• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda IT trendi: yosh dasturchilarga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda?

    Bugun axborot texnologiyalari (IT) kasblarini egallash nafaqat dunyoda, balki o‘zbekistonlik yoshlar o‘rtasida ham trendga aylandi. Chunki bu soha ham zamonaviyligi, ham daromadliligi bilan ajralib turadi.

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda oxirgi uch yil ichida axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bo‘lgan eʼtibor sezilarli darajada ortdi. Buning natijasida sohada xizmatlar hajmi o‘sib, taʼlim qamrovi kengayib bordi.

    Masalan, IT Park rezidentlari 2021-yilda 2,5 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 5 trillion so‘mni tashkil etdi. Xizmatlar eksporti hajmi 2021-yilda 50 million dollar edi, o‘tgan yili 140 million dollarga yetdi. Yaʼni yiliga 2-3 baravar o‘sish kuzatilmoqda. IT rivojlangani sari dunyo bozorida o‘zbekistonlik dasturchilarga talab ortmoqda.

    Infografika: IT Park

    Dunyoda, xususan, O‘zbekistonda IT sohasiga kadrlar yetishmovchiligi yuqori. Chunki IT deyarli barcha sohalarga kirib bordi. Raqamlashtirish zamon talabiga aylandi. Demak, hamma tarmoqlar uchun dasturchilar yetarli bo‘lishi kerak. Shu maʼnoda, respublikada raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish zaruriyatga aylangan. Barcha vazirlik va idoralarga IT xizmatlaridan samarali foydalanishni taʼminlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Bu o‘z navbatida ortiqcha xarajatlar va inson omilini kamaytirishda ham qo‘l keladi.

    Shunday ekan, sohani rivojlantirish uchun eng avvalo, uni o‘rgatishni – taʼlimni yo‘lga qo‘yish darkor. Bugun o‘zbekistonlik yoshlarni ITga o‘qitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsulotiga bozor yaratish eng muhim masalalardan biri bo‘lib turipti. Shu bois, hukumat tomonidan IT taʼlimini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

    Misol uchun, joriy yil 1-apreldan “Elektron hukumat”, “Biznes uchun dastur” taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan respublika tanlovi boshlanadi. Kuni kecha o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlarga shu kabi tanlovlarni viloyat va tumanlarda ko‘proq o‘tkazish topshirig‘ini berdi.

    Foto: “Daryo”

    Yana bir yaxshi tashabbus – hududlarda yoshlar yaratgan 50 ta eng yaxshi dastur Raqamlashtirish jamg‘armalari hisobidan sotib olish yo‘lga qo‘yiladi.

    Shu bilan birga, 1-apreldan boshlab IT taʼlim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun imkoniyatlar yaratiladi. Jumladan, o‘z bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, markazlarga har bir mutaxassis uchun 25 million so‘mgacha, nogironligi bo‘lgan yoshlarga esa 35 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

    IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamg‘armasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. Albatta, davlat tomonidan sohaga qiziquvchilarni qo‘llab-quvvatlanishi tez orada o‘zining samarasini berishi tabiiy.

    Foto: “Daryo”

    Hukumat tomonidan yana bir tashabbus, har bir oliygohning bitiruvchilari o‘z yo‘nalishlaridagi IT dasturlarda ishlashni o‘rganishini taʼminlash masalasida bo‘lmoqda.

    Misol uchun, qurilish loyihalari uchun chizmalar chizish, smetalar tuzish, infratuzilmani yaratish ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida 1-2 oyda yakuniga yetkazish mumkin. Xorijda yoshlar bunday dasturlarni oliygohda o‘rganib chiqishi lozim.

    Oliy taʼlim va Raqamli texnologiyalar vazirliklari qurilish, geologiya, mashinasozlik, transport kabi yo‘nalishlarda muhandis-texnologlarni tayyorlash uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlarni o‘rganib, yangi o‘quv yilidan oliygohlarda joriy qiladi. IT park va uning filiallarini bunday oliygohlarga bog‘lab, o‘qituvchi va talabalarni yangi dasturlarda ishlashga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

    Infografika: Raqamli texnologiyalar vazirligi

    Bugungi kunda chet tilini bilgan yoshlar o‘zini-o‘zi band qilish – frilansing orqali ham uydan chiqmasdan, xorijdan qo‘shimcha daromad olmoqda. Raqamli texnologiyalar vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, hozirda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilganlar soni 70 mingdan ortgan.

    2022-yilda o‘zbekistonlik frilanserlar 11,8 million dollar daromadini pul o‘tkazish yoki Payoneer tizimi orqali O‘zbekistonga o‘tkazgan. Bu 2019-yilga nisbatan 7,4 barobar ko‘p ko‘rsatkich hisoblanadi. Yaʼni 2019-yilda 1,6 millon dollar, 2020-yilda 9,9 million dollar, 2021-yilda 10,5 million dollar mablag‘lar respublikaga kelib tushgan.

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning Telegramda maʼlum qilishicha, bu ularning barcha topgan mablag‘lari emas.

    “Chunki yoshlarning ko‘pchiligi xorijdan topgan daromadiga chet davlatning o‘zidan ko‘pgina boshqa mahsulot va xizmatlarni ham xarid qilishadi”, – deb yozadi u.

    Maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda IT sohasiga so‘nggi 5 yilda 2 milliard dollar (700 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar) yo‘naltirilgan. Jumladan, 2022-yilda AKT sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1,3 barobarga, soha tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1,25 barobarga ortgan. Natijada aholi jon boshiga AKT xizmatlari 621 ming so‘mni tashkil etib, qo‘shimcha 29,6 mingta aholining ish bilan bandligi taʼminlangan.

    Infografika: Raqamli texnologiyalar vazirligi

    O‘zbekistonda IT infratuzilmasi yaxshilanishi, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay muhit natijasida 2021-yilda faoliyat olib borayotgan 23 ta xorijiy IT kompaniyalar soni, 2022-yilda 157 taga yetdi. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha IT Park rezidentlari 1037 tani tashkil qildi.

    Mamlakatda IT kompaniyalar uchun qator imtiyozlar berilgani ularning soni sezilarli ortib borishiga turtki bo‘lmoqda. Xususan, bunday kompaniyalar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi. Ular jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 7,5 foiz stavkada to‘laydi. Qolaversa, ulardan O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan dasturiy taʼminot vositalarini olib kirishdagi bojxona to‘lovlari undirilmaydi.

    Mazkur sohaga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda xalqaro hamkorlikning o‘rni ham samarali bo‘lmoqda. Xorijning nufuzli tashkilotlari O‘zbekistonga sarmoyalar yo‘naltirmoqda. Xususan, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida BMT Taraqqiyot dasturining 121 ming dollarlik granti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining ochiq maʼlumotlar sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv materiallari yaratish va yoshlarni o‘qitishga yo‘naltirilgan 145 ming dollarlik granti shular jumlasidandir. Jahon banki tomonidan ajratilgan 1 milliard dollar esa mamlakat IT sohasi rivojlanishiga juda katta impuls berishiga ishonilmoqda.

    Infografika: Raqamli texnologiyalar vazirligi

    Raqamli texnologiyalar vazirligining maʼlum qilishicha, ko‘plab imtiyozlarni o‘zida jamlagan “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasi doirasida 2,5 milliondan ortiq yosh ro‘yxatdan o‘tib, shu sohaga qiziqish bildirgan. 1 million 700 mingdan ortiq yosh bitiruv sertifikatiga ega bo‘lgan.

    2022-yilgi xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rni sezilarli darajada ko‘tarildi. Xususan, Jahon bankining “GovTech Enablers” indeksiga muvofiq, raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo‘yicha mamlakatimiz 2020-yilga nisbatan 65 pog‘ona yuqoriladi. “GovTech Maturity Index” natijalariga ko‘ra, hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha esa 37 pog‘ona yuqorilab, 198 mamlakat ichida raqamli transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning “A” guruhiga kirdi. BMT tomonidan har 2 yilda bir marta o‘tkaziladigan Elektron hukumat reytingining (E-Government Survey) 2022-yilgi natijasida O‘zbekiston bir yo‘la 18 pog‘ona yuqorilab, “yuqori/juda yuqori rivojlanuvchi” mamlakatlar qatoriga kirdi.

    Umuman olganda, qisqa davr ichida IT bo‘yicha sezilarli natijalarga erishildi. Sohani yanada rivojlantirish uchun harakat qilinmoqda. Ko‘plab mutaxassislar O‘zbekistonda mazkur sohani rivojlantirish uchun potensial yetarli ekanini takrorlaydi. Buning sababi mamlakat aholisining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil qilishi bilan bog‘liq. IT esa ko‘proq, yoshlar kasbi.

    23.02.2023, 16:29   Izoh (0)   12248
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi 

    23.02.2023, 16:11

    Rossiyada ag‘darilib ketgan avtobusda o‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum qilindi 

    23.02.2023, 15:52

    Toshkentda Umraga borish uchun aviachipta olmoqchi bo‘lgan 50 kishi aldandi

    23.02.2023, 15:07

    O‘zbekistonda Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalarining navbatdagi partiyasi hududlarga topshirildi  

    23.02.2023, 14:27

    Vazirlar Mahkamasi apparatining ayrim xodimlari lavozimidan ozod etildi

    23.02.2023, 13:27

    O'zbekistonning ayrim hududlarida gaz-zapravkalar 24 soat ishlay boshladi

    23.02.2023, 13:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.