• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “O‘ligim Turkiyada qolib ketadi, deb qo‘rqdim” — Saida Rametova ketma-ket kelgan hayot sinovlari va turmush o‘rtog‘ining kasalligi haqida (video)

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Saida Rametova “Oʻzim” loyihasiga bergan intervyusida nega Turkiyada saratonga qarshi davolanishni istamagani va ogʻir xastalikdan qolgan xotiralari haqida soʻzlab berdi.

    Foto: Videodan skrinshot

    — “Jaloliddin Manguberdi” serialining birinchi mavsumi suratga olinayotgan paytda uydagilar turmush oʻrtogʻimning salomatli yomonlashgani haqida xabar berdi.  Bir mahal mening ham mazam qochdi. Chap tomonim ogʻrigani uchun shamol tegdi deb oʻylagandim. Bir kuni Tohir Saidov “Opa, qoʻlimni shamollatdim shekilli ogʻriyapti, shifokorga koʻrinib kelaman”, dedi. Oʻsha kuni mening ham syomkam yoʻq edi, unga ergashdim.

    Tohir shifokor koʻrigidan tez chiqdi. Haqiqatan ham qoʻlini shamollatgan ekan, bittagina maz yozib berishibdi. Meni esa u shifokor, bunisini, keyin yana boshqasiga joʻnataverdi. Oxiri “Nima gap, nega meni buncha tekshirishyapti”, deb yuragimga gʻulgʻula tushdi. Tohir ham hech narsani gapirolmay, jim boʻlib qoldi. Turk professori “Saidaxonimga haqiqatni aytish kerak”, dedi. Turk tilini biroz boʻlsa-da bilganim uchun uning gaplarini tushunishim qiyin kechmadi. “Senda ikkinchi bosqichdagi koʻkrak saratoni aniqlandi. Shuning uchun chap tomoning ogʻriq bergan. Endi sen barcha syomkalarni toʻxtatib, seni operatsiya qilib davolaymiz”, dedi. U professor koʻrigiga kirish uchun bemorlar toʻrt oylab navbatda turishganini koʻrganim uchun darrov rozi boʻldim.

    Foto: Videodan skrinshot

    Oʻzbekistondan borganimiz va tashkilotchilarning yordami bilan u shifokor koʻrigiga kirishim oson kechdi. Bundan tashqari serial prodyuseri Mexmet Boʻzdagʻ “Hamma sharoitlarni yaratib beramiz, sogʻaysang boʻldi”, dedi. Oʻshanda ham rolni tashlab ketishga koʻzim qiymay “Suratga olish ishlari tugasin, keyin boraman”, desam shifokor tanbeh berdi. “Saraton tez rivojlanadi, senga quyosh mumkin emas. Sogʻ boʻlsang hammasi boʻlaveradi”, deb tushuntirdi, — deydi aktrisa Saida Rametova.

    Saida Rametova nega Turkiyada davolanishni istamay, Oʻzbekistonga qaytganini quyidagicha izohladi. 

    Foto: “Daryo”

    — Mehmonxonaga kelib, 15-20 daqiqalar koʻzim ilinibdi. Qulogʻimga kimdir “Ket-ket” degandek boʻldi. Choʻchib uygʻonib ketdim va Turkiyada aktyorlarga gʻamxoʻrlik qilgan tashkilotchi Farhod Badalovga ketishga qaror qilganim haqida aytdim. “Opa, davolanish uchun odamlar Turkiyaga keladi-ku, hammamiz yoningizda boʻlamiz”, dedi. Rayhon Ulasenova, Raʼno Shodiyeva, Feruza Normatova va Yulduz Rajabovalar bir kundan yonimda turishga kelishib olishgan ekan. Hammaga rahmat aytib, koʻnglim bu yerdan ket deyotganini aytdim. “Reys yoʻq opa”, deb u vaziyatni tushuntirishga urindi. “Mabodo oʻlib qolsam oʻligim shu yerda qolib ketadimi? Samolyot uchmayotgan boʻlsa bolalarim ham bu yerga kelisholmaydimi?” deb hayolimdan oʻtkazdim. Nolalarimni Yaratgan eshitdimi bilmadim, ikki kundan keyin Oʻzbekistonga charter-reyslarning qatnovi boshlandi. Yodgor Sa'diyevning maslahati bilan Toshkent onkologiya kasalxonasiga borib, davolanishlarni boshladim, — deydi aktrisa Saida Rametova.

    Aktrisa kasallikka taslim boʻlmagani, davolanayotgan paytida ham xalq xizmatidan qolmaganining sabablari haqida ham aytib oʻtdi.

    Foto: “Yandeks.ru”

     

    — “Voy men kasal ekanman”, deb yotib olmadim. Faqat harakatda boʻldim, teatrga ham, toʻyga ham boraverdim. Tushkunlikka tushmay sogʻayib ketishimga ishondim. Pozitiv kayfiyatda boʻlishga va ruhimni tushurmaslikka harakat qildim. Kimyo terapiya olgandan keyin ikki-uch kun oʻtib, tadbirlarga ham boraverardim. Davolovchi shifokorlarim ham hayron boʻlib “Bunaqa bemorni koʻrmaganmiz”, deyishardi. Ana shunday qiyin vaziyatda qoʻllab-quvvatlagan muxlislarimga minnatdorlik bildiraman. “Bu kasal-ku” deb chetga surib qoʻyishgani yoʻq. Qaysi davraga kirib bormay, duo qilib, moddiy koʻmak ham berishdi, — deydi aktrisa Saida Rametova.

    Aktrisa turmush oʻrtogʻi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Jumadulla Rametovda Alsgeymer kasalligining aniqlanishi va bugungi ahvoli haqida ham gapirdi.



    — Koronavirusga chalingandan keyin xotirasi yomonlashganini sezdik. Teatrda va serial syomkalariga borganda ssenariylarni yodlolmay qiynalardi. Alsgeymer kasalligining asoratlari va injiqliklari juda koʻp ekan. Bir yil ichida olib bormagan shifokor-u, tabiblarimiz qolmadi. Hozir ham kasalxonada, shifokorlar juda yaxshi qarashyapti. Odamlar juda sogʻingan. Yaqinda uni videoga olib, tarmoqqa joyladik. Muxlislari, qarindosh-urugʻlar juda yaxshi tilaklarni bildirishdi. Jumadulla aka esa hammani duo qildi, — deydi aktrisa Saida Rametova.

    09.02.2023, 11:50   Izoh (0)   28625
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Bahodir Jalolovning uyi qanchaga tushgan? Rayhon Asadovadan hindcha raqs, Maryam Tillayevaning milliy obrazi 

    08.02.2023, 23:59

    Badminton bo‘yicha Hindiston chempioni, Ayshvariya Ray bilan solishtiriladigan Bollivud yulduzi Dipika Padukonening hayot va ijod yo‘li haqida (foto) 

    08.02.2023, 17:28

    Avvaliga bir xil obraz yaratib, keyin esa iste’dodining yangi qirralari bilan tomoshabinlarni lol qoldirgan kino yulduzlar 

    08.02.2023, 10:55

    Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)

    08.02.2023, 09:56

    Instagram: Shohruxxon Asalni “yeb qo‘ymoqchi”, to‘yda bepul xizmat qilgan Nilufar Usmonova, yangi mashinali bo‘lgan aktrisa

    07.02.2023, 23:02

    Bolaligidan filmlarda rol o‘ynashni boshlagan Gollivud aktyorlari (foto)

    07.02.2023, 21:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.