Vazirlar Mahkamasining 27-fevral 82-sonli qarori bilan Sharifbek Hasanov Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi, deb xabar beradi O‘zA.
Shuningdek, Ikrom Axmatovich Sariboyev Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining Madaniy meros obyektlarini saqlash va asrashga doir ishlarni nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimidan ozod qilingan.
Ermat Ashirbayev esa Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari shuʼbasining Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi yangidan tasdiqlangani hamda boshqa ishga o‘tishlari munosabati bilan qator xodimlar lavozimidan ozod qilingandi.
2022-yil dekabr oxirlarida Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon va uning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha qarorni imzolagandi. Unga ko‘ra, hukumatda amaldagi 8 nafar bosh vazir o‘rinbosari va 3 nafar bosh vazir maslahatchisi lavozimlaridan faqat 4 nafar bosh vazir o‘rinbosari qoldirilmoqda.
Izoh (0)