O‘zbekistonda 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikada jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 396 520 tani tashkil etmoqda.
2022-yil mobaynida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 344 786 taga oshgan. Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 138 867 ta;
- Andijon viloyati — 229 609 ta;
- Buxoro viloyati — 218 054 ta;
- Jizzax viloyati — 96 338 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 273 020 ta;
- Navoiy viloyati — 100 238 ta;
- Namangan viloyati — 228 745 ta;
- Samarqand viloyati — 387 611 ta;
- Surxondaryo viloyati — 205 455 ta;
- Sirdaryo viloyati — 66 979 ta;
- Toshkent viloyati — 346 956 ta;
- Farg‘ona viloyati — 329 409 ta;
- Xorazm viloyati — 213 139 ta;
- Toshkent shahri — 562 100 ta.
Izoh (0)