• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qonunchilikda yechimi topilmagan har qanday masala fuqaro foydasiga hal etilishi tarixiy qadamdir” — deputat Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarish haqida

    O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar doirasida fuqaro hamda davlat o‘rtasidagi o‘zaro huquq va majburiyatlar alohida belgilanyapti. Xususan, 20-moddaga har qanday vaziyatda dastlab xalqni aybdor deb hisoblashga oid eskicha qarashlarni parchalaydigan yangi norma kiritilmoqda. Ya’ni endilikda davlat bilan yuzaga kelgan qonunchilikdagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal qilinadi.

    Bunda asosiy urg‘u insonning huquq va erkinliklariga, shu jumladan, insonlar og‘irini yengil qilib, turmush tarzini yaxshilashga qaratiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulruh A’zamova “Daryo” nashriga bu boradagi mulohazalarini taqdim etdi.

    Gulruh A’zamova
    Foto: Qonunchilik palatasi

    So‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.

    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan, BMTning 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va shartnomaviy qo‘mitalariga muntazam ravishda milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelmoqda.

    Bunchalik e’tibor berilayotgan davlat manfaatidan ham yuqori qo‘yilayotgan inson huquqlarining o‘zi nima? Inson huquqlari har bir insonning millati, yashash joyi, jinsi, irqi, dini, tili va boshqa belgilaridan qat’iy nazar, ajralmas huquqlaridir. Barcha odamlar har qanday turdagi kamsitishlarni istisno qilgan holda, inson huquqlaridan bir xilda foydalanish huquqiga egadir. Ushbu huquqlar o‘zaro bog‘liq va ajralmasdir.

    Aynan shu tamoyil “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 1-moddasida “Barcha odamlar erkin tug‘iladi va qadr-qimmati va huquqlari bo‘yicha tengdir” deb qat’iy belgilangan. Shu bilan birga, inson huquqlarini tan olish nafaqat ularni amalga oshirish huquqini, balki muayyan majburiyatlarni bajarishni ham anglatadi. Xalqaro huquqqa muvofiq, davlatlar inson huquqlarini hurmat qilish, himoya qilish va ularni ro‘yobga chiqarish majburiyatlarini o‘z zimmalariga oladilar.

    Shuning uchun konstitutsiyaviy qonun loyihasining 20-moddasini takomillashtirish, aniq mexanizmlar bilan to‘ldirish zaruriyati tug‘ildi. Ushbu moddada O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hamda davlat bir-biriga nisbatan o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘liqligi belgilanmoqda.

    Amaldagi Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar, deb umumiy tushunchalar belgilangan edi.

    Yangilanayotgan Konstitutsiyada insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qilishi, insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilashi aniq ko‘rsatib berilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi ta’kidlanmoqda.

    Endilikda inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi ustuvor etib belgilanmoqda.

    Har bir davlat o‘z fuqarolari bilan munosabatga kirishar ekan, alohida huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Ya’ni davlat ham, fuqaro ham o‘ziga xos huquqlarga va majburiyatlarga ega.

    Masalan, davlat fuqarolar uchun xavfsizlik, farovonlik, tinchlik va yaxshi hayot kechirish uchun shart-sharoitlar yaratib berish kabi majburiyatlarga ega bo‘lsa, fuqarolar qonunlarga bo‘ysunish, burch va majburiyatlarni bajarish kabi mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

    Yangi Konstitutsiyada ushbu prinsiplar alohida belgilanyapti. Bunda asosiy urg‘u insonning huquq va erkinliklariga qaratilmoqda, shu jumladan, qonunlar insonlar og‘irini yengil qilib, turmush tarzi yaxshilanishini ta’minlashi lozim.

    Masalan, davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanadi, deyilyapti. Ya’ni, bunda ham jazolash yoki boshqa ta’sir ko‘rsatishning chegarasi insoniylikka borib taqaladi.

    Aytaylik, shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi, lekin u davlat ro‘yxatidan o‘tish bosqichlarini qilmasdan yoki ruxsat beruvchi hujjatlarni olmasdan ish boshladi. Bunday holat uchun yaqin yillargacha uning faoliyati tugatilgan yoki to‘xtatib qo‘yilgan.

    Bugungi kunga kelib, unga o‘zi sodir etgan harakat huquqbuzarlik ekanligi tushuntiriladi hamda ruxsat beruvchi yoki litsenziya hujjatini olish uchun muayyan vaqt ajratiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad ham qonun ustuvorligini ta’minlash, ham bitta tadbirkorni saqlab qolish. Mana shu mutanosiblik prinsipi, mana shu maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lgan chora hisoblanadi.

    Yana bir misol, fuqaroning ipoteka kreditidan 3 million so‘mlik uch oylik qarzi bor. Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, bank qarzdorni sudga beradi. Lekin, bu masalada da’vo arizasi 3 million so‘m, ya’ni real qarz bo‘yicha emas, balki kreditning to‘lanmagan qismiga, deylik, 250 million so‘mga nisbatan beriladi. Sud arizani ko‘rib chiqib, qarzdordan 10 million so‘mdan ortiq davlat boji undirish va shartnomani bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi. 3 million so‘mni to‘lay olmagan fuqaro 10 million davlat bojini qanday to‘laydi? Bu misoldan ko‘rish mumkinki, sud qo‘llagan huquqiy ta’sir chorasi maqsadga erishish uchun yetarli va mutanosib emas.

    Foto: “Daryo”

    Shu nuqtayi nazardan ushbu qoida davlat idoralarining o‘z vazifalarini inson huquqlariga rioya qilgan holda amalga oshirishga hamda insonga qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari ko‘zlangan qonuniy maqsadga erishish uchun mos va yetarli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

    Fuqarolarning huquq va erkinliklari cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni fuqarolarning yashash huquqi, shaxsiy qadr-qimmatini muhofaza etish, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi, vijdon erkinligi va e’tiqod erkinligi kabi huquqlari cheklanishi mumkin emas.

    Ayni paytda fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasligi shartligiga oid umuminsoniy qoida saqlanib qoladi.

    Mazkur moddaga qo‘shilgan yana bir normada insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilashi qayd etilgan. Ushbu norma bilan davlat idorasi va tashkilotlarining birlamchi va ustuvor maqsadi — bu, avvalo fuqaro, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo‘lishi, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya aks ettirilmoqda.

    Bundan tashqari, davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lish hamda manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi kerakligi kafolatlanmoqda.

    Endilikda inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi. Ya’ni insonlar davlat organiga murojaat qilsa-yu, biroq uning ishiga tegishli qonunchilikda qarama-qarshiliklar va noaniqliklar bo‘lganda ish qanday hal etilishi kerak. Masalan, davlat va fuqaro o‘rtasida qaysidir masalada kelishmovchilik yuz berdi. Agar ushbu masala bo‘yicha qonunchilikda qandaydir noaniqlik bo‘lsa yoki ishni davlat foydasiga ham, fuqaro foydasiga ham hal qilish imkoniyati bor bo‘lsa, albatta fuqaro foydasiga yon bosiladi.

    Zero davlat va fuqaro bir-biri oldida mas’ul bo‘lmasa ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Fuqarolar o‘z majburiyatlarini sidqidildan bajarsa, qudratli davlat barpo etiladi, o‘z navbatida davlat majburiyatlarini to‘liq bajarsa aholi farovon yashaydi, xalq rozi bo‘ladi.

    Mazkur norma bilan birinchidan, qonunchilik hujjatlarini qabul qilish va uni amalda qo‘llashda, ikkinchidan, davlat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatini tashkil etishda inson huquqlari mazmun-mohiyatiga ustuvorlik berish Konstitutsiya darajasida mustahkamlanmoqda. Bundan tashqari, Konstitutsiyamizga har qanday vaziyatda dastlab xalqni aybdor deb hisoblashga oid eskicha qarashlarni parchalaydigan yangi norma kiritilmoqda. Ya’ni endilikda davlat bilan yuzaga kelgan qonunchilikdagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal qilinadi, “ishimni mening foydamga hal etib beringlar”, deb talab qilish imkoniyatini yaratiladi.

    Ushbu normaning kiritilishi — so‘nggi yillarda ilgari surilgan inson qadrini e’zozlash prinsiplariga to‘la mos keladi. Qonunchilikda yechimi topilmagan har qanday masala fuqaro foydasiga hal etilishi tarixiy qadamdir.

    24.03.2023, 21:49   Izoh (0)   3540
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik onkologlar Rossiyada klinik ordinatura yo‘nalishi bo‘yicha bepul tahsil oladi

    24.03.2023, 21:40

    O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi

    24.03.2023, 21:10

    “Sudda prokuror doim ustunlikka ega, uning aytgani bo‘lar, advokat harakati esa samarasiz chiqardi” — advokat advokatura maqomining oshirilishi haqida

    24.03.2023, 21:05

    O‘zbekiston aholisi yirik korxonalar aksiyalarini sotib olishi mumkin bo‘ladi

    24.03.2023, 19:47

    Migratsiya agentligi fuqarolarni pul evaziga Yaponiyaga jo‘natayotgan til markazlaridan ogohlantirdi 

    24.03.2023, 19:33

    Samarqandda oltin qazib olishga sharoit qilib berish uchun 1300 dollar olgan shaxs ushlandi 

    24.03.2023, 19:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.