O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida gaz-zapravkalar 24 soat ishlay boshlagani haqida xabarlar tarqaldi. “Daryo.uz” mazkur xabarlar yuzasidan Energetika vazirligi axborot xizmati bilan bog‘landi.
Vazirlik bergan maʼlumotga ko‘ra, gaz quvurlarida bosimning meʼyorga keltirilishi natijasida barcha hududlardagi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gaz bir maromda yetkazib berilmoqda. Shuningdek, bugungi kunda barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari bosqichma-boshqich odatiy ish rejimiga o‘tkazilmoqda.
“Respublika bo‘yicha 200 dan ortiq gaz to‘ldirish shoxobchasi elektr energiyasi va gazdan qarzdorligi sabab vaqtincha faoliyati to‘xtatilgan”, — deyiladi xabarda.
Farg‘ona vodiysi viloyatlari magistral gaz quvurining oxirgi nuqtasida joylashgani, barcha gaz shoxobchalari har kuni 9-10 soatdan (soat 08:00 dan 17:00 gacha) faoliyat yuritmoqda. Vodiy viloyatlaridagi gaz shoxobchalari ish vaqtini har kuni oshirib borish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)