Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi 26-martdan O‘zbekistonga reyslar sonini oshiradi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Ushbu aviakompaniya Sian—Toshkent—Sian yo‘nalishi bo‘yicha haftada bir marta: juma kunlari yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirib kelayotgandi. 26-martdan boshlab Loong Air haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.
Bundan tashqari, aviakompaniya Chendu—Toshkent—Chendu bo‘yicha yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yadi. Muntazam yo‘lovchi reyslari Airbus A320 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Loong Air — bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi bo'lib, yo'lovchi va yuk havo tashishlarini ta'minlaydi.
Izoh (0)