So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Putinning Qora dengizdagi yashirin bunkeri oshkor qilindi (foto)

    18 may, 23:41 28759

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin saroyini loyihalashtirgan arxitektorlar hamma narsani puxta o‘ylagan. Qora dengizga qaragan qoya ustida joylashgan milliard dollarlik, 190 000 kvadrat futlik majmuada Putin istagan hamma narsa bor. The Business Insider nashri Rossiya rahbarining bunkerini oshkor qildi.

    Foto: The Business Insider

    Aleksey Navalniyning tergovi shuni ko‘rsatdiki, saroyning o‘z cherkovi, vino omborxonasi va kazinosi bor. Bu yerda Putin do‘stlari xokkey maydonchasida vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Rossiya rahbarining imperatorlik dachasi u boshqaradigan mamlakatdan 17 ming gektar o‘rmon va maxsus uchish taqiqlangan hudud bilan ajratilgan.

    Ehtiyot choralari Putin uchun juda ahamiyatli. May boshida Rossiya rasmiylari ikki dron Putinni o‘ldirishga uringanini va bu Kreml tepasida portlash bilan yakunlanganini aytgandi. Garchi Rossiya prezidenti hodisa payti Kremlda bo‘lmagan bo‘lsa-da, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni davlat rahbariga suiqasd deb baholagandi.

    Putinning oshkor etilayotgan bunkeri hashamat va yuqori mudofaaga qaramay, saroy quruvchilari bir muhim tafsilotni e‘tiborsiz qoldirganga o‘xshaydi. Ular saroy majmuasi ostidan o‘tgan ikkita murakkab tunnelni ko‘rsatuvchi, har qanday vakolatli davlat xavfsizlik apparati sir saqlash uchun tish-tirnog‘i bilan kurashayotgan rejalarini yashira olmagan.

    Aslida, bu ma’lumotlar Rossiya internetida jamoat mulkiga joylashtirilgan. Hozirda faoliyat olib bormayotgan Metro Style pudratchi kompaniyasi o‘z veb-saytida 2010-yillar boshidagi ishlarini namoyish qilish uchun ularni joylashtirgan. Ma’lumotlarni 2016-yildayoq onlayn ko‘rish mumkin edi.

    Putin saroyi ostidagi majmua yer ostiga taxminan 50 metr pastga tushadigan lift orqali ulangan ikkita alohida tunneldan iborat.

    Arxitektura rejalari shuni ko‘rsatadiki, qalin beton bilan o‘ralgan tunnellar VIP yo‘lovchilarni kunlar yoki haftalar davomida qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli miqdorda toza suv, ventilyatsiya va uzun kabellar bilan ta‘minlangan. Tunnel rejalarini o‘rganayotgan ekspert bu bilan Putin omon qolishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirayotganini aytdi.

    “Putin Rossiyaning to‘liq qonuniy bo‘lmagan rahbari bo‘lishidan juda xavotirda. Shuning uchun, Putin qonuniyligi saylovlar bilan to‘liq ta'minlanmaganini bilib, shaxsiy xavfsizligi yaxshi himoyalangan turar joylar majmuasini maksimal darajada oshirishga intiladi”, — dedi davlat departamentining Rossiya va Ukraina siyosati bilan shug‘ullangan sobiq xodimi Maykl Kimmage.

    Ushbu tunnellardan chiqish saroy majmuasi ostida, sohilga qaragan qoyada ko‘rinadi:

    Aerial view of Putin's palace with two entrances to underground tunnel complex enlarged.

    Pastki tunnel chiqishga olib boradigan harakatlanuvchi yo‘lakni o'z ichiga oladi.

    “Ushbu tunnel barcha turdagi xavfsizlik va himoyaga ega. Yong‘indan himoya qilish tizimi mavjud. Suv va kanalizatsiya bor. Bu kimdir omon qolishi yoki qochishi uchun mo‘ljallangan”, — deydi mudofaa bilan tanish bo‘lgan qurilish muhandisi Taddeus Garbishevskiy.

    Yadroviy davlatlarning barcha yetakchilari favqulodda vaziyatlar uchun rejalar tuzmoqda. AQSH prezidentining Virjiniya shtatidagi Oq uy va Vezer tog‘ida bunkeri bor. Ammo AQSh obyektlaridan farqli o‘laroq, Qora dengiz majmuasi xususiy moliyalashtirilgan va xususiy mulk bo‘lib qolmoqda.

    Ko‘rinib turibdiki, u siyosiy tizimning uzluksizligini ta‘minlash uchun emas, balki bir kishining yashashiga mo‘ljallangan.

    Mazkur bunker Rossiya rahbari qancha vaqtdan beri tahdidlarga tayyorlanib, yashirinishi yoki qochishi uchun majmualar yaratganidan dalolat beradi.

    “Biz buni Putin hayotining so‘nggi 13 yoki 14 yilini belgilagan G‘arb bilan uzoq muddatli qarama-qarshilikning bir qismi sifatida ko‘rishimiz kerak. Bu tasvirlar chizma emas. Ular arxitektura chizmalariga yaqinroq. Ular sizga tunnelning maqsadi, yo‘nalishi va asosini ko‘rsatadi”, — deydi Kimmage.

    Annotated diagram showing interior of tunnel complex

    Ikki tunnel mos ravishda uzunligi taxminan 40 va 60 metr va kengligi 6 metr bo‘lib, taxminan 6500 kvadrat fut portlashdan himoyalangan yashash maydonidan iborat.

    Ularning yadroviy portlash yoki bombasi ta‘siriga bardosh berish qobiliyati ikki omilga bog‘liq. Bu tunnellarning 15 dyumli qalinlikdagi beton qobiqlari qanday mustahkamlangani va atrofdagi maydonni to‘ldirish uchun ishlatiladigan materialga aloqador.

    Bu bilan Putin ushbu tuzilmani eng yomon ssenariyni hisobga olgan holda qurganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, pastki tunnel devoriga o‘rnatilgan har birining kengligi bir futga yaqin bo‘lgan 16 ta kabel tokchalari diqqatga sazovordir. Ushbu tokchalar qo‘mondonlik punkti uchun zarur bo‘lgan elektr, yorug‘lik, mis sim va optik tolali kabelni o‘tkazishi mumkin bo‘lgan “quvur liniyasi” kabellari uchun mo‘ljallangan.

    Diagram showing interior of tunnel complex

    Pastki tunnel orqali o‘tadigan quvurlarning katta hajmi muhim ahamiyatga ega, chunki u tunnelning ichki tizimlarining ishlashi uchun zarurdir.

    “Bu kabel yoki quvur orqali o‘tadigan aloqa, yorug‘lik, quvvat uchun mo‘ljallangan. Tunnelning o‘zi uchun juda ko‘p kabel mavjud”, — deydi Garbishevskiy.

    Shunday qilib, bu saroy majmuasi uchun qandaydir zaxira tizimi bo‘lishi mumkin. Tunnellarning maqsadlaridan biri shunchaki qochish o‘rniga, butun saroy majmuasi uchun favqulodda yechimdir.

    Na Metro Style kompaniyasi, na Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunker bo‘yicha izoh bermagan. Navalniyning 2021-yilgi video tergovi sabab bo‘lgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida Putin Qora dengizdagi saroyga egalik qilishini rad etgan.

    90-yillarda bir nechta qurilish kompaniyalariga asos solgan uch kishi tomonidan asos solingan Metro Style kompaniyasi ham Rossiya hukumati tomonidan Moskva tashqarisidagi metro tunnellarini qazish uchun yollangan. Kompaniya o‘z veb-saytiga chizmalarni joylashtirganda, Qora dengizdagi tunnellar Putin uchun qurilganiga aniqlik kiritmagan.

    Buning o‘rniga ular rasmga “Krasnodar o‘lkasining Gelendjik shahridagi pansionat uchun yer osti inshootlari majmuasi” deya izoh qoldirgan.

    Gelendjik — saroy majmuasiga eng yaqin shahar, Sochi kurort shahridan besh soatlik yo‘l.

    Moskvadan qariyb 1000 mil uzoqlikda mustahkamlangan tunnellarning mavjudligi Putinning kurort shaharchasi yaqinidagi ijtimoiy hayotga qiziqishini qondirishdan ko‘proq narsaga e‘tibor qaratganidan dalolat beradi.

    Shuningdek, u tirik qolish haqida qayg‘uradi. Davlat departamentining sobiq xodimi va hozirda katolik universiteti professori Kimmagening so‘zlariga ko‘ra, tunnellarning uzoqda joylashganining harakatlantiruvchi kuchi tirik qolish istagi bo‘lgan.

    “Rossiya tarixida ikki marta katta o‘zgarishlar bo‘ldi, 1917 va 1991-yillarda  poytaxt maqomi va rahbarning pozitsiyasi katta muammo edi. Putin bu kutilmagan vaziyatni imkon qadar markazdan uzoqroqda turar joy tarmog‘ini yaratish orqali hal qiladi. Shuning uchun Qora dengiz majmuasidagi tunnellar tizimi juda mantiqiy. Hatto aktiv tahdid bo‘lmasa ham, u bundan xavotirda bo‘lardi”, — deydi u.

    Ikki tunnelni bog‘laydigan lift shahtasining ichki qismini ko‘rsatadigan kesma diagrammada tunnel yo‘lovchilariga toza yoki filtrlangan havo yetkazib berish uchun mo‘ljallangan oltita alohida shamollatish shaxtalari ko‘rsatilgan.

    Diagram showing interior of tunnel complex.

    Ko‘p sonli ventilyatorlik shaxtalari va ikkita alohida tunnel kimyoviy hujumni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin, bu saroyga toza havo yetkazib berishni ta’minlashga qaratilgan.

    Diagrammalarda tunnel majmuasining sharqidagi tuzilmalarning batafsil tasvirlari ko‘rsatilmagan. Tunnellarni yo‘lga bog‘layotgandek ko‘rinishini inobatga olsak, sharqiy binolar saroy majmuasiga yashirin lift orqali yuklarni yuklash yo‘li sifatida ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin.

    Map showing location of Putin's palace, and the tunnel entrances

    diagram showing layout of tunnel complex

    Davlat departamentining sobiq amaldori Kimmegening aytishicha, Putinning o‘n yildan ko‘proq vaqt avval puxta tayyorgarlik ko‘rgani uning fikrlari G‘arb bilan ekzistensial konflikt ehtimoli qancha vaqtdan beri mavjudligini ko‘rsatadi.

    “Putin o‘zini G‘arb bilan qarama-qarshilikda qatnashayotganini his qilmoqda. Yadroviy o‘lchov buning muhim qismidir. U vulqon tepasida turganini biladi. Putin yadroviy mojaroni qo‘zg‘atadigan darajada psixopat emasga o‘xshaydi, lekin u juda uzoq vaqtdan beri shu yo‘nalishda. Mazkur tunnellar va bunkerlar buning bir qismidir”, — deydi nashr jurnalistlari.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    Bugun, 12:45

    O‘zbekiston gender ma’lumotlar indeksida eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi

    Bugun, 11:30

    OTB hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish prognozlari yaxshilandi

    Bugun, 11:30

    Ukraina Rossiyaning Qora dengiz floti qarorgohiga zarba berishda Storm Shadow raketalaridan foydalangan — OAV

    Bugun, 11:08

    32 yoshli David de Xea faoliyatini yakunlashi mumkin

    Bugun, 10:30

    “O‘zgidromet” 24-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    Bugun, 10:24

    “Barselona” Xavi bilan hamkorlikni davom ettiradi

    Bugun, 10:12

    “Sharq” majmuasining qaysi binolari madaniy meros obyekti ekani tekshiriladi

    Bugun, 10:08

    Bayden Zelenskiyga uzoq masofali ATACMS raketalarini va’da qildi

    Bugun, 08:38

    Tavsiya etamiz

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    23:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Saratonni yenggan, liftda ko‘zi yorigan va og‘ir dardga chalingan turmush o‘rtog‘ini parvarishlayotgan Saida Rametova 66 yoshda (foto, video)

    13:00 / 22.09.2023

    Chustdagi bolalar zaharlanishi bo‘yicha Bosh prokuratura jamoatchilikdan tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi 

    01:00 / 22.09.2023

    Chustda bolalarning ommaviy zaharlanishi ortidan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova ishdan olingani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berildi

    13:00 / 22.09.2023

    Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning asosiy mudofaa chizig‘ini yorib o‘tdi — WSJ

    19:00 / 22.09.2023

    Shavkat Mirziyoyev Chustdagi bolalar zaharlanishi holatiga munosabat bildirdi

    19:00 / 22.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?