FourFourTwo portali Yevropa Chempionlar Ligasi sovrinini qo‘lga kiritmagan murabbiylar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Atletiko” ustozi Diyego Simeone birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni “Arsenal” sobiq murabbiyi Arsen Venger, uchinchi o‘rinni esa Valeriy Lobanovskiy band etdi.
Reytingga 1992-yildan keyin sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lgan va klublar miqyosida ishlagan murabbiylar kiritilgan.
Reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Diyego Simeone;
- Arsen Venger;
- Valeriy Lobanovskiy;
- Bobbi Robson;
- Massimiliano Allegri;
- Mircha Luchesku;
- Kenni Dalglish;
- Otto Rehagel;
- Dide Desham;
- Unai Emeri;
- Antonio Konte.
Izoh (0)