“O‘zgidromet” O‘zbekistonning 5 viloyati hamda tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
Xabarga ko‘ra, 11—15-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida;
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi.
10-martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 10—12-martda kutilayotgan yomg‘irlar hisobiga tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Izoh (1)
O'qituvchi to'g'ri qilgan. Bu yerda o'qituvchining aybi yõq! Agar maktablarda õquvchilar shu holatda ketaversa, õqituvchilarning qadri qolmaydi va õquvchilar buni kõrib, tarbiyasi bundan ham battar buzilaveradi