O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ekofaollar bilan birga daraxt ekdi. Bu haqda “Zamin” fondi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva shaharni ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida qatnashdi. O‘zbekistonning birinchi xonimi ekofaollar bilan birgalikda Anhor kanali bo‘yida chinor, eman, qayin, zarang va shumtol daraxtlarini ekishda ishtirok etgan.
Izoh (0)