: bolaligida qizlar kiyimida yurgan, joniga qasd qilgan to‘pponchaga esa o‘z nomini “qoldirgan” Ernest Heminguey va uning hayot zavqi

    Kulrang tusdagi sviter kiyib, bahaybat gavdasini doimo g‘oz tutib yuradigan bu soqolli odam shunchaki yozuvchi emas edi. Sport ustasi, sayohatsevar, ovchi, baliqchi, pivoxo‘r, harbiy jurnalist va yana shu kabi ko‘plab sifatlar bilan atalishi mumkin bo‘lgan Hemingueyning hayoti misli ko‘rilmagan sarguzasht  hamda yuqori hayajonlarga boy bo‘lgan. “Daryo” “100 buyuk inson” loyihasi doirasida amerikalik adibning o‘z joniga qasd qilish bilan yakunlangan noodatiy hayoti haqida hikoya qiladi.

    Foto: Britannica

    Bolalik

    Yozuvchi 1899-yil 21-iyulda Chikagodan uncha uzoq bo‘lmagan Uok-Park shaharchasida dunyoga keladi. Ernestning otasi Klarens Edmont Heminguey shaharchaning ko‘zga ko‘ringan shifokori edi. Onasi Greys Xollning esa ko‘ngillarni sel qiluvchi sohir, jarangdor ovozi bor ediki, u opera kuylagan payt bu ovoz yanada sehrli tus olardi. Biroq ona shon-shuhrat darvozasini berkitib, olti nafar farzandining tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lishga qaror qiladi — taniqli xonanda bo‘lishi kutilayotgan iste’dod sohibasi sahnadan ketadi. Xullas, bu katta xonadondagi ajoyib muhitda adabiyotdan bo‘lak barcha narsa bor edi.

    Onasini yomon ko‘rgan yozuvchi

    Klarens juda jiddiy, odamlar bilan kamdan kam holda muloqot qiladigan, doim nimanidir o‘ylab yuradigan odamlar sirasiga kirardi. Greys esa aksincha, sho‘x-shaddod, bolalar u bilan vaqtlarini chog‘ o‘tkazishardi. Shunday yer-u ko‘kka sig‘mas qiz qosh-qovog‘i ochilmaydigan yigitga turmushga chiqqani uchun ko‘p tanqidga uchraydi. Orqavarotdan sahnani tark etib, iste’dodini ham birato‘la ko‘mib keldi, degan g‘iybatlar tarqaladi. Biroq bu gaplarning hech biri Greysning dilbandlari va eriga bo‘lgan munosabatiga zarracha ta’sir o‘tkaza olmaydi.

    Greys turmushga chiqqach, qiz farzandli bo‘lishni shunchalik qattiq istaganki, Ernestga u to‘rt yoshga to‘lguniga qadar, faqat qizlar kiyimini kiydirib yurgan.

    Ba’zi xabarlarga ko‘ra, adib onasini yoqtirmagani aytilgan. Bu qanchalik ishonchli ekanligi hech kimga ma’lum emas. Biroq allaqaysi intervyuda Ernest shunga yaqinroq gap aytgan. Nima bo‘lganda ham, bir narsa aniq, hali bolakay aqlini tanib, dunyoqarashi o‘sguniga qadar onasini yaxshi ko‘rgan.  

    Ota kamgap bo‘lsa-da, maroqli dam olishni juda yaxshi bilardi. U ishdan bo‘sh vaqt topildi, deguncha qarmoqlarni ko‘tarib baliq oviga yugurar va doim o‘zi bilan endigina uchga kirgan Ernestni olib ketardi. Bu shirin xotiralar keyinchalik buyuk yozuvchi asarlariga ko‘chdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Foto: Los Angeles Times

    Maktabdagi do‘stlari Hem deb chaqiradigan bolakayning hayotida sport alohida o‘rin tutar edi. U futbol va suzishdan ham ko‘proq boksga qiziqardi. Ikki raqibning jon achchig‘ida bir-biriga tashlanishi, qora terga botib hansirashi — hamma-hamma jarayonlar unga qiziq edi. Faqatgina bir safar jangdan orttirgan jiddiy jarohati, ya’ni chap ko‘zi deyarli ko‘rmay, chap qulog‘i eshitmay qolganida bu sport turi bilan jiddiy shug‘ullanishni butkul yig‘ishtirib qo‘yishiga to‘g‘ri keladi. Aynan shu tasodifiy asorat uning harbiy xizmatga ketishiga bir necha bor to‘sqinlik qilgan.

    Salom, qurol!

    Ernest 12 yoshga to‘lganida bobosi unga haqiqiy qurol sovg‘a qiladi. Bolakay ajabtovur sovg‘ani sinab ko‘rish uchun do‘stlari bilan chopqilab yurganida, bir qari hindu ortlaridan xitob qilib qoladi: “Qo‘lingdagiga ehtiyot bo‘l, shumtaka. U istalgan odam, hatto o‘z egasi bilan ham sovuq munosabatda bo‘ladi!”

    Xuddi shu hodisadan ellik yil o‘tib, Heminguey Vincenzo Bernardelli to‘pponchasi bilan o‘zini otib o‘ldiradi. Keyinchalik bu model Hemingway deb o‘zgartirilgan.

    Harbiy xizmat

    Ernest yozishga doim ishtiyoqmand bo‘lgan. Biroq uning bu xatti-harakatlarini ota-onasi iliq qarshilamadi: ota farzandini o‘zi kabi shifokor bo‘lishga undasa, ona yigitni musiqachi bo‘lishga majburlardi. Maktabni bitirgandan so‘ng, Ernest ota-onasining ko‘rsatmalariga quloq solmadi. Universitetga ham hujjat topshirishdan bosh tortdi.

    Birinchi jahon urushiga qo‘shilgan AQSH sabab frontga ko‘ngilli sifatida yo‘l oladi. Unga Italiyada haydovchilik lavozimi topshiriladi — vazifasi frontning jangovar chizig‘iga yaqinlashmasdan askarlarga oziq-ovqatlarni tashish bo‘lgan. To‘g‘ri, qo‘lidan ko‘p narsa kelishini bilgan va qaltis vaziyatlar jon-u dili bo‘lgan Heminguey uchun bu ish to‘g‘ri kelmas edi. Norozi kayfiyatini komandirlarga bildirishdan charchamagan yigit minglab askarlar qatori tumanli jangga kirishni qattiq xohlardi.

    Foto: Los Angeles Times

    Vanihoyat, komandirlar unga imkon berishga qaror qiladi. Ernest yelkasidagi mas’uliyat hissini unutmagan holda barcha majburiyatlarini ko‘ngildan bajaradi, o‘qlar yomg‘iri bir zum ham tinmaydigan jang maydonidan sheriklarini tashib chiqaradi. Bir safar snayper o‘qiga uchragan askarni qutqarish chog‘ida Heminguey minomyot snaryadlarining daydi o‘qiga uchraydi hamda bir vaqtning o‘zida 200 ga yaqin jarohat oladi. Askarning tanasidan 26 ta snaryad parchalari chiqarib olinadi, ulardan biri tizza qopqog‘iga jiddiy shikast yetkazgan edi. Shundan keyin 19 yashar o‘spirinni Italiya qirolining shaxsan o‘zi “Mardlik uchun” va “Harbiy Xoch” kumush medallari bilan taqdirlaydi. 

    “Erkak nigohi bilan bitilgan…”

    Jangda o‘lishdan qo‘rqib, uyi tomon qochgan yigitlarga nafrat ko‘zi bilan qaragan, urushni sevmagan bo‘lsa-da, payti kelganda uni rad etmagan Ernest Ikkinchi jahon urushi boshlanganida shunchaki chetdan qarab tura olmaydi. Boshqa zobitlar tarkibida olis Yevropaga yo‘l oladi. Avvaliga yozuvchi Fransiya uzra bombardimonchi samolyotlarda uchadi, keyinchalik yerdagi operatsiyalarda ham qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Gurkirab ijod qilishi kerak bo‘lgan bir paytda bizning dovyurak qahramonimiz Parij, Elzas va Belgiyadagi janglarda faol ishtirok etadi.

    Bir nechta urush va mojarolarda qatnashib, ko‘p hodisalarga shaxsan guvoh bo‘lgan adibning keyingi asarlari nihoyatda qiziqarli hamda tabiiy tus ola boshlaydi.

    Foto: The Guardian

    Ernest Heminguey bir nechta avlod vakillari orasida “chinakam erkak nigohi bilan bitilgan asarlar” muallifi sifatida hurmatga sazovor bo‘lgan. Hattoki Sovet Ittifoqida ham uning muxlislari talay edi. “Qizil hudud”ga Amerikaga tegishli biror asar kiritilmagan paytlar ham qiziquvchilar hayotini xavfga qo‘yib bo‘lsa-da, Heminguey romanlarini turli yo‘llar bilan olib kirgan. Buning sababi Heminguey deyarli barcha asarlarini qat’iyat, temir intizom, favqulodda mardlik hamda iroda kuchi bilan sug‘organida edi. Qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan kitoblarining muqovasida kulrang sviter kiygan bahaybat gavdali odam turardi.

    Heminguey bu sifatlardan tashqari asarlarida muhabbatni ham tarannum etadi. Masalan, uning “Alvido, qurol!” romanidagi sevgiga oid boblari shunchalik tabiiy va hayajonli chiqqanki, o‘quvchi bir lahzaga bo‘lsa ham, asar bilan uyg‘unlashib ketadi.

    “Inson irodasi uchun…”

    Tajriba va iste’dod o‘z mevasini berdi: 1953-yil may oyida Heminguey Pulitser mukofotiga, 1954-yilda esa adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. “Chol va Dengiz” qissasi Xemingueyni dunyoga mashhur qildi. Xeminguey bu asarini 1952-yilda Bagama orollarida hech qanday mukofot talab qilmay, tirikchilik vajidan yozadi. Kubalik keksa baliqchi Santyago hayoti davomida uchratgan yagona ulkan o‘lja – bahaybat marlin bilan ochiq dengizdagi jangi pivoxo‘rga shunchalik shuhrat keltirishini o‘zi ham tasavvur qilmagan.

    Foto: PSB

    O‘lim bilan bog‘liq hodisalar

    Tinib-tinchimas Hem 62 yoshni qarshilagunga qadar o‘n martalab o‘limdan qolgan. Urushda unga naq 273 ta mina bo‘laklari tegadi, pulemyot o‘qlaridan oyog‘i yaralanadi. Beshta avariya hamda yettita chinakam falokatni boshdan kechirgan Ernest turli darajadagi asoratlarni olgan: oyog‘i bir necha bor singan, miya chayqalgan, mina tovushlaridan quloq pardalari yirtilishiga bir baxya qolgan. 

    Bir kuni ov qilayotgan chog‘i oyog‘idan jarohat oladi: qurigan shox tushib ketadi. Ayni o‘sha paytda o‘rmon yong‘ini boshlanadi. Yugurish tugul, yurishni ham eplolmayotgan Ernest dahshat ichida qolsa ham, bir amallab, birovning ko‘magiga zoriqmay omon qoladi. Xullas, qariya irodasini taqdir juda ko‘p bora sinagan.

    Ko‘pchilik biladi, yozuvchi shifoxonada o‘tkazgan kunlarining bir tongida hech kimga ikki enlik bo‘lsa-da xat-xabar qoldirmay, peshonasidan o‘q uzadi. Qiziq jihati shundaki, Heminguey oilasining barcha a’zolari to‘pponchadan o‘q uzishni yaxshi ko‘rgan. Onasi Greys farzandlarining bolalikdagi xotira albomi uchun kassetaga yozib qoldirgan ovozlarida uch yashar Ernest haqida shunday deydi: “U quroldan juda yaxshi foydalanyapti. Oxirgi paytlar otasining ko‘magisiz o‘zi o‘qlay olishni o‘rgandi”.

    Heminguey boshida doimo baxtsizlik bulutlari aylanib yurishini odamlar oldida ko‘p bora takrorlagan. Uning otasi, singlisi va kenja ukasi – uchovi ham o‘z joniga qasd qilgan. Adibni vafotiga qadar tark etmagan ichki tushkunlikning sababi aynan shu uch jigargo‘shasining mudhish qarorlari sabab paydo bo‘lgan.

    Umrining oxirida shifokorlar undan diabet va gipertoniya belgilarini topadi, biroq negadir uni Mayodagi ruhiy kasallar shifoxonasiga jo‘natishadi. U yerda Ernest salkam aqldan ozar darajaga yetib boradi: vasvasa oqibatida yuzaga keladigan paranoya bilan kurashadi. Yozuvchiga uni to‘xtovsiz ta’qib etishayotgandek tuyulavergan. Mana shu qo‘rquv sabab u hatto uxlay olmagan, tuni bilan g‘uldirab chiqqan.

    Hemingueyni davolashda elektroshokerdan foydalanishgan. Bir necha bor tokli “muolajadan” so‘ng, yozuvchi yoza olmay qoladi, chunki u deyarli butun xotirasidan ayriladi. Muolaja aks ta’sir ko‘rsatadi: bechora Ernest tushkunlik botqog‘iga botib boraveradi, alaloqibat, bu qiynoqlar o‘z joniga qasd qilishga majbur etadi.

    Ernest – xotinboz

    Ernest hamma narsaga qiziqib ko‘rgan. O‘zining xotira qaydlarida yozishicha, Ernest gamburger tayyorlashning o‘zgacha uslubini kashf etgan. Umuman olganda, u mazali narsalar tanovul qilishni hamda mazali qilib pishirishni yoqtirgan. Bir kuni u o‘zi ishlayotgan gazetasining unga ajratilgan sahifasiga nima berishni bilmay, olmali pirog retseptini tayyorlab yuboradi. Uning Floridadagi uy muzeyida turli taomlarning retsepti, tayyorlanishi yozib qoldirilgan qog‘ozlar mavjud.

    Foto: Pinterest

    U qaltis holatlarni sevardi. Shuning uchun o‘ziga burnidan bahaybat temir halqa o‘tkazilgan, ko‘zi qonga to‘la buqalar jangida qatnashish yoki bir katakda sher bilan yuzma-yuz qolish kabi istaklari qarigunga qadar ahmoqona tuyulmagan. Bu qiziqish shaxsiy hayotiga ham ta’sir qilmay qolmagan.

    Muqim narsalardan tez zerikadigan adib bir nechta ayollarni sevgan. Birinchi muhabbati sanalmish hamshira Agnes fon Kurovskidan boshlangan ishqiy mashmashalar uncha chiroyli bo‘lmagan pianinochi Elizabet Xedli Richardson bilan davom etadi. 1927-yilda esa beqaror oshiq xotinining eng yaqin dugonasi – Paulina Pfayferni sevib qoladi. Undan ikki farzand ko‘rgach, Ernest amerikalik jurnalist ayol Marte Gellxornga uylanadi. Bu hayoti davomidagi uchinchi turmushi edi. 

    1947-yil 48 yoshli Heminguey o‘zidan 30 yosh kichkina bo‘lgan oqbadan qiz – Adriana Ivanchichga uni telbalarcha suyishini oshkor qiladi. Biroq qiz Ernestni o‘z otasidek ko‘rishini aytadi hamda qaysar qizning talabi bilan ikkisining o‘rtasida faqatgina do‘stona munosabat o‘rnatiladi.

    20.05.2023, 16:25   Izoh (0)   14782
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eronda hukumatga qarshi namoyishchilarning yana 3 nafari qatl etildi

    20.05.2023, 15:15

    Zelenskiy nima uchun arab davlatlari sammitiga taklif qilingan? Saudiya TIV izoh berdi

    20.05.2023, 12:17

    Tbilisida Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklangani munosabati bilan norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi (video)

    20.05.2023, 11:26

    Rossiya Barak Obamaga mamlakatga kirishni taqiqladi

    20.05.2023, 09:10

    AQSH asli o‘zbekistonlik erkakka qarshi sanksiya qo‘lladi

    19.05.2023, 23:13

    Prigojin Xitoydan “Vagner”chilar uchun 20 mingta dubulg‘a sotib oldi — FT

    19.05.2023, 22:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.