Uzbekistan Airways O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 13-apreldan boshlab O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Yaponiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar har hafta payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Avvalroq aviakompaniya Toshkent–Tokio yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi 8 475 676 so‘mdan, Toshkent–Tokio–Toshkent yo‘nalishida esa 14 965 587 so‘mdan boshlanishi haqida maʼlumot bergan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni ko‘paytirilishiga doir kelishuvga erishilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)