Toshkentda bir guruh shaxslar Umraga aviachipta olmoqchi bo‘lgan 50 kishining pulini firibgarlik bilan qo‘lga kiritdi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, fuqaro J.R. va boshqalar “I.T.” va “T.A.” MCHJ rahbarlarining ishonchiga kirib, ushbu MCHJlar tomonidan 50 nafar fuqaroni Umra safariga yuborish uchun Toshkent—Kuvayt—Madina yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni band qilishga yordam berish evaziga oldindan to‘lov sifatida jami 10 000 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)