Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1-martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,03 so‘mga ko‘tarilib, 11 336,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro 79,26 so‘mga oshib, 12 023 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,22 so‘mga ko‘tarilib, 151,52 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 11 320,01 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro ham tushib, rubl ko‘tarilgandi.
Izoh (0)