• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shahrixonda yuz bergan YTHda bir nafar o‘quvchi vafot etdi. Bunga 5 oydan buyon maktab binosining qurilishi bitmayotgani sabab deb ko‘rsatilmoqda

    Andijon viloyatining Shahrixon tumani "Quruqsoy" mahallasida yashovchi fuqarolar “Daryo”ga murojaat qilib, “Obod qishloq” dasturi doirasida hududdagi 35-umumtaʼlim maktabi kapital taʼmirlashga tushganligini, biroq belgilangan muddatdan to‘rt oy o‘tgan bo‘lsa-da muassasadagi qurilish ishlari yakunlanmayotgani sababli farzandlari qo‘shni qishloqdagi maktablarga qatnab o‘qiyotganini bildirishgan. Shuningdek, 26-aprel kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi barcha o‘qituvchi va ota-onalarni sarosimaga solib qo‘yganini bildirishgan. “Daryo” muxbiri murojaatni o‘rganish maqsadida Shahrixon tumanida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Aytishlaricha, 6-sinf o‘quvchilari 4-soat darsdan keyin uyga velosipedda qaytayotgan bo‘lishgan. Shunda maktabni o‘tgan yili tamomlagan sobiq o‘quvchilardan biri transport vositasini boshqarib kelayotib, o‘quvchilarni urib yuborgan. Natijada bir nafar o‘quvchi shifoxonada vafot etgan bo‘lsa, yana bir nafari og‘ir tan jarohati olgan.

    “Daryo” muxbiri Shahrixon tuman ichki ishlar bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Diyorbek Abdurazzoqov bilan bog‘langanida u haqiqatan yo‘l-transport hodisasi yuz berganligi va bir nafar fuqaro vafot etganligini tasdiqlagan.

    Foto: “Daryo”

    “Aprel oyi oxirlarida Quruqsoy mahallasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Yo‘lda kelayotgan avtomashina velosipedda ketayotgan 3 nafar bolani urib ketgan. Ularning barchasi tuman shoshilinchi tez tibbiy yordam bo‘limiga olib kelingan. Bir nafariga hech qanday jarohat yetmagan, faqat qo‘rqib ketgan. Unga birinchi yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Ikkinchisi qoshlari shilingan, hushsiz holatda olib kelingan. Ikki kun deganda o‘ziga kelgach palataga olingan, hozirda holati ancha yaxshi. Uchinchi o‘quvchi esa ikki-ikki yarim soat davomida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan”,- deydi Diyorbek Abdurazzoqov.

    Diyorbek Abdurazzoqovning qo‘shimcha qilishicha, YTH sodir etgan shaxs hech qanday boshqaruv huquqi bo‘lmasdan tanishiga tegishli transport vositasini boshqarib kelayotgan bo‘lgan.

    35-umumtaʼlim maktabi direktori Musajon Bayzakovning aytishicha, maktab “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida kapital taʼmirlashga tushgan bo‘lib, loyihaga asosan ishlar 2022-yilning 31-dekabriga qadar tugallanishi lozim bo‘lgan. Biroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli shartnoma 2023-yilning 31-martiga qadar cho‘zilgan. Ammo shu kunga qadar ishlar o‘z yakuniga yetmagan.

    Musajon Bayzakov.
    Foto: “Daryo”

    “Maktabimda 541 nafar bola taʼlim oladi. Ularga 37-38 nafar o‘qituvchi bilim berib keladi. Maktabimiz 2022-yil avgust oyida “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida kapital taʼmirlashga tushganida xursand bo‘ldik. Lekin ishlar oxiriga yetmasdan yo‘lning nosozligi sababli maktabimizga kelib-ketish jarayonida bir o‘quvchimizni yo‘qotdik. Bunga sababchi sifatida eng avvalo o‘zimni deb bilaman. Chunki bu baxtsiz voqeaning oldini ertaroq olishimiz kerak edi.

    Bunga maktabimiz binosini taʼmirlashga javobgar mutasaddilar aytilgan muddatda ishni yakunlab, topshirishganida bunday bo‘lmasdi. Mana bir o‘quv yilidan buyon bollarimiz qishin-yozin shu uch kilometr masofaga qatnab, tahsil olishmoqda. Hech kim bollarni borib kelishdagi xavfsizligiga kafolat berolmayapti, ammo sezilarli natija ham ko‘rsata olishmayapti. Vaholanki, loyiha bo‘yicha rekonstruksiya ishlari dastlab o‘tgan yilning 31-dekabriga, keyinchalik tuzilgan shartnoma bo‘yicha esa joriy yilning 31-martiga qadar tugallanishi lozim edi. Ammo may oyi kirib kelgan bo‘lsa ham ishlar qolib ketgan.

    Biz yuqori tashkilotlardan, viloyat va tuman hokimliklaridan darsga borib kelishlari uchun vaqtinchalik avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yib berishlari uchun yordam so‘raganmiz. Shunda birinchi marotaba sentabr oyida bitta avtobus qo‘yib berildi. Biroq paxta terim mavsumi boshlanishi bilan ushbu avtobusni viloyat transport boshqarmasi olib qo‘ydi. Undan keyin yana qilgan murojaatimizga asosan tuman hokimi yana bir avtobusni biriktirib berdi. Bu avtobus o‘n kuncha qatnab, hech qanday sababsiz kelmay qo‘ydi. Shundan keyin yana murojaat qilganimizdan keyin xalq taʼlimi bo‘limi tomonidan tumandagi 15-maxsus maktab-internatining avtobusini berishdi. U ham bir haftacha qatnab, bu yerga kelganim uchun menga oylik to‘lamaydi, deb kelmay qo‘ydi.

    O‘quvchilarimiz har kuni asosiy avtomobil yo‘lidan qatnashadi. Kelayotganda ahamiyat bergan bo‘lsangiz, man shu yo‘lda birorta tezlikni cheklovchi yoki boshqa zarur belgilar qo‘yilgani yo‘q. Vaholanki, bu yo‘lda harakatlanayotgan transportlar o‘ta tez harakatlanishadi. Chekka hudud bo‘lganimiz uchun hech qanday hujjatsiz ham transport boshqarayotgan yoshlarni ko‘rishingiz mumkin. Ular umuman qoidalarga amal qilishmaydi. Bu inson vafoti bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi birinchi emas. Bundan keyin umuman bo‘lishini xohlamayman.

    Yuqori mutasaddi tashkilot rahbarlari maktabimizni tezroq taʼmirdan chiqarib berishsa, o‘quvchilarimizni o‘zimizda o‘qitsak”,- deydi.

    Foto: “Daryo”

    Maktab direktorining taʼkidlashicha, ishlarni tezroq yakunlashda yordam so‘rab, viloyat hokimigacha xat kiritilgan, ammo natija yo‘q. Uning qayd etishicha, bir necha marotaba qilingan murojaatlarga subpudratchi tashkilot ishlarni to‘xtab qolishiga mablag‘ yetarli emasligini ro‘kach qilgan. Ammo referendum oldidan maktab old qismi va uchta xona qurilishini yakunlash uchun mablag‘ topilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Deyarli hamma asosiy ishlar bo‘ldi. Faqat ozgina, 20 foiz ish qoldi xolos. Agar issiqlik tizimini hisobga olmasak, binoning ichida faqat pol qismi qolgan xolos. Quruvchiga bir necha marotaba murojaat qilganmiz. Biroq u qilib berishini aytish bilan cheklanib qolyapti. Subpudratchi esa ishlarni to‘xtab qolishiga maosh yo‘qligi, mablag‘ yetarli emasligini ro‘kach qilyapti. Bu bo‘yicha viloyat hokimiga ham rasmlar bilan maʼlumot kiritganmiz. Ammo natija yo‘q.

    30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda maktabimiz binosi referendum uchastkasi sifatida faoliyat yuritdi. Ushbu tadbirga 18-aprel kuni tayyorgarlik ko‘rdik. Umuman tayyor bo‘lmasa ham kirish qism va uchta xonani bitkazib, iloji boricha tezlashtirib, kerakli qisminigina bitkazdik. Agar referendumga tayyorgarlik ko‘rgandek ish tashkil qilinsa, ko‘pi bilan yigirma kunda taʼmirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirish mumkin. Afsuski, referendum o‘tgach barcha ishlar yana tashlab qo‘yildi”,- deydi maktab direktori Musajon Bayzakov.

    Maktabning 6-“A” sinf rahbari Dilrabo Rahmonovaning aytishicha, qatnov yo‘lida bir vaqtning o‘zida ikkita avtomobil harakatlanishi qiyin, bundan tashqari yo‘lning ikki tomoniga ekilgan bodomlar piyodalarning yurishi uchun qiyinchilik tug‘diradi.

    Dilrabo Rahmonova.
    Foto: “Daryo”

    “O‘quvchilarimiz darsdan so‘ng velosipedda ketayotgan bo‘lgan. Shunda kutilmaganda qarama-qarshi tomondan kelayotgan avtomobilning boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida uch nafar o‘quvchimiz bilan baxtsiz voqea sodir bo‘lgan. Natijada Hafizullo ismli o‘quvchimiz og‘ir tan jarohati olishi oqibatida tibbiyot birlashmasi bo‘limida vafot etdi. Talantbek va Asadbek ismli o‘quvchilarimiz esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilib, tegishli tartibda shifokorlar nazoratida davolanmoqda.

    Ushbu holat sinfimiz uchun juda katta yo‘qotish bo‘ldi. O‘quvchilarimizda qo‘rquv paydo bo‘lgan. Agar maktabimiz bitgan bo‘lganida, balki shu hodisa bo‘lmasmidi, deb o‘ylanib qolamiz. Chunki o‘quvchilarimiz har kuni bir kishining umriga zomin bo‘lgan o‘sha yo‘ldan kelishadi. Yo‘llar nosoz, bir vaqtning o‘zida ikkita avtomobil harakatlanishi qiyin. O‘quvchilarimizga yo‘l chetlarida yuringlar desak, hatto piyodalar yo‘laklariga ham odamlar bodom ekib yuborganligi uchun yurishning imkoni yo‘q. O‘quvchilarga har kuni yo‘lakdan yuringlar deb ogohlantirganimda ular “Ustoz yo‘lakdan yurganimizda ko‘zimizga bodom shoxlari kirib ketyapti” deyishadi. Haqiqatan yo‘lakda ham yurib bo‘lmaydi. Shu baxtsiz voqeadan keyin nafaqat ota-onalar balki, biz o‘qituvchilar ham sarosimaga tushib qolganmiz”, deydi sinf rahbari Dilrabo Rahmonova.

    Shahrixon tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ilhomjon Ahmedovning aytishicha, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari moliyaviy qoloqlik sababli cho‘zilib ketgan. Mahalliy budjetdan pul ajratilishi bilan yakuniga yetishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    “Ushbu maktab “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan bo‘lib, loyihani "XXI asr bunyodkori" MCHJ yutib olgan. Taʼmirlash ishlari moliyaviy manbasida qoloqlik bo‘lgani uchun cho‘zilib ketgan. Yakuniga yetish maqsadida kunora viloyatdan surishtirib turibman, aytishlaricha hozir moliyalashtirilyaptikan.

    Agar pulni berish mening qo‘limda bo‘lganida bervorgan bo‘lardim. Afsuski mablag‘ masalalari mahalliy budjetdan bo‘lganligi uchun endi hal bo‘lyaptikan. Shularni ham hisobga olish kerak. Meni imzoyim bilan hal bo‘lganda allaqachon imzolab berardim, ammo mening qo‘limda yoki vakolatimda emas. Lekin vakolatim doirasida harakat qilganman, tegishli yuqori tashkilotlarga xat bilan chiqqanman. Biroq vakolatim undan buyog‘iga o‘tmaydi. Ish nega to‘xtab qolganligi bo‘yicha bemalol viloyat hokimligi qurilish kotibiyatiga chiqib so‘rasangiz ham bo‘laveradi. Sizdan iltimos, yaxshi tomonlarini ham gapirib ketinglar, hamma faqat yomon tomonini ko‘rib ketyapti-da. O‘quvchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan avtobus qo‘yilgan”, - deydi Ilhomjon Ahmedov.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Ilhomjon Ahmedovdan yuz bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan so‘raganida bu bo‘yicha javob bermasligini, ayni shu masala bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi maʼlumot berishini bildirgan. Shuningdek, “bu bo‘yicha ana qo‘lida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan, voyaga yetmagan boladan so‘ranglar, nega avariya qilganini?" — deya qo‘shimcha qilgan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    15.05.2023, 19:16   Izoh (0)   8853
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Umidjon Mamarasulov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olmaliqda Damas ikki nafar 14 yoshli qizni urib yubordi

    15.05.2023, 18:55

    Chevrolet Onix va Tracker sotuvi tiklangandan keyin narxlar oshirilmasligi ma’lum qilindi

    15.05.2023, 18:12

    O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlarga “yashil yo‘lak” tartibi qo‘llanadi

    15.05.2023, 17:20

    Prezident tadbirkorlarga moliyaviy rag‘batlar taqdim etish kerakligini aytdi

    15.05.2023, 17:09

    O‘zbekistonda 2023-yil birinchi choragida 210 ming aholi kambag‘allikdan chiqarildi

    15.05.2023, 16:49

    “Siz ham, men ham prezidentning odami, menga o‘dag‘aylasangiz siz bilan Chingachgukdek gaplashamiz”. Qarshida IIB xodimi fuqaro manfaati uchun prokurorga qarshi ch...

    15.05.2023, 16:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10

    O‘zbekiston va Vengriya vagonsozlik sohasida birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    O‘zbekiston | 25 may, 17:40

    Putinning Kursk viloyatiga tashrifida dronlar hujum qilgan — OAV

    Dunyo | 25 may, 17:11

    Xavi Osiyo qit’asiga qaytishi mumkin

    Sport | 25 may, 16:40

    O‘zbekistonda ekologik nazoratda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi

    O‘zbekiston | 25 may, 15:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.