• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Badminton bo‘yicha Hindiston chempioni, Ayshvariya Ray bilan solishtiriladigan Bollivud yulduzi Dipika Padukonening hayot va ijod yo‘li haqida (foto)

    Dipika Padukone badminton sport turi bo‘yicha dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishishi mumkin edi. Biroq u 16 yoshida model bo‘lish istagida to‘satdan sportni tark etdi. Bugungi kunda Dipika Bollivudning eng muvaffaqiyatli va izlanuvchan aktrisalaridan biri hisoblanadi. U hind kino olamida o‘z o‘rnini egallashdan oldin ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tdi.  

    Foto: “Yandeks.ru”

    Dipika Padukone 1986-yilning 5-yanvarida Daniya poytaxti Kopengagenda tug‘ilgan, uning otasi badminton yulduzi Prakash Padukone 1991-yilgacha ushbu sport turi bilan shug‘ullangan. Dip oilasining barcha a’zolari sport bilan shug‘ullanar edi.  

    Foto: “Yandeks.ru”

    Aktrisaning bobosi “Maysur badminton assotsiatsiyasi”da ishlagan. Dipikaning otasi ham butun yoshligini ushbu sport turiga bag‘ishladi va badminton bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi o‘yinchiga aylandi.

    Foto: Bollywoodtime

    Prakash 19 yoshida u birinchi xalqaro unvonni qo‘lga kiritdi. U 1980-yilda dunyoda birinchi o‘rinni egalladi va 36 yoshida 3 ta xalqaro oltin medal bilan nafaqaga chiqdi. Keyinchalik u o‘zi tug‘ilib o‘sgan Bangalor shahrida yosh o‘yinchilarni tayyorlash akademiyasini tashkil etdi va uch yil davomida Hindiston terma jamoasiga ustozlik qildi.

    Foto: Bollywoodtime

    Dipika bolaligida badminton bo‘yicha Hindiston chempioni bo‘lgan va basketbolni professional darajada o‘ynagan. Uning singlisi Anisha ham xalqaro golf chempioni, shuningdek, kriket va basketbol bo‘yicha professional bo‘lgan. 

    Foto: Bollywoodtime

    Dipikaning 6 yoshgacha bo‘lgan davri Bangalor va Daniyaga sayohat qilish bilan o‘tdi. 1991-yilda aktrisaning oilasi Hindistonga qaytib keldi va keyin Dip uchun sportchining haqiqiy hayoti boshlandi. U ertalab soat 5 da turib, mashq qilib, maktabga borardi. Keyin yana mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib, uy vazifasini tayyorlab, uxlar edi.

    Foto: Bollywoodtime

    Dipika intervyularining birida bolaligida uyatchan qiz bo‘lganini aytgan, ammo uning jadvaliga qarab, u uyatchanmi yoki yo‘qligini bilib bo‘lmaydi. U mashg‘ulotlar va o‘qishdan tashqari, hech narsa bilan shug‘ullanmagan.

    Foto: Bollywoodtime

    16 yoshida chempion bo‘lgan Dipika jasoratini to‘plab, otasiga badmintonni tashlamoqchi ekanini aytgan. Dipika esa otasi uning bu qaroridan umuman ranjimaganini ko‘rib hayron qoladi. Dipika kollejga qabul qilindi, biroq o‘qimadi, chunki unga model sifatida ishlashni taklif qilishdi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Aktrisa 21 yoshida kinolarda suratga tushish uchun xolasi bilan Bombeyga ko‘chib o‘tdi. Dipika mehnatsevar edi va u o‘z karyerasiga jiddiy e’tibor qaratdi. O‘zini soatlab mashg‘ulotlarga bag‘ishlagan aktrisa hayotga yengil qaray olmadi.

    Foto: “Yandeks.ru” 

    U nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki mehnatsevarligi tufayli ham tezda mashhurlikka erishdi. Dipika kino sanoatda birinchi marta paydo bo‘lganida, uni mamlakatdagi eng mashhur model Ayshvariya Ray bilan solishtirishdi. Dipika bosma reklamalar, teleko‘rsatuvlar va musiqiy videolarda rol o‘ynadi.

    Foto: Bollywoodtime

    Dipika shartnoma imzolangan birinchi film “Yangi yilingiz bilan” kinokartinasi edi. Aslida, rejissor Farah Xon Malayka Aroraga bu rolni bermoqchi edi, lekin Malayka bu loyihaga qiziqmadi va uning o‘rniga Dipikaning agenti bo‘lgan do‘stining raqamini berdi. Ushbu loyiha suratga olinmadi va Dipika uning o‘rniga “Ayshvariya” deb nomlangan filmda debyut qildi.

    Foto: Bollywoodtime

    Biroq, Farah Dipga “Om Shanti Om” melodramasidan bosh rolni taklif qildi. Shundan keyin Dipika kino yulduziga aylandi. U yaxshi aktrisa edi, ammo uning birinchi rollari aktrisaning iste’dodini umuman ochib bermadi.

    Foto: Bollywoodtime

    Padukone loyihalarda shunchaki qahramon sevib qolgan go‘zal qiz rolini o‘ynashi kerak edi. Uning salohiyatini tushunishga yordam beradigan narsa yo‘q edi.

    Foto: Bollywoodtime

    Bular esa uning o‘ziga xos jihatlarini ochib bermagan yoki aktrisani boshqalardan ajratib turmagan. Dipika aktrisa sifatida o‘zini ko‘rsatishi kerak edi. U “Kokteyl” filmida suratga tushganidan keyin o‘zi uchun kerakli narsani topdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Ushbu filmda u haqiqatan ham nimaga qodirligini ko‘rsatdi. Bu ajoyib ijro va murakkab xarakter edi. Aktrisaning obrazi nazariy jihatdan tomoshabinga yoqmasligi kerak bo‘lgan katta yurakli qiz edi, biroq Dipika o‘zining betakror tabassumi bilan bu ishning uddasidan chiqdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Dipika ikkinchi hind filmi ustida ishlayotgan paytda partnyori Ranbir Kapurni sevib qolgan. O‘sha paytda aktyor 26 yoshda, Dipika esa 21 yoshda edi. Ular ko‘p marta birga intervyu berishdi, Dipika uning ota-onasi bilan suratga tushdi va boshining orqa tomoniga “RK” harflarini tatuirovka qildi. Aktrisa keyinchalik Ranbir uni aldab yurganini bildi va shundan keyin juftlik ajrashdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Bunday vaziyatda ko‘plab ayollar to‘xtab qolib, uyga qaytib, ommaning ko‘zidan yashirinishardi. Ammo Dipika og‘riqni ichiga yutdi va jilmayib qo‘ydi. U 5 yillik kurashdan so‘ng  aktrisa sifatida porlashiga imkon beradigan rolga ega bo‘ldi.

    Foto: Bollywoodtime

    O‘sha yili Dipika uni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlagan va sevadigan insonni topdi — bu Ranvir Singx. Dipika turmush qurish o‘rniga yangi qiyinchiliklarni izlashda va g‘alaba qozonishda davom etdi. U Hindistonning ikki buyuk aktyori Irfan Xon va Amitabh Bachchan ishtirok etgan “Piku” filmida rol o‘ynadi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Keyinroq aktrisaning depressiya bilan kurashayotgani ommaga oshkor bo‘ldi va u maktab o‘quvchilari, shifokorlar, ijtimoiy tarmoqlarda depressiya haqida ma’lumot beruvchi nodavlat tashkilotga asos soldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Dipika Gollivudda “Uch iks: Dunyo hukmronligi” jangovar filmida o‘ynadi va G‘arbdagi karyerasi yuksalmagandan keyin Hindistonga qaytdi.

    Foto: Bollywoodtime

    U “Padmavati” nomli hind dostonidagi qiyin va yuqori darajadagi rolni o‘z zimmasiga oldi va yana bir bor eng yuqori pog‘onaga chiqdi. Ushbu dramaning ulkan muvaffaqiyatidan so‘ng, Dipika va Ranvir 6 yillik munosabatlarini mustahkamlab, 2018-yilning noyabrida rasman nikohdan o‘tdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Dipika Padukone 2020-yilda “Muhr” filmining chiqishi bilan prodyuserga aylandi, u filmda kislota hujumi qurboni  bo‘lgan qiz rolini ijro etdi. Aktrisa 2022-yilda muxlislariga “Chuqurlik" dramasini taqdim etdi va tez orada “Pathan” kinokartinasida partnyori Shohruh Xon bilan ekranga chiqadi. Bundan tashqari aktrisa Prabhas va Ritik Roshan bilan yirik loyihalarda ham suratga tushadi.

    Foto: “Yandeks.ru”
    08.02.2023, 17:28   Izoh (0)   11037
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avvaliga bir xil obraz yaratib, keyin esa iste’dodining yangi qirralari bilan tomoshabinlarni lol qoldirgan kino yulduzlar 

    08.02.2023, 10:55

    Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)

    08.02.2023, 09:56

    Instagram: Shohruxxon Asalni “yeb qo‘ymoqchi”, to‘yda bepul xizmat qilgan Nilufar Usmonova, yangi mashinali bo‘lgan aktrisa

    07.02.2023, 23:02

    Bolaligidan filmlarda rol o‘ynashni boshlagan Gollivud aktyorlari (foto)

    07.02.2023, 21:51

    “Sakkiz yil o‘qigan aktyordan telefonda vayn oladiganlar mashhurroq”. Dilbar va Umid Zokirovlar vaynerlik faoliyati haqida (video)

    07.02.2023, 18:57

    Gollivudning har qanday rolni maromiga yetkazib ijo etadigan aktyor va aktrisalari (foto) 

    07.02.2023, 10:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida kamida 160 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 20:39

    Farg‘onada bojxona posti rahbari 5 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 20:16

    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

    Reklama | 15 avgust, 19:30

    Tramp joriy qilgan tariflar Yaponiya avtosanoatini inqiroz yoqasiga olib keldi

    Avto | 15 avgust, 20:10

    Xitoyda robotlar olimpiadasi boshlandi

    Dunyo | 15 avgust, 19:56

    Jag‘dagi husnbuzarlardan qanday qutulish mumkin? 9 ta oddiy qoida

    Go‘zallik | 15 avgust, 19:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.